10. min() funksiyasi. Ushbu funksiya elementlar ichida eng kichigini beradi.
11. sum() funksiyasi.
Sum funksiyasi ro’yhatdagi elementlar summasini hisoblaydi:
>>> royhat = [15, 35, 20, 40, 10]
>>> print(sum(royhat))
120
Ayniylik operatori
Dasturlash tilidagi ayniylik operatorlari ob’ektlarni taqqoslash uchun ishlatiladi. Ob’ektlar aynan bir xil bo’lib, xotiradagi joylashuvi ham bir xil bo’lsa, ular aynan bir xil ob’ektlar hisoblanadi va u is operatori yordamida aniqlanadi.
Operator
|
Mazmuni
|
Misol
|
is
|
O’zgaruvchilar bir xil ob’ekt bo’lsa true qiymatga ega bo’ladi
|
x is y
|
is not
|
O’zgaruvchilar har xil bo’lsa true qiymatga ega bo’ladi
|
x is not y
|
Tegishlilik operatorlari
Python dasturlash tilida tegishlilik operatori ketma-ketlikni u yoki bu ob’ektda mavjudligini aniqlaydi va unda in operatori qo’llaniladi.
Operator
|
Mazmuni
|
Misol
|
in
|
x ketma-ketlik y ketma-ketlik ichida yotsa True qiymatini beradi
|
x in y
|
not in
|
x ketma-ketlik y ketma-ketlik ichida yotmasa True qiymatini beradi
|
x not in y
|
Python dasturlash tili hozirgi kunda tez rivojlanib, jamiyatimizning barcha sohalarida qo‘llanib kelinmoqda. Dasturlash tili o‘rganish uchun qulay bo‘lsa-da, ayrim jihatlari bilan boshqa dasturlash tillaridan farq qiladi. Bunday jihatlaridan biri 'is' va '==' operatorlarining qo‘llanishidadir. Bu operatorlar vazifa jihatidan bir-biriga o‘xshash bo‘lib, kattaliklarni bir-biriga taqqoslash uchun xizmat qiladi. Masalan, int va string tipdagi kattaliklarni bir xil taqqoslaydi. Masalan,
>>> a =12
>>> s = 'informatika'
>>> print(a == 12)
Natija: True
>>> print(a is 12)
Natija: True
>>> print(s == 'informatika')
Natija: True
>>> print(s is 'informatika')
Natija: True
Bu holda taqqoslanayotgan kattaliklar chin qiymatni beradi. Lekin boshqa tipli kattaliklarni taqqoslashda bunday natijaga ega bo‘lmaymiz. Buni ro‘yxat tipidagi kattaliklarni taqqoslash jarayonida ko‘rish mumkin bo‘ladi. Masalan,
a = [1,2,3,"abc"]
print(a == [1,2,3,"abc"])
print(a is [1,2,3,"abc"])
Natija:
True
False
Bundan ko‘rinib turibdiki, is operatori yordamida aynan bir xil kattaliklar taqqoslanadi, == operatori (amali) kattaliklar qiymatlarining tengligi taqqoslanadi. Ushbu operatorlarning bir-biridan farqini yana boshqa misolda tushunish oson bo‘ladi. Masalan ikkita bir xil tipli ro‘yxat kattaliklari berilgan bo‘lsa, ularni bir-biri bilan taqqoslab ko‘raylik. Masalan,
>>> a = [1,2,3,"abc"]
>>> b = [1,2,3,"abc"]
>>> c = a
>>> print(a == b)
Natija: True
>>> print(a is b)
Natija: False
>>> print(a == c)
Natija: True
>>> print(a is c)
Natija: True
Dastur kodidan ko‘rinib turibdiki, a va b kattaliklar bir xil qiymatli ro‘yxat tipidagi kattaliklar bo‘lib, birinchi holda ularning bir-biriga tengligi taqqoslanmoqda. Haqiqatdan, ular qiymat jihatidan bir-biriga teng bo‘lganliklari uchun natija True qiymatga ega bo‘ladi.
Ikkinchi holda, o‘zgaruvchilar qiymatlari bir-biriga teng bo‘lishiga qaramasdan natija False qiymatga ega, chunki ular aynan bir-biriga teng emas. Ya’ni obyektlar aynan bir xil bo‘lishi uchun xotiradagi joylashuvi ham bir xil bo‘lishi talab qilinadi. Shuningdek, is operatori yordamida taqqoslanganda o‘zgaruvchilar xotiraning aynan bir joyiga murojaat qilinganda qiymatga qarab chin yoki yolg‘on qiymatlarga ega bo‘ladi.
Uchinchi holda a va c o‘zgaruvchilarning qiymatlari bir-biriga teng bo‘ladi, shuning uchun natija chin.
To‘rtinchi holatda a va c o‘zgaruvchilar xotiraning aynan bir joyiga murojaat qilganliklari uchun natija chin qiymatga ega bo‘ladi. Shuning uchun ular aynan bir xil obyektlar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |