JAMLOVCHI SON. Predmet miqdorini jamlash yo‘li bilan bildiruvchi son: uchov, to‘rtala kabi.
JARGON (fran. (ag^op). Biror guruh vakillarining, o‘z nutqi bilan ko‘pchilikdan ajralib turish maqsadida, o‘zicha mazmun berib ishlatadigan so‘z va iboralari. Mas., novcha (aroq), qizil (vino) — ichuvchilar nutqiga xos; tog‘amning o‘g‘li (militsioner, inspektor) —shofyorlar nutqida.
JUNALISH KELISHIGI. Harakat yo‘nalgan nuqtani bil- dirib, o‘rin, vaqt, sabab kabi ma’nolarni ifodalashga xizmat qiladigan kelishik. Bu kelishik shakli -ga (-ka, -qa) affiksi yordamida yasaladi: uyga, kapalakka, qatiqqa kabi.
ZIDLOV BOG‘LOVCHILARI. Ma’nolari bir-biriga qara- ma-qarshi (zid) bo‘lgan uyushiq bo‘laklarni, shuningdek, qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarni bog‘lash uchun xizmat qiluvchi bog‘lovchilar: lekin, ammo, biroq, holbuki kabi: G‘o‘za sug‘orish- ni juda yaxish biladilar, lekin amal qilmaydilar (Oybek). Xotin bu gapni shikoyat tarzida aytdi, a m mo Turobjon buni ta’na deb tushundi (A. Qahhor). Uktam mevalarni saralaydi, 6 i r o q yegisi kelmaydi (Oybek).
ILMIY USLUB. Funksional uslubning bu turi termino- logik va mavhum leksikaning, murakkab sintaktik tuzilmalar- sh-shg qo‘llanishi, so‘zlarning asosan konkret, to‘g‘ri ma’noda qo‘l- lanishi, maxsus iboralarga egaligi va sh.k, bilan ajralib tu- radi. Ilmiy uslub o‘z ichida quyidagi mayda uslublarga bo‘li- nadi: ilmiy-texnik uslub, ilmiy-ish uslubi, ilmiy-ommabop uslub, ilmiy-publitsistik uslub.
INQOR BOG‘LOVCHILARI. Uyushiq bo‘laklar yoki ayrim gaplar oldida takror qo‘llanib, inkor ma’nosini ta’kidlab ko‘rsatuvchi bog‘lovchyalar. Mas., na.., na... Uning esiga n a sevgi, na istirohat keldi (Oybek).
KALKALASH. Uzga tilning leksik, frazeologik birlikla-: rining modellari asosida o‘z til unsurlaridan foydalanib, yaigi so‘z yoki frazeologik birliklar hosil qilish. H. Kalka.
QELISHIQ QATEGORIYASI. Ot yoki otlashgan so‘zning fe’lga, otga yoki boshqa bir turkum so‘ziga munosabatini ifo- dalab, tobeligini ko‘rsatuvchi shakllar tizvmi. Uzbek tilida kelishikning olti turi bor: 1) bosh kelishik (q.); 2) q a- ratqich kelishigi (q.); 3) tushum kelishigi (q.);jo‘na l ish ke li shigi (q.); 5) o‘rin-payt kel ishigi (q.); 6) chiqishkelishigi (q.).
KESIM. Gapda predikatsiya ifodalab keluvchi bosh bo‘lak. Ikki tarkibli, gaplarda ega bilan ifodalangan shaxs, predmet, hodisaning belgisini tasdiq yoki inkor yo‘li bilan anglatuvchi bosh bo‘lak: U roppa-rosa bir soat deganda ma’ruzasini tugat- d i (U. Usmonov). Io‘ldosh ham uning maqsadini bilolmay hay- ron edi (U. Usmonov). Kesimlar ifoda materialiga ko‘ra ot- kssim (q.) va fe’l-kesim (q.), tuzilishiga ko‘ra sodda kesim (q.) va murakkab kesim (q.) turlariga bo‘linadi.
KINOY. Til birligini uning haqiqiy ma’nosiga nisbatan boshqa yoki qarama-qarshi ma’noda, kesatiq, qochiriq, piching bilan ishlatishdan ibor.at ko‘chim: Xo‘sh, sizcha nima qilish ke- rak, o‘qimishli akam! — dedi kinoya bilan Yo‘lchi (Oybek).
KIRISH GAP. Xuddi kirish so‘z kabi vazifa bajaruvchi gap: Qandingni ur, yulduzlaring juft tushgan b o‘ l- s a-ch i, odam bolasi senlarni ajrata olmaydi! (Oybek). M a s t- lik qursin, toza mashmasha qilibman... (Oybek). Q. Kirish so‘z.
KIRISH SUZ. Gap bo‘laklari bilan siitaktik boglanmagan, kap bo‘lagi vazifasida bo‘lmagai, gapiing ayrim bo‘laklari yoki butun gapning mazmuniga so‘zlovchiping turlicha munosabatini ifodalovchi so‘z: Zokir ota, sh u 6 has i z, juda tajribali pax- takor (A. Qahhor). Lekin, m ye n i m ch a, o‘rtoq ).Qalolov, haqsiz... Bilasizmi, shu safar u mashinist, msn yordamchi bo‘lib yurdim (Oydni).
KICHRAYTISH SHAKLI. Predmetning kichikligini bildi- ruvchi so‘z shakli. Bu shakl -cha, -choq (-chiq) affikslari yorda- mida yasaladi: uycha, stulcha, qo‘zichoq kabi: Oppoq kapalak- chalar yeru ko‘kni to‘ldirib to‘zib ketgan, kumush qanot cha- larini ohista silkitib charx urishardi (E. Usmonov). Bir ksn kSrmaganiga saman yo‘rg‘a uyda qolgan toychog‘ini eslab kshinannti (M. Muhamedov). Q. Subyektiv baho shakli.
KISHILIQ OLMOSHLARI. Shaxs bildiruvchi olmoshlar, Ьu olmoshlarning shajs va songa ko‘ra quyadagi turlari bor:: 1 aiaxs birligi va 1 ,shaxs ko‘pligi olmoshi: men — biz; II shaxs, Oirligi va II shaxs ko‘pligi olmashi: sen — siz; III shaxs birli- gi va III shaxs ko‘pligi olmoshi: u — ular.
Do'stlaringiz bilan baham: |