BILET
―Suv hayot demakdir‖matnning mazmunini ochib beruvchi savollar tuzing.
Nega suv - hayot manbai deyiladi? Bugungi kunda suvni qanday tejash kerak? Turli chiqindilarni daryo va kanallarga oqizilishi nimalarga olib keladi?
Gaplardagi ot-kesimlarni aniqlang. Burchimiz- a’lo o ‘qish. Yugurish sportning bir turidir. Suv – hayot manbai. O’zbekiston poytaxti Toshkent.
―Tabiat sen onamiz‖ she‘rini yoddan ayting.
BILET
―Vatanni his etish‖ she‘rini ifodali o’qing va mazmunini so’zlab bering.
Vatanni his etish - Jahon ayvonida gullagan yurtim, Bag’ringda quyoshning mehrini ko’rdim. Tog’laringda tuydim qudrat, sabrni, Qalbingga joylabsan ikki nahrni. Vodiylaring misli go’zal kelinchak, Bog’larda shabboda o’ynar belanchak. Dashting, sahrolaring - behuda kenglik, Qalbingday bepoyon - osmonga tengdek. Momolar ertagin tinglab, yondim men, Tarix bulog’idan ichib, qondim men. Dilimga sig’dirdim seni boricha, Buncha tabarruksan, ulug’san buncha....
Ish qogʻozlaridan ―Tabriknoma matnini yozing.
Sh. Rasulovani ―Mening tengdoshlarim‖ she‘rini yoddan ayting.
BILET
―O’zbekiston milliy sporti dunyoni zabt etmoqda‖ matnini oʻqing, matndagi milliy sport o’yinlaridan biri haqida so’zlab bering.
O’zbekiston milliy sporti dunyoni zabt etmoqda - O’zbekiston sportining an‘anaviy turlari bilan birgalikda milliy sport turlari hamda xalq o’yinlari ham tobora rivojlanib bormoqda. Bugungi kunda dunyoning ko’plab mamlakatlarida o’zbek kurashi bo’yicha musobaqalar tashkil etilib, sportning shu turi ustalari o’rtasida jahon chempionati muntazam o‘tkazib kelinayotgani O’zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro qalbini g’ururga to’ldiradi. Biz faxrlansak arziydigan milliy sport turlari juda ko’p. Ularning orasida „Turon― kurashi, „O‗zbek jang san‘ati―, „Uloq―, „Ko‗pkari―, „Chovgon―, „Belbog’li kurash― va „Kamondan o’q otish― turlari alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, „O’zbek jang san‘ati―ga bo’lgan qiziqish kuchayib bormoqda. Bu sport turi yoshlardan abjirlik, epchillik kabi xususiyatlarni shakllantirishda, o’tkir zehnli bo’lib ulg’ayishlarida muhim o’rin tutadi.
Berilgan gapni tarjima qiling. Men tarixiy asarlarni oʻqishni yoqtiraman.
Я люблю читать исторические труды,
Mardlik deganda nimani tushunasiz? Qanday insonni mard deb ataysiz?
Mardlik so‘zida vatanparvarlik, milliy iftixor, vatanni himoya qilish kabi fazilatlar mujassamlashgan. Vatanparvar, mard insonlarni birinchidan, xalqimiz hurmat qiladi, ikkinchidan, ular bilan juda faxrlanadi. Hayotda mardlik insonning qanchalik oliy fazilati bo‘lsa, nomardlik, sotqinlik ularning shunchalik tuban illatidir. Bizning xalqimiz o‘zining ko‘p maqollarida ana shu ijobiy va salbiy fazilatlarni zo‘r mahorat bilan ifoda etadi: Mardlik - kishining husni.
Mardlik - yiqitmoq emas, turg‘azmoq. Polvonlarning odati shuki, avvalo, kurash tushganda yiqitgan polvon raqibini ko‘tarib turg‘azadi-da, so‘ngra yelkasidan qoqib qo‘yadi. Bu bilan birga xalqimiz qiyin ahvolga tushib qolgan odamga yordam berish, qo‘llab-quvvatlash, avvalambor, mardlik belgisi demoqchi bo’ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |