BILET
―Inson yaxshilik uchun yaratilgan‖ matnini oʻqing va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing.
Inson yaxshilik uchun yaratilgan
Yaxshilik bu jamiyat uchun tinmay mehnat qilish, xalq sha‘niga dog’ tushirmaslik, ko’pchilik manfaatiga qarshi ish tutmaslik, o’z xalqiga xiyonat qilmaslik, ziyon yetkazmaslikdir.
Yaxshilik vijdonli, muomalali, madaniyatli, kamtar, oliyjanob, haqgo’y bo’lish, inson taqdiri haqida chinakam g’amxo’rlik qilish, bir-biri bilan hamkor bo’lish demakdir.
Halol mehnat qilish yaxshilikdir. Yaxshilik qonuni asosida yashamoq barhayotlikdir. Donolar deydiki: „Birovga yaxshilik qilsang, o’ziga bildirmay qil―,
„Birovga yaxshilik qilsang, yaxshilik qaytadi― .
Inson nima uchun yaratilgan? Yahshilikni fazilatlarini aytib bering?
Berilgan gapda harakatning bajaruvchisini toping.
Gulnoza a‘lo baholarga o’qiydi.
Navoiy yozgan asarlar butun dunyoga mashhur.
Yaxshilik qila olmasang, yomonlik ham qilma. Maqolini qanday tushunasiz?
Inson o‘zgalarga yahshilik qilish qolidan kelmasa, unga zarar ham yetkazmaslik kerak.
ВILET
―Burch‖ matnini oʻqing, mazmunini soʻzlab bering va mazmunini ochib beradigan savollar tuzing.
Burch -Burch har bir kishining o’z vazifalarini to’liq bajarish, odamlarga to’g’ri munosabatda bo’lish kabi fazilatlarni ifoda etadi. Burch shaxsning jamiyatga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. Aql-zakovat, tafakkur asosida va ularga tayanib o’z burchini bajarish faqat insongagina xos. Burch shaxsning axloqiy faoliyatini ifodalovchi mas‘uliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog’liqdir. O’z burchiga sodiqlik har bir kishiga obro’ hamda shon-sharaf keltiradi. Har bir insonning o’z burchiga sodiqligi o’ziga, jamiyatga, Vatanga, oilaga, farzandlariga bo’lgan munosabatida namoyon bo’ladi. Burch - muqaddas. Burchga sodiqlik Vatanga sodiqlikdir. O’z burchiga sodiqlik har bir kishining odobi, axloqini ifodalaydi, ammo o’z burchini bajarmagan kishilar xalq orasida hurmat topmaydi.
Burch o’z-o’zidan shakllanmaydi, balki tarbiya jarayonida kamol topadi. Burchni tarbiyalash jarayonida o’z-o’ziga talabchanlik rivojlanadi. Natijada har bir kishida o’z ishiga, bilimiga va kuchquvvatiga ishonch qaror topadi. O’z burchini bilgan kishi o’zining to’g’riligi bilan ishdagi kamchiliklarni ochib tashlaydi hamda nojo’ya harakat qilayotgan kishilarga murosasiz bo’ladi. Burchiga sodiq kishi birovlarni ranjitmaydi, boshqalarni xafa qilmaydi va sabr-toqatli bo‗ladi. Burch deganda nimani tushunasiz? Nima deb o‘ylaysiz, sizning burchingiz nimalardan iborat?
Berilgan gaplarni ona tilingizga tarjima qiling va hollarni toping. Bizning oilamiz Toshkentda yashaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |