IZOLOTERIAL
RADIAL
Dorzoventral
bargning yuqori tomoni pastki tomonga o‘xshash bo‘lmaydi.Chunki yuqori tomonda qoziqsimon to‘qimalar, pastki tomonda esa, bulutsimon to‘qimalar joylashgan.
Izoloterial bargning yuqori tomoni pastki tomoniga o‘xshash bo‘ladi. Bargning yuqorida ham,pastki tomonida ham qoziqsimon to‘qimalar joylashgan.
Radial bargning tuzilishi novdaga o‘xshash bo‘ladi.Bargning ichki tuzilishi o‘simlikning yashash sharoitiga ham bog‘liqdir.
Issiq sharoitda yashaydigan o‘simliklarni Kserofit o‘simliklar deyiladi.
O‘rta iqlimda yashaydigan o‘simliklarni Mezofit deyiladi.
Suv va nam sharoitda yashaydigan o‘simliklarni Gidrofit deyiladi. O‘simliklarning bargi epidermis bilan qoplangan. Ba’zi o‘simliklarning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, (archa, qarag‘ay) epidermis bilan qoplangan.Epidermisning ustida Kutikula qa-vati yoki mum izlari bo‘ladi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarning bargining epidermisida kutikula qavat qalin, epidermis bir necha qavat. Bu o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima yaxshi taraqqiy etgan.
Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda epidermis 1 qavat, qoziqsimon to‘qima ham bargning yuqori tomonidan odatda
bir qavat joylashgan bo‘ladi. Ba’zan 2 qavat ham bo‘lishi mumkin.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima bo‘lmaydi.
Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar fa-qat bargning pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda ustitsalar barg-ning asosan pastki tomonida, qisman yuqori tomonga joylashgan bo‘ladi.
Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda esa, ustitsalar bargning yuqori va pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi.
Bargning plastinkasi 2 qismdan iborat: 1.Bargning yumshoq qismi- Mezofil 2.Bargning tomir o‘tgan qismi
Bargning yumshoq qismi mezofillda qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalar joylashgan. Odatda qoziqsimon to‘qimaning ichkari tomonida bulutsimon to‘qima joylashgan. Qoziqsimon to‘qima zich joylashgan bo‘ladi. Bulutsimon to‘qimaning xujayralari orasida bo‘shliq bo‘ladi. Bargning mezofil qismida ba’zi xujayralarda kristallar to‘planadi. Ba’zilarning xujayrasida suv zapaslari to‘planadi.
Ba’zan mezofillda toshsimon xujayra sklereid uchraydi. Mas:choyning bargida. Ba’zan o‘simliklarning mezofilida oshlovchi dubil moddalar, efir moylari va boshqa moddalarni ishlab chiqaradigan xujayralari uchraydi. Mas: lavr, evkalipta, magnoliya va boshqalar. Qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalarni- assimilyatsion to‘qima deb ham yuritiladi.Chunki ularning xujayrasida fotosintez protsessi bo‘lib
turadi. Bulutsimon to‘qi-ma siyrak joylashganligi uchun xujayralar oralaridan xavo o‘tib turadi. Natijada barg shamollatib turiladi. Shuning uchun bu to‘qimani ventelyatsion to‘qima deb ham yuritiladi. Bargning tomir o‘tgan qismida mexanik to‘qima kollenxima, asosiy to‘qima, hamda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarining soni 1 tadan 7 tagacha boradi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamida kambiy bo‘lmaydi. Ya’ni o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami yopiq bo‘ladi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami kolloterial tipda tuzilgan. Floema kollenximaning pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi. (Poyadan farqi) bargning yumshoq qismiga qattiqlik beruvchi mod-dalarni idioblast deyiladi.
R A D I A L B A R G
Radial bargga misol qilib, qarag‘ay bargini olamiz. Qarag‘ayning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, boshqa barglarga o‘xshash epidermis bilan qoplangan. Epidermis xujayralarining po‘sti qalin, tashqi tomondan kutikula bilan qoplangan. Ustitsalar epidermisda chuquroqda joylashgan. Epidermisni ichkari tomonida mexanik to‘qima Gipoderma joylashgan. Gipoderma bargga qattiqlik berishdan tashqari, epidermis shikastlanganda qoplog‘ichlik vazifasini bajarib turadi. Bargning assimilyatsion to‘qimasi chokli parenxima (skladchataya parenxima)dan tashkil
topgan.Chokli parenximada xujayra ichkari tomonga kiradi. Assimilyatsion to‘qima bargning po‘stloq qismiga joylashgan.
Bargning po‘stloq qismida smola yo‘llari bor. Smola yo‘li atrofida 2 qavat xujayralar joylashgan.1 qavati tirik xujayralardan iborat bo‘lib, uni Epitelial xujayra deyiladi. Ba’zi olimlarning fikricha epitelial xujayralar smola ishlab chiqaradi. Epitelial xujayra atrofida mexanik to‘qimaga kiruvchi o‘lik xujayralar joylashgan. Bargning markaziy qismi ichkari tomoniga joylashgan. Markaziy qismida asosiy to‘qima, mexanik to‘qima sklerenxima hamda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlarida floema ksilemaning yuqori tomoniga joylashgan bo‘ladi. (Poyaga o‘xshab) Qarag‘ay ochiq urug‘li o‘simliklarga kirgani uchun o‘tkazuvchi to‘qimada suv naylari bo‘lmaydi. Suv naylari vazifasini traxeidlar bajarib turadi, ya’ni suv va suvda erigan moddalar traxeidlar orqali o‘tibturadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |