Barg o'sish konusi hujayralari tez bo'linadigan oddiy bargli o'simliklarni aniqlang?



Download 26,76 Kb.
Sana25.10.2019
Hajmi26,76 Kb.
#24272
Bog'liq
5-sinf barg


BARG

1. O'sish konusi hujayralari tez bo'linadigan oddiy bargli o'simliklarni aniqlang? 1) gilos; 2) terak; 3) tok; 4) na'matak; 5) shirinmiya; 6) yantoq A) 1,2,3 B) 4,5 C) 2,3,6 D) 1,4,5

2. Quyidagi barglar qaysi o'simliklarda uchrashini toping? 1) murakkab panjasimon; 2) toq patsimon; 3) ikki-uch karra bo'lingan; 4) juft patsimon; 5) oddiy barg; a) g'o'za; b) yong'oq; c) totim; d) yeryong'oq; e) soxta kashtan A) 1-b; 2-d; 3-e; 4-c; 5-a B) 1-e; 2-b; 3-c; 4-d; 5-a C) 1-e; 2-d; 3-c; 4-b; 5-a D) 1-d; 2-a; 3-c; 4-c; 5-e

3. Epidermis ostida joylashgan asosiy to'qima hujayralari nomini belgilang? A) ustunsimon B) bulutsimon (g'ovak) C) kompakt D) oxirgi hujayralar

4. Barglari butun bo'lgan o'simliklar guruhi qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan? A) tok, g'o'za, anjir B) tol, gilos, olma C) sabzi, zira, jag'-jag' D) o'rik, akatsiya, chinor

5. Barglari qalami nashtarsimon, ko'p yillik, ildizpoyali o'tni aniqlang? A) shirinmiya B) bug'doy C) batat D) g'umay

6. Qaysi o'simliklarda ikki yoki uch karra bo'lingan patsimon barglar bo'ladi? A) soxta kashtan, yotim B) qumrio't, sambitgul C) totim, shoyi akatsiya D) oq akatsiya, sebarga

7. Suvni kam bug'latish uchun yoz oylarida barglarini to'kib yuboradigan o'simliklarni aniqlang? 1) shuvoq; 2) qoraboyalich; 3) yantoq; 4) shirinmiya; 5) sigirquyruq A) 3,5 B) 1,4 C) 1,2 D) 2,5

8. Barglari qarama-qarshi joylashgan buta (1) va ko'p yillik o't (2) larni belgilang? a) kiyiko't; b) ligustrum; c) nastarin; d) chinnigul; e) yalpiz; f) rayhon; g) pomidor A) 1-b,c; 2-a,d,e B) 1-c,b; 2-g,e,f C) 1-b,f; 2-a,c,d,e D) 1-f,g; 2-a,b,c,e

9. To'g'ri ma'lumot berilgan javobni toping? A) sambitgul, qirqbo'g'im, qumrio't o'simliklarining barglari bo'g'imida halqasimon joylashgan B) barg tomirining ko'ndalang kesmasida o'lik hujayralardan tashkil topgan elaksimon naychalarni ko'rish mumkin C) o'simliklar turiga qarab barglar patsimon, panjasimon, uch bo'lakli bo'ladi D) o'simliklar qaysi tur, turkum yoki oilaga mansubligini aniqlashda barglarning novdada joylashishidan keng foydalaniladi

10. Shuvoq o'simligining ortiqcha suv bug'latishiga yo'l qo'ymaydigan moslamasi qanday? A) bargi juda yupqa B) bargida ildizlar yo'q C) bargi tukchalar bilan qoplangan D) barglarini to'kadi

11. Barg tomirlari qanday vazifani bajaradi? A) suv bug'lanishini tezlashtiradi B) nafas olishni bashqaradi C) gaz almashinuvini ta'minlash D) moddalarni o'tkazish va tayanch 12. Suv barglarning qaysi qismi orqali bug'lanadi? A) ustki po'sti B) bandi C) tomirlari D) og'izchalari

13. Barg tomirlariga xos bo'lgan javobni toping? 1) bargning ko'ndalang kesmasida ko'rinadi; 2) ichida qalin devorli o'lik hujayralardan iborat naychalari bo'ladi; 3) bargning ichki qatlamlarini shikastlanishdan va qurib qolishdan saqlaydi; 4) tarkibida qobiq, sitoplazma, mag'iz, xlorofill donachalari tutadi; 5) o'zaro zanjir shaklida bog'langan hujayralari mavjud; 6) suv va unda erigan oziq moddalarning harakatlanishini ta'minlaydi; 7) barg etining hamma qismiga kirib boradi; 8) po'sti qalin, pishiq, juda uzun tolalari bo'ladi; 9) bargga tayanch vazifasini beradi; 10) loviyasimon tuzilgan juft hujayralardan tuzilgan A) barchasi B) 1,2,3,5,7 C) 2,4,5,6,9 D) 1,2,5,6,7,8,9

14. Qaysi o'simlikning barglari poyada navbat bilan joylashadi? A) qumrio't B) mavrak C) oqquray D) gazanda

15. Qaysi o'simliklarning barglari parallel tomirlanishga ega? A) bug'doy, g'umay B) sebarga, chinnigul C) kashtan, rayhon D) yeryong'oq, g'o'za

16. Murakkab bargli o'simliklar berilgan qatorni toping? 1) ravoch; 2) shirinmiya; 3) sebarga; 4) na'matak; 5) yantoq A) 1,2,3 B) 1,4,5 C) 2,4,5 D) 2,3,4

17. O'simliklardagi qaysi jarayon tufayli ildiz orqali suv va mineral tuzlar so'rilishi tezlashadi? A) suv bug'latish B) fotosintez C) xazonrezgilik D) nafas olish

18. O'simliklarning bargi poyada qanday joylashadi va ularga mos o'simliklar turini tanlang? 1) navbat bilan; 2) yarim halqasimon; 3) qarama-qarshi; 4) halqasimon; a) pomidor; v) mavrak; c) qumrio't; d) xina A) 1-a; 2-v; 3-d B) 1-b; 2-c; 3-d C) 1-c; 2-d; 3-c D) 1-a; 2-v; 3-c

19. Yashil barglar sutkaning qaysi vaqtida nafas oladi? A) faqat kunduzi nafas oladi B) faqat kechasi nafas oladi C) sutka davomida nafas oladi D) yorug'lik ta'sirida nafas oladi

20. Nafas olish jarayonida o'simliklarda qanday hodisa kuzatiladi? A) organik moddalar hosil bo'ladi B) organik moddalar to'planadi C) organik moddalar yemiriladi D) anorganik moddalar o'zlashtiriladi

21. Barglarning ichki qismi qanday to'qimalardan tashkil topgan? 1) epiteliy; 2) qoplovchi; 3) biriktiruvchi; 4) ustunsimon; 5) bulutsimon; 6) o'tkazuvchi; 7) etli; 8) mexanik.

22. Murakkab bargga ega bo'lmagan o't o'simliklarni ajrating? 1) qulupnay; 2) yeryong'oq; 3) majnuntol; 4) yong'oq; 5) no'xat; 6) yantoq; 7) o'rik; 8) rovoch A) 1,8 B) 1,2,5 C) 6,8 D) 3,6,7,8

23. Barglari yoysimon tomirlangan o'simliklar guruhi berilgan qatorni belgilang? 1) yalpiz; 2) arpa; 3) chinor; 4) g'umay; 5) nok; 6) oq jo'xori A) 2,4,6 B) 1,3,5 C) 1,4,5 D) 2,3,5

24. Quyida berilgan o'simliklar bir yoz davomida qancha suv bug'latishi to'g'ri berilgan javobni toping? 1) makkajo'xori; 2) qizilmiya; a) 500-600; b) 300-500; c) 200 A) 1-a; 2-b B) 1-b; 2-a C) 1-c; 2-a D) 1-c; 2-b 25. Uchta bargchali murakkab bargga ega bo'lgan o'simliklar guruhini aniqlang? 1) kashtan; 2) sebarga; 3) shirinmiya; 4) beda; 5) no'xat; 6) loviya; 7) yong'oq A) 1,3,5 B) 2,3,5 C) 2,4,6 D) 2,7,8

26. Quyidagi o'simliklarning qaysi birida oddiy barglar uchraydi? A) olma, o'rik, terak, g'o'za, gilos B) sholi, olcha, no'xat, beda, olma C) qayrag'och, sholi, qulupnay, loviya, terak D) beda, no'xat, nok, chinor, terak

27. Barg cheti qirqimi o'yma bargli o'simliklarga misol keltiring? A) o'rik, g'o'za B) g'o'za, gilos C) sabzi, ukrop D) g'o'za, tok

28. Barglardagi qaysi hujayralar og'izcha hosil qiladi? A) ustunsimon B) bulutsimon C) tomirlaridagi D) loviyasimon

29. Bitta barg bandi va bitta barg yaproqchasi bo'lgan barglar qanday ataladi? A) murakkab B) bandsiz C) oddiy D) bandli, bandsiz

30. Qayrag'och (1), soxta kashtan (2), shoyi akatsiya (3) larning barglari qanday tuzilishga ega? A) 1-panjasimon; 2-patsimon; 3-oddiy B) 1-oddiy; 2-murakkab; 3-oddiy C) 1-oddiy; 2-panjasimon; 3-ikki karra patsimon murakkab barg D) 1-oddiy; 2-uch bargchali; 3-ikki karra patsimon oddiy

31. Barg tomirining naycha-tolali tutamlarini nima hosil qiladi? A) barg tomirlarini tarmoqlari B) tomirchalar, to'rsimon naychalar C) naychalar, to'rsimon naychalar, tolalar D) tolalar, to'rsimon naychalar

32. O'simliklarda suv bug'lanishi tufayli qanday jarayonlar amalga oshadi? 1) ildiz orqali suv so'rilishi tezlashadi; 2) ildiz orqali mineral tuzlar so'rilishi sekinlashadi; 3) o'simlik qizib ketishdan saqlanadi; 4) moddalarning poya bo'ylab harakati to'xtaydi; 5) o'simlik nam tanqisligiga moslashadi; 6) ildiz orqali mineral tuzlarni so'rilishi tezlashadi; 7) moddalar poya bo'ylab harakatlanadi A) 1,4,6,5 B) 2,3,4,6 C) 1,3,6,7 D) 1,3,4,5

33. Organik moddalar ... hosil bo'ladi? A) ildizda B) mevada C) bargda D) to'rsimon naylarda

34. Bargda suv bug'lanishi tufayli ildizda qanday jarayon tezlashadi? A) suv va mineral tuzlar so'rilishi B) hujayralar bo'linishi C) hujayralar o'sishi D) hujayralarning nafas olishi

35. Quyidagilardan qaysi biri bitta uzun hujayradan iborat, bu hujayra esa yupqa qobiq, sitoplazma va yirik mag'izdan tashkil topgan? A) barg tolasi hujayralari B) barg og'izcha hujayralari C) ildiz po'sti hujayralari D) ildiz tukchasi hujayralari

36. Qaysi o'simliklar barg uzunligi 60-70 sm dan 1 m gacha bo'ladi? A) makkajo'xori, sholi, bug'dry B) rovoch, olma, makkajo'xori C) rovoch, ojut, kovrak D) kovrak, shirach

37. Quyidagi o'simliklarning qaysilari murakkab bargga ega? a) yong'oq; b) qayrag'och; c) majnuntol; d) soxta kashtan A) a,c B) b,c C) a,d D) a,b,c

38. Barg hujayralarida yorug'lik, mineral tuzlar va xlorofil donachalari ishtirokida organik moddalar bilan birga kislorod hosil bo'ladi. Shu kislorod bargning qaysi qismi orqali havoga chiqadi? A) ustunsimon hujayralar B barg tukchalari C) barg og'izchari D) bulutsimon hujayralar

39. Barg hujayralariga havadagi karbonat angidrid uning qaysi qismi orqali kiradi? A) epidermis B) o'tkazuvchi naylar C) tolalar D) og'izchalar

40. Qaysi o'simlikning bargi halqasimon joylashgan? 1) sambitgul; 2) kiyiko't; 3) dalachoy; 4) qirqbo'g'im; 5) qumrio't A) 1,4,5 B) 1,2,3,4 C) 1,2,4 D) 1,2,4,5

41. Yeryong'oqning barglari ... bo'ladi? A) murakkab, uch bargchali B) oddiy, panjasimon C) murakkab, juft patsimon D) oddiy, ovalsimon

42. Tikan daraxti fanda yana qanday nom bilan ataladi? A) shoyi akatsiya B) aylant C) soxta kashtan D) glidechiya

43. Qaysi oila vakillari aprel oyidan dekabr oyigacha qurimasdan o'sib turaveradi? A) sho'radoshlar B) ranodoshlar C) karamdoshlar D) gulxayridoshlar

44. Barg plastinkasi o'yilgan o'simliklarni belgilang? A) zira, rovoch, tut B) burchoq, no'xat, rovoch C) tok, g'o'za, qirqbo'g'im D) tok, tut, anjir

45. Ligustrumga xos bo'lgan xususiyatlarni juftlab ko'rsating? a) hayotiy shakli; b) poyada barglarining joylashishi; c) xazonrezgilik; 1) daraxt; 2) buta; 3) ko'p yillik o't; 4) bargini barvaqt to'kadi; 5) bargi uzoq vaqtgacha yashil; 6) qishda ham bargi to'kilmaydi; 7) qarama-qarshi; 8) navbat bilan; 9) halqasimon A) a-3; b-7; c-5,6 B) a-1; b-9; c-4 C) a-2; b-8; c-5,6 D) a-2; b-7; c-5,6

46. O'simliklarni barglarning tomirlanishiga ko'ra guruhlarga ajrating? a-to'rsimon; b-parallel; 1) arpa; 2) g'umay; 3) g'o'za; 4) chinor; 5) yeryong'oq; 6) lola; 7) oqjo'xori; 8) sachratqi A) a-3,4,5,8; b-1,2,6,7 B) a-1,2,6,7; b-3,4,5,8 C) a-1,3,5,7; b-2,4,6,8 D) a-2,3,5,6; b-1,4,7,8

47. Barglari qarama-qarshi joylashgan bir yillik o'tlarni belgilang? a) ligustrum; b) nastarin; d) kiyiko't; e) yalpiz; f) rayhon A) a,b B) d C) e D) f

48. Bargni tashkil etuvchi hujayralarni ularning vazifasi va qaysi to'qimaga mansubligi bilan juftlang? a) epiderma; b) ustunsimon; c) tolalar; d) o'lik naychalar; e) tirik naychalar; 1) fotosintez; 2) tayanch; 3) himoya; 4) suvni o'tkazish; 5) organik moddalarni o'tkazish; |) mexanik to'qima; ||) qoplovchi to'qima; |||) o'tkazuvchi to'qima; |V) assimilatsion to'qima A) a-3-||; b-1-|V; c-2-|; d-4-|||; e-5-||| B) a-3-||; b-2-|; c-4-|||; d-5-|||; e-1-|V C) a-3-||; b-2-|; c-4-|; d-5-|||; e-1-|V D) a-3-|; b-1-|V; c-2-||; d-5-|||; e-4-|||

49. O'rik va yong'oq uchun umumiy bo'lmagan belgini toping? A) barglari bandli B) 70-100 yil yashaydi C) shox-shabbasi yoyiq D) barglari oddiy

50. Mosh (a) va no'xat (b) ning bargiga xos belgilarni guruhlang. 1) toq bargchalari o'rnida gajaklar hosil bo'ladi; 2) barglari poyada ketma-ket o'rnashgan; 3)barglari poyada qarama-qarshi, halqa hosil qilib joylashgan; 4) barglari murakkab; 5) oddiy barg; 6) o'z-o'zidan changlanadi; 7) uch bargchali murakkab barg A) a-2,5,6; b-1,2,4,7 B) a-1,2,4,7; b-2,4,6,7 C) a-1,2,4,6; b-7,2,4 D) a-7,2,4; b-1,2,4,6

Download 26,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish