Barchamizga ma’lumki, Germaniya Federativ Respublikasi nafaqat iqtisodiy, balki boshqa ko’plab sohalarda ham yetakchi o’rinlarni egallaydi



Download 66,88 Kb.
bet2/6
Sana28.06.2022
Hajmi66,88 Kb.
#711791
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Jahon Naila 1

Mavzuning maqsad va vazifasi: Quyidagi kurs ishim orqali men Germaniya Federatsiyasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy ahvolni yoritish, bu davlatda yaratilayotgan qulaylik hamda imkoniyatlarni tahlil etish, sanoat, xizmat ko’rsatish va qishloq xo’jaligi sohasidagi salohiyatini yoritib berish, bu davlatning xalqaro maydondagi o’rnini ko’rsatib berish, shu bilan birga, bizning yurtimiz bilan o’rnatilgan o’zaro iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi hamkorliklarini yoritib berishga va bu holatni tahlil qilishga harakat qildim. Bundan ko’zlangan maqsad esa, jahonning rivojlangan davlatlarining bosib o’tgan yo’llarini tahlil etish, ulardagi innovatsiyalarni, ilmiy-texnikaviy yutuqlarni o’zimizda joriy etishning yurtimiz rivojiga ta’sirini ko’rsatib berish; ularning rivojlanish sohasida olib borilgan ishlarini o’rganib, yutuqlarini o’zimizda qo’llash va kamchiliklarini chetlab o’tib yanada yaxshiroq natijaga qisqa vaqtda erishish imkoniyatini ko’rsatib berishdan iborat.1
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish, ikki bob, 33 bet xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.

I BOB: IX-XI ASRLARDA GERMANIYA DAVLATI



    1. Germaniya haqida umumiy ma’lumot

Buyuk Karl imperiyasi parchalangandan so’ng Germaniya hududida rasman Karoling qirollar hukmronlik qilardi. Lekin 911 yilda Karolinglar sulolasi hukmronligi tugagach Frankoniya gersogi Konrad I qirol qilib saylanadi. Uning vafot etishidan so’ng germaniyada hokimiyat uchun qabilalar gersoglari o’rtasida kurash boshlanib ketib 919 yilda birdaniga 2 ta qirol Genrix V Saksonskiy va Arnodlf Barvarskiy saylanadi. Ana shu yerdan Genrix I (919-936) uning vorisi Otton I (936-973) tomonidan Germaniyada yagona davlat tashkil etiladi va bunda Saksonlar sulolasi hukmron edi. (919-1024).
Otton I va Otton II lar gersoglarning mustaqil faoliyat yuritishlarini cheklash uchun cherkovdan foydalandi. Cherkovga gunchalik imtiyozlar berdiki, natijada amalda cherkovga davlatning eng muhim ijroiya organiga aylandi. Lekin shu bilan birga qirol Otton I ularni o’ziga quloq soladigan qurol qilishga harakat qildi. Cherkov diniy mansablariga nomzod ko’rsatadi, qirol bo’lsa o’z tasarrufidagi hududlarga ularni taqsimlab, nomzodlarni tasliqlaydigan bo’ldi va bu investitura huquqi degan nom bilan tarixshunoslikda nomlandi. Otton I o’z hokimiyati rasman tan olinishi maqsadi – (2) da papa ustidan ham hukmronligini ta’minlash maqsadida 951 yilda Lombardiyaga hujum qiladi va langobardlar qiroli unvoni oladi. 962 yilda u papa Otton I imperator tojini kiydirishga majbur bo’ladi papaning Italiyadagi diniy hokimiyati saqlanib qolindi papa imperatorga tobe sifatida qasamyod qiladigan bo’ldi. Shu tariqa o’rta asrlarda German qirollari boshchiligidagi «Rim» imperiyasi qaror topdi (XII asr oxiridan bu imperiya Muqaddas Rim imperiyasi deb atala boshladi).
Sakson sulolasi qirollarining birga harakatlari IX-X asrlarga kelib German qabilalarining siyosiy birlashuviga ma’lum darajada ta’sir ko’rsatdi. Shu asosda asta-sekinlik bilan nemis xalqi shakllana boshladi va bu nom XI asr oxirlaridan shanbalarda uchray boshladi.
1073 yilda yana dehqonlar qo’zg’oloni boshlanib, unda qirolga dushman kayfiyati bo’lgan feodallar guruhi ham Otton Nortgeymskiy boshchiligida ishtirok etdi. Dehqonlarning bu harakati antifeodal qo’zg’olonga aylanashidan qo’rqib qo’zg’olon yetakchilari dehqonlar hisobiga qirol bilan muzokaraga kelishdilar (1074 y). Natijada hal qiluvchi jangda sakson feodal oltiqlari dehqonlaorni o’z holiga tashlab jang maydonidan chiqib ketdilar. Genrix IV Otton Nortgeymskiyni Saksoniyada o’zining amaldorlari sifatida tan oldi.
Investitura uchun kurashda papalik ilyuniy harakatiga tayandi. Bu harakat (910 yilda Burgundiyadagi Klyuni monastiri ba harakatni boshlab bergan) maqsadi cherkov ta’sirini kuchaytirish va ruxiy (moralniy) qadr – qiymatini oshirishdan iborat edi. Harakat cherkov tashkilotini bir tomondan feodallar ta’sirini yenga oladigan, ikkinchi tomondan qaram dehqonlar qarshiligiga turib Bera oladigan kuchga aylantirishi kerak edi.1
1059 yilda Lateran soborida papalik faqat kardinallar saylashi kerakligini ta’kidlandi va shu asosda 1073 yilda Gildebrant (Kiyuniy harakatining tarafdorlaridan bo’lgan Shimoliy Italiyalik Monax) Grigoriy VII nomi bilan papa qilib saylandi. Papa lavozimiga o’tirgach u o’z dasturini hayotga tadbiq eta boshladi, bir qancha nemis yepiskoplarini o’z lavozimidan ozod qildi.
Saksoniya qo’zg’olonini bostirgandan so’ng Genrix papa Grigoriy VII qarshiligini sindirish maqsadida 1076 yilda nemis oliy dindorlarining Varmasdagi kengashida u Grigoriy VII ni haqoratlab, obro’sini yerga to’kdi. Bunga javoban papa Genrix IV cherkovdan va qirollik martabasidan mahrum qilib, qirolga qaram bo’lganlarni o’z hukmdorgi qasamyod qilishdan ozod qildi. Papaning bu harakati Germaniyada darhol aks sado berib, dunyoviy va diniy feodallarning separatistik harakatlari boshlanib ketdi.
Genrix IV Papa Grigoriy VII oldida taslim bo’ldi 1077 yilda papa huzuriga borish uchun Italiyaga yo’l oldi va Kakossa qal’asida papa bilan uchrashdi. Muarrixlarning xabar berishicha qirol qayer oldida 3 kechayu 3 kunduz sarpoygang va och turgan. Shundan so’ng papa uni huzuriga kiritgan. Qirol papaga taslimligi belgisi sifatida tiz cho’kib kechirish so’ragan.
Lekin German imperatoriva papalik o’rtasidagi kelishmovchilik bu bilan tugab qolmadi. Nihoyat 1122 yilda Vorms konkordatining imzolanishi (Genrix V va papa Kalikst II o’rtasida) o’rtadagi munosabatlarni ma’lum darajada tartibga soldi.
XI-XV asrlarda Germaniyada shaharlar taraqqiyoti.
G’arbiy Yevropa mamlakatlarida bo’lgani singari X asr oxirlarida Germaniya hududida ham shaharlarning rivojlanishi kuzatila boshlandi. XII asrda ular soni 50 bo’lsa, XIII asrga kelib shaharlar soni 500 tagacha o’sdi. Bu shaharlar orasida asosiy qismi hunarmandchilik va savdo markazlari edi. XII asrdan boshlab Germaniyada tosh imoratlar qurish boshlandi.
Nemis shaharlarida sexchilik nisbatan oldinroq vujudga keldi va taraqqiy etdi. Mayns to’qimachilik (1099), Vorms baliq savdosi (1106-1107), Vyursburg ediko’zlari (1128) sexlari eng qadimgi sexlardan edi. Undan tashqari ayollar sexlari ham faoliyat yuritgan.
XI-XIII asrlarda Reyn bo’yi xavzasida shaharlarda o’z-o’zini boshqarish huquqi uchun kurashlar avj oldi. Natijada ayrim shaharlar ma’lum avtonomiyaga ega bo’ldilar (Kyoln, Vorms, Shpayer, Regensburg kabi) va ular erkin shahar degan nom oldilar. Bevosita qirol sen’ori hisoblangan «imperiya» shaharlar ham avtonomiyadan, ba’zan to’la mustaqillik huquqidan foydalanganlar.
Shaharlardagi ichki ishlar saylab qo’yilgan shahar ??? tomonidan hal qilingan bo’lsada, hokimiyat patrislatlar qo’lida edi. XIII asrdan sexlar shahar siyosiy boshqaruvida ishtirok etish uchun kurash boshladilar, ayrim shaharlarda (Freyburg, Goslar, Ulm) ular shahar kengashi saylana olganbo’lsalar, lekin ko’p hollarda bu kurash muvaffaqiyatsiz tugadi.
Shaharlarda hunarmandchilik taraqqiyoti, qolaversa ularning muhim Savdo yo’nalishlarida joylashganligi ular sonining tezlik bilan ko’payishiga va ayni paytda taraqqiyotiga xizmat qildi.
XIII-XIV asr oralig’ida Germaniyada shaharlar 3500 ga yaqinlashdi, ularnnig asosiy qismini aholisi kishiga yaqin bo’lgan va ko’proq agrar munosabatlar bilan bog’langan (shaharlar tashkil etardi).
Bu davrda Germaniyada yirik shaharlar (aholisi 3 – 10 ming kishi atrofida) va juda yirik shaharlar (aholisi 20 mingdan ziyod – Kyoln, Strasburg, Lyubek kabi) tarmog’ini uchta asosiy zonaga ajratish mumkin.
Birinchi zona – Shimoliy German shaharlari (Bremen, Gamburg, Lyubek, Vismlar kabi). Bular Shimoliy va Boltiq dengizi bo’ylarida joylashgan bo’lib, London va Novgorod, Bryugge va Bergen orasidagi dengiz savdosida ishtirok etar edilar.
Ikkinchi zona – Janubiy German shaharlari, (Augsburg, Nyurenberg, Bazel, Vena kabi) ular asosan Dunay xavzasi hududlari, shuningdek Italiyada Milan orqali Venesiya va Genuya savdo yarmarkalari bilan savdo munosabatida edilar.
Uchinchi zona – Kyoln va Strasburg oralig’idagi shaharlar bo’lib, ular janub va shimol o’rtasidagi, shu bilan birga Yevropa doirasidagi savdoda ishtirok etar edilar.
Shaharlarda ishlab chiqarilgan maxsulotlar asosan mahalliy bozorlarga chiqarilgan bo’lsa-da, lekin ayrim maxsulotlarning dovrug’i mamlakat tashqarisida ham mashhur edi. Janubiy German shaharlarida ishlab chiqarilgan qimmatbaho paxta va zig’ir tolali matolar, shu jumladan paxmoq gazlamalarga Italiya va Ispaniyada talab katta edi. Nyurenberg temirchilarining ishlab chiqargan maxsulotlari umum Yevropa miqyosida tarqalgan edi. Germaniya o’z ehtiyojlari uchu nasosan dag’al movutlar ishlab chiqarsada, mamlakat tashqarisiga Mayin movut chiqarilgan Kyoln movutchilari xatto Flanmandriya movutchilari bilan ham raqobatlasha olar edi. Asta-sekinlik bilan yuqoridagi kabi hunarmandchilikning ma’lum tarmog’i bilan topilgan shaharlarda bozor munosabatlari asosidagi ishlab chiqarish alomatlari shakllana bordi.
XIV asrning ikkinchi yarmiga kelib Ganzaga o’xshash Shvab va Reyn shahar ittifoqlari tashkil topib, 1381 yilda ular birlashadilar. Bu koalisiyaga 50 dan shaharlar uyushgan bo’lib, ular risarlik faoliyatiga ham katta e’tibor berdilar va shu maqsadda muqaddas Yorgen qalqoni jamiyati, Muqaddas Vilgelm jamiyatlarini tuzdilar. Bu risarlik ittifoqlari ta’sir doirasini kengaytirish uchun shaharliklar bilan kurashga kirishdilar. Lekin 1388 yilda bu ittifoq mag’lub qilindi.
Shaharlar paydo bo’lishi bilan tovar-savdo munosabatlarining rivojlanishi feodal xo’jaligi bilan birgalikda dehqon xo’jaliklariga ham ta’sir qildi. Ayni paytda bu jarayon agrar tuzum xarakterida, feodal majburiyatlarida ham o’zgarishlar yasadi. Germaniyaning ko’pgina hududlarida XII-XIII asrlarga kelib qaram dehqonlarning barshina mehnatiga asoslangan eski votgina tizimi yemirila boshlandi. Uning o’rniga sof sen’oriya (gistiya) shaklidagi mehnat tizimiga o’tishdi. Uning asosiy xususiyati shunda ediki, unda mustaqil xo’jalik hukmronligi to’liq yoki qisman bartaraf etilgan edi.
Oldingi zodagonlar yerlari ma’lum bir bo’laklarga bo’linib ular meyerlarga (dastlab badavlat dehqonlardan chiqqan votgina boshqaruvchilari, keyingi barcha ijarador-dehqonlar shunday atalgan) ijaraga berilgan. Angliya va Fransiyada farq qilib Germaniyaning aksariyat hududlarida bu ajarachilar o’z yer bo’laklarining merosiy egalariga emas, aksincha qisqa muddatli ijarachilarga aylanganlar. Bunda ijaraga dehqonlar o’z sen’orlariga ko’pincha hosilning ¼ dan to yarmigacha bo’lgan miqdorda natural obron va unga qo’shishga pul to’lovini ham to’laganlar. Lekin bu «sof sen’oriya» Germaniyaning hamma joyida ham tarqalgan emas. Janubiy-G’arbiy va O’rta Germaniyaning ayrim hududlarida eski votgina tizimi saqlanib qolgan edi. Lekin ularda ham asta-sekinlik bilan pul rentasiga o’tish kuzatiladi. Natijada shaxsan ozod dehqonlar soni ko’paydi, ular feodalga pul obrogi-chinm to’lab turganlar. «Sof sen’oriya» tarqalgan hududlardan farqli ravishda bu yerdagi dehqonlar o’z yerlarining merosiy egalari hisoblanib, ba’zan ma’lum darajada egalik huquqini mustahkamlaganlar.
Agrar tizimdagi o’zgarishlar o’z navbatida dehqonlarning toifalanishiga ham ta’sir qildi. Bir necha dehqonlar yer bo’lganlarini (guf) birlashtirgan badavlat dehqonlar yoki kambag’allashib qolgan toifadoshlari ijora asosida ishlatadigan dehqonlar qatlami paydo bo’ldi. Germaniya dehqonlar doimo feodal ekspluatasiyasiga qarshi kurashib kelganlar. Lekin XII-XIII asrlardagi dehqonlar chiqishlar ko’proq lokal xarakterga ega edi. Lekin XIII asrdan boshlab dehqonlar chiqishlari keng qamrovli tus oldi. Bu qo’zg’olonlar ko’proq ozod dehqonlar toifasi saqlanib qolgan Shimoliy Germaniyada kuzatiladi. Masalan 1114 yilda graf Rudolf fon Shtedga qarshi Ditmarshen qo’zg’oloni; 1132 va 1153 yildagi frizlarning graf Gllandskiyga qarshi qo’zg’olonlarini keltirish mumkin. 1285 yildagi Gil Koiup boshchiligidagi qo’zg’olonni (unga berilgan nomga ko’ra «yog’och boshmaklilar») ayrim shaharlar qo’llab – quvvatlaganlar.
XI-XV asrlar Germaniya tarixi uchun xos bo’lgan jihatlardan yana biri shunda ediki, hududda garchi qirollik (imperatorlik) hokimiyati mavjud bo’lsada, lekin XI asr oxiri XII asr boshlaridan bu yerda hududiy knyazlikliklar paydo bo’la boshlaydi va XII-XIII asrlardagi iqtisodiy rivojlanishi natijasida ular xokimiyati yanada mustahkamlanadi. Ko’p hollarda xududiy knyazlar hokimiyatining mustahkamlanishi nemis feodallarining Sharqqa-Polab slavyanlari va Sharqiy Boltiq bo’yi xalqlari hududlariga uyushtirilgan hujumlari ham sabab bo’lgan edi. (Bu yurishlar Drang nach Osten deb atalgan) Italiya va salib yurishlaridagi muvaffaqiyatlikdan so’ng tarqoq slavyanlar yerlariga hujum qilish ancha oson va foydali edi. Bu yurishlarda asosiy rolni imperatorlar emas, balki xududiy knyazlar va ularga xizmat qilgan mayda risarlar o’ynaganlar. Shuningdek unda nemis shaharlari ham ishtirok etganlar.1
Bavariya va Saksoniya gersogi Genrix Sher (Velflar sulolasidan) 1170 yilda obodritlar yerlarini egallab, u yerda o’ziga qarash bo’lgan Maklenburg gersogligini tashkil qiladi. Shuningdek u slavyanlarning Oder va Visla oralig’idagi hududlarini ham bosib oladi. Lyutiglar yerlarini bosib olgan Albrext Medved (Ayiq) u yerda Brandenburg markgrafligiga asos soladi, shu hududda Berlin shahri (manbalarda 1237 yildan tilga Olina boshlaydi) paydo bo’ladi.
Nemis risarlarining sharqqa yurishlariga rahnamolik qilgan Katolik cherkovi tomonidan (papa Innokentiy III) 1202 yilda yangi Qilichbardorlar diniy risarlik ordeniga asos solinib, ular XIII asr o’rtalarida hozirgi Latviy va Estoniya hududlarining bir qismini bosib oldilar. Falastindan Boltiq bo’yiga ko’chirilgan Gevton ordeni hali shunday bosqinchilik ishiga jalb qilindi. Har ikkala orden 1237 yilda yagona Gevton ordeniga birlashib Rus yerlariga yurishi Novgorod knyazi Aleksandr Nevskiy tomonidan to’xtatildi (1242 yilda Chud qo’li yaqinida).
Bosib olingan hududlardagi aholi zo’rlik bilan siqib chiqarildi va turli ko’rinishdagi yengilliklar bilan hududni o’zgartirish uchun nemis dehqonlarining jalb qilinishi bu Elbabo’yi hududlarining iqtisodiy rivojiga Omil bo’lib xizmat qildi.
Nemislarning Dunay bo’yi hududlarga yurishlari anchayin tinch xarakterda bo’lib, bu yerda X asr oxirida Sharqiy yoki Avstriya markasi tashkil topdi (XIII asrdan gersoglikka aylandi).
Nemis feodallarining Sharq yurishlaridan farqli ravishda Italiya va papalikni bo’y sundirishga shaxsan German imperatorlarining o’zi boshchilik qildi. Bu siyosatni faol darajada amalga oshirganlardan biri Gogenshtaufenlar sulolasidan bo’lgan (1138-1254) Fridrix I Barbarossa 1152-1190 hisoblanadi. U dastlab imperatorlik tojini kiyish maqsadida 1154 yilda Rimni egallaydi va u yerda tojni kiyadi.
1158 yilda Ronnal vodiysida Fridrix I Shimoliy Italiya shaharlari vakillarini to’playdi va ular orasidagi bir-biriga dushmanlik kayfiyatidan foydalanib seymda shaharlarni o’z-o’zini boshqarish huquqidan mahrum etadi va uning o’rniga imperator tomonidan tasdiqlanadigan, saylab qo’yiladigan konsul amaldorlari – podesta boshqaruvi joriy qilinadi. Amalda bu Shimoliy Italiya shaharlarining to’liq imperatorga bo’y sunishini anglatar edi.
Fridrix I o’z hukmronligi o’rnatish maqsadida keskin choralar ko’radi. Bunga javoban Shimoliy Italiya shaharlaridan 22 tili birlashib, 1167 yilda Lombardiya ligasiga asos soladi va imperatorga qarshi kurash boshlaydi. Ligaga papa Aleksandr III ham faol yordam beradi. 1176 yildagi Ancha va imperator o’rtasidagi hal qiluvchi jangda nemis risarlari mag’lub etiladi. 1183 yilda Konstinsdagi sulh bilan imzolangan yarashuv amalda Shimoliy Italiya shaharlariga o’z-o’zini boshqarishni qaytarib berdi.
Italiyada o’z hokimiyatini o’rnatish uchun so’nggi urinishni Fridrix I nevarasi Fridrix II (1220-1250) amalga oshirdi. U o’z davrining mashhur imperatori edi. Sisiliyada ulg’aygan Fridrix II (Ayni paytda u Sisiliya qiroli edi, chunki uning otasi Genrix VI Sisiliya taxti vorisi bo’lgan malika uylangan bo’lib, undan meros tariqasida o’g’liga o’tgan edi) vizantiyalik, arab, yahudiy olimlari tarbiyasini oldi, Neopol universitetini tomomladi. U grek, Rim, arab mualliflari asarlarini bemalol mutoala qilar, ilmiy kuzatishlar bilan shug’ullanar va ayni paytda badiiy ijodni ham kanda qilmas edi. Undan tashqari u o’z davrida mohir diplomat va diniy masalalarni tushunib yetgan taniqli davlat arboblaridan edi. U ham bobosi singari Shimoliy va Markaziy Italiya ustidan hukmronlik qilishga urindi. Bunda Sisiliyada tayanch nuqta vazifasida foydalandi. Tanafuzlar bilan (davom etgan) 30 yil davom etgan italyan shaharlari va papa bilan davom etgan urush oxir – oqibat Gogenshtaufen Lar sulolasining inqirozi bilan tugadi.
Imperatorlarning Italiya ishlari bilan chalg’ib qolishi Germaniyaning o’zida markazlashgan hokimiyatning kuchsizlanishiga olib keldi. Masalan Fridrix II butun hukmronligi davomida bor yo’g’i 3 marta Germaniyaga kelgan va bu yerda jami hisoblaganda 9 yildan kamroq yashagan edi. Markazlashgan hokimiyat kuchsizligini hatto eng qudratli imperator ham o’z vorisi meros tariqasida qirollik tojini mustaqil ravishda topshira olmasligi ham ko’rsatib turibdi.
O’rganilayotgan davrga kelib mamlakatda feodalizasiya jarayonining yakunlanishi oldingi eski qabila gersogliklari o’rnida yuzga yaqin knyazliklar, ulardan 80 dan ortig’i diniy edi, paydo bo’lishiga olib keldi.
Undan tashqari XII asr oxiridan Germaniyada markaziy hokimiyat amalda qirollik tayanchi bo’lgan qirollik ministr komitetini ham yo’qota boshlaydi. Bu qirolnnig nufuzli amaldorlari yirik feodallarga aylanib, qirol bilan uzviy aloqadan chiqadilar.1
Ba’zan German imperatorlarining o’zlari knyazlarga turli ko’rinishdagi imtiyozlar berib, ularni kuchayib ketishiga sababchi bo’lgan. Masalan Fridrix I Italiya yurishidagi yordami uchun Genrix Sherga Bavariya va bir qancha hududlarni bergan edi. Lekin boshqa knyazlarning bunga norozi bo’lishi imperatorning ularga qo’shilib Genrix Sher ustiga yurish qilishi olib keladi. Natijada Genrix Sher hukmronligiga gen qo’yiladi, undan qaytarib olingan yerlarni Fridrix I boshqa knyazlarga yana bo’lib beradi.
Imperator Fridrix II bo’lsa knyazlarni asosiy tabaqa sifatida ko’rib, ularga muhim vakolatlarni qonunlashtirib beradi. Endi knyazlar o’z hududida olib sud vazifasini bajargan, tangalar zarb qilgan, soliq va boj to’lovlarini undirgan, shaharlarga asos solganlar. Gogenshtaufenlar hukmronligi barham topgach hokimiyat uchun o’zaro urushlar (1254-1273) ham mamlakat siyosiy tarqoqligini yanada kuchaytirib yubordi. Imperatorlar endilikda o’zlari hududiy knyazlarga aylanib, o’z urug’lari hukmronligini kengaytirishga e’tibor qaratdilar. Xuddi shu siyosatni gabsburglar xonadoni vakili Rudolf (1273-1291) boshlab berdi. Elzas va Shveysariyadan hukmronlik qilgan Rudolf chex qiroli Pshemыsya II dan Avstriyani tortib oladi va o’z sulolasi qudratiga asos soladi. Lekin boshqa knyazlar bu sulola hukmronligi kuchayib ketishdan xavfsiragan knyazlar Rudolfdan so’ng taxtga uning o’g’lini o’tkazmaydilar. Shundan boshlab German taxtida Nassau, Lyusemburg, Vittalsbax, Gabsburglar sulolasi va xonadoni vakillari navbatma – navbat bir-birini ag’darib hukmronlik qila boshladilar. Bu knyazlarning imperator hokimiyatini kuchaytirmaslikka qaratilgan siyosati natijasi edi.
Knyazlar XIV – XV asrlar davomida ham imperator hokimiyatining mustahkamlanishiga yo’l qo’ymaslikka urindilar va alohida hududlar doirasida markazlashtirish siyosati davom ettirrib, qirollik taxtiga taniqli bo’lmagan Lyuksemburg grafligi hukmdori Genrix VII (1308-1313)ni o’tkazdilar. U ham o’zidan oldingi qirollar singari sulolasi hukmronligini kuchaytirish yo’lidan borib, o’g’li Chexiya qiroli vorisiga uylantirdi. Ikkinchi tomondan nemis hukmdorlarining eski an’analariga sodiq qolib, deyarli bir asrlik oraliqdan so’ng Italiyaga hujum qilib Rimda imperatorlik tojini kiyishga Musharraf bo’ladi.
Imperator huzuridagi vasallar kengashi XV asr oxiridan reyxstag deb atala boshlandi. Reyxstag ko’proq maslahat kengashi organi hisoblanib, unda biror darajada qudratga ega bo’lganlarning fikri asosan e’tiborga olingan. Reyxstag chiqargan qarorlarni ijro etish uchun Germaniyada hyech qanday muassasa bo’lmagan. Ayrim knyazliklarda Landtaglar faoliyat yuritsada, lekin ular doimiy bo’lmagan. 1


    1. Download 66,88 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish