ilm – fan rivoji va ta’lim – tarbiya.
2. O’rta asrlardagi axloqiy tarbiyaga oid ta’limotlarning
manbalari.
3. Al – Fororbiyning hayoti, faoliyati hamda ilmiy merosi.
4. Al – Forobiyning axloqiy ta’limotida barkamol inson
timsoli.
5. Al – Forobiy asarlarida axloqan pok insonni tarbiyalash
masalasi.
6. Al – Fororbiy merosining yosh avlodni axloqiy
tarbiyalashda tutgan o’rni.
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
3
Kirish.
Mavzuning dolzarbligi.
O’zbekiston o’z mustaqillikgini ko’ra kirishini bilan ijtimoiy va
iqtisodiy o’zgarishlar qatorida xalqimiz uchun milliy qadriyatlar, urf –
odatlar va an’analarni o’rganish hamda tiklash borasida keng imkoniyatlar
ochib berildi.
Xalqimiz o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlab barcha sohalarda
dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari darajasiga yetib olishdek ezgu
maqsad sari intilmoqda. Uni amalga oshirish uchun yuksak malakali,
axloqan barkamol mutaxasislar kerak.
Shu jihatdan, aqlan yetuk, axloqan pok va jismonan baquvvat insonlarni
tarbiyalash masalasi davlatimiz oldida turgan muhim vaziafalaridan biri
sanaladi.
Bu borada ajdodlarimizning boy ma’naviy axloqiy merosining ahamiyati
beqiyosdir. Darhaqiqat, buyuk siymolar bo’lmish ota – bobolarimiz
qoldirgan ma’naviy merosni ta’lim – tarbiya sohasida tatbiq etish
jamiyatimizning axloqan barkamol a’zolarini shakllanishida samarali
vositadir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ota –
bobolarimiz qoldirgan ma’naviy axloqiy merosning yosh avlod tarbiyasidagi
ahamiyati haqida bildirgan so’zlari alohida e’tiborga loyiqdir:
“Necha yillar bizni tariximizdan, dinimizdan, ma’naviy merosimizdan
g’ofil etishga urindilar. Ammo biz xurriyatni orzu etishdan, xurriyat uchun
kurashishdan charchamadik.
Maslagimizni, naslu nasabimizni doimo yodda saqladik. Ulug’
bobokalonlarimiz ruhiga, bashariyat tarixi va madaniyati xazinasiga katta
4
hissa qo’shgan ulug’ ajdodlarimizda, ular qoldirgan ulkan merosga munosib
bo’lish istagi jamiyatimiz a’zolari orasida keng yoyilishi, har bir fuqaroning
ongidan mustahkam joy olishi – bu ham yangi zamonning muhim
xususiyatidir.”
Darhaqiqat, Al – Xorazmoy, Al – Farg’oniy, Al – Buxoriy, Al – Farobiy,
At – Termiziy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Navoiy, Bobur
kabi ajdodlarimiz nafaqat yurtimiz, balki jahom ilm – fani, madaniyati
xazinasiga o’z bebaho ulushlarini qo’shganlar.
President I. A. Karimovning “Biron – bir jamiyat ma’naviy
imkoniyatalrini, odamlar ongidagi ma’naviy va axloqiy qadriyatlarni
rivojlantirmay hamda mustahkamlay turib, o’z istiqbolini tasavvur eta
olmaydi” degan so’zlari ham axloqiy tarbiyaning ahamiyatini yana bir karra
ifoda etadi. Tarbiyaning asosiy maqsadi va samarasi ahloqiylik ekan, bu
qadriyatni jamiyatimizning bo’lajak quruvchilari ongiga singdirishda xalq
ta’limi sohasi qudratli omil hisoblanadi.
Hozirgi kunda eng muhim vazifalardan biri barkamol shaxs tarbiyasi
bo’lgani uchun ahloq, ayniqsa yosh avlodning axloqiy tarbiyasi
muammosining dolzarbligi va ahamiyati ortib bormoqda.
Ahloqiy tarbiya muammosining dolzarbligi yana quyidagilar bilan
belgilash mumkin:
- mustaqillik sharofati bilan boshlangan jamiyatdagi ijobiy o’zgarishlarni
amalga oshirishga va rivojlangan, adolatli, demakratik huquqiy zamonaviy
davlat barpo etish masalasini muvaffaqiyatli hal qilishga qodir va hozirgi
davr talabiga to’la javob beradigan ahloqan pok, barkamol avlodni
tarbiyalshga hamda bu tarbiyani ta’minlashga xizmat qiluvchi ahloqiy
ta’minlashga ega bo’lish;
5
- ahloqiy tarbiya mazmunini milliy istiqlol g’oyalari bilan boyitish va
eski mafkura ta’siridan xalos etishga;
- ajdodlarimizning bebaho merosini tiklashning davlat siyosati
darajasiga ko’tarilgan vazifaga aylanishi hamda bu qimmatli merosdan
ahloqiy jarayonida foydalanishga o’rgatish.
Respubilikamiz rahbariyati tomonidan ahloqiy tarbiya muammolarini
hal etishga qaratilgan ko’p ishlar amalga oshirishdi. O’zbekiston
Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasi
“Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va boshqalar.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida:
“Dasturning maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o’tmishda
qo’ygan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to’la xalos etish, rivojlangan
demokratik davlatlar darajasida yuksak ma’naviy va ahloqiy talablarga javob
beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir. Yosh
avlodni ma’naviy – ahloqiy tarbiyalashda xalqning boy milliy, madaniy
tarixiy an’analariga, urf – odatlari hamda umumbashariy qadriyatlarga
asoslangan samarali tashkiliy, pedagogik shakl va vositalari ishlab chiqilib,
amaliyotga joriy etiladi …” – deyilgan.
“Ta’lim to’g’risida”gi qonunning 5 – moddasida quyidagi talab o’z
aksini topgan:
“Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak ahloqiy
fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish
huquqiga ega.” Demak ahloqan pok avlodni faqatgina ahloqiy fazilatlarga
ega bo’lgan insonlar tarbiyalay olishi mumkin.
O’zbek xalqi juda boy va murakkab tarixga ega bo’lib, nafaqat hozirgi
O’zbekiston hududi balki butun O’rta Osiyo tarixi bilan chambarchas
bog’liqdir. Ayniqsa IX–X asrlar tarixi jahon madaniyati, ilm – fan
6
taraqqiyoti tarixidagi hissasining ahamiyati bilan ajralib turadi. Shu davrda
bu o’lkaning butun jahonga mashhur allomalari, qomusiy bilim sohiblari
bo’lmish mutafakkirlari: Imom al – Buxoriy, al – Farg’oniy, at – Termiziy,
al – Forobiy, al – Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino va boshqalar yashab ilm –
fan, madabiyat rivojiga salmoqli hissa qo’shdilar.
IX – X asrlarda O’rta Osiyoda taraqqiy etgan ilm – fanni shartli ravishda
ikki qismga ajratish mumkin.
Bular: diniy ilmlar va dunyoviy ilmlar. Inson ahloqi va ahloqiy tarbiya
borasida ham bu hol o’z aksini topdi. Shu sababdan muammoni har
tomonlama va mukammal o’rganib chiqish uchun IX – X asrlarda yashagan,
inson ahloqi haqida ko’p qimmatli fikrlar bildirgan butun dunyoga mashhur
va yetuk olim Abu Nasr al – Forobiy merosi bitiruv ishi uchun asos qilib
olindi.
Abu Nasr al – Forobiy Sharqda insonshunoslik ilmining asoschisi
sifatida ahloqiy tarbiyaga bag’ishlangan ta’limotini yaratish ustida katta ish
olib borgan va noyob asarlar yaratgan.
Forobiy dunyoviy, ya’ni ilmiy asosda inson ahloqini o’rgandi. U ahloqiy
tarbiya muammosiga o’z hissasini qo’shgan, ya’ni barkamol, ahloqiy pok
insonni tarbiyalashdan iborat bo’lgan. Bu qarashlar hozirgi kunda ham o’z
ahamiyatini, dolzarbligini yo’qotgan emas.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |