Operator
|
Misol
|
Mazmuni
|
№
|
Operator
|
Misol
|
Mazmuni
|
1
|
=
|
x = 5
|
x = 5
|
8
|
**=
|
x **= 3
|
x = x ** 3
|
2
|
+=
|
x += 3
|
x = x + 3
|
9
|
&=
|
x &= 3
|
x = x & 3
|
3
|
-=
|
x -= 3
|
x = x - 3
|
10
|
|=
|
x |= 3
|
x = x | 3
|
4
|
*=
|
x *= 3
|
x = x * 3
|
11
|
^=
|
x ^= 3
|
x = x ^ 3
|
5
|
/=
|
x /= 3
|
x = x / 3
|
12
|
>>=
|
x >>= 3
|
x = x >> 3
|
6
|
%=
|
x %= 3
|
x = x % 3
|
13
|
<<=
|
x <<= 3
|
x = x << 3
|
7
|
//=
|
x //= 3
|
x = x // 3
|
|
|
|
|
Python-dagi o'zgaruvchilar e`lon qilish talab etilmaydi va dastlab har qanday ma'lumot turini o'zlashtirishi mumkin, bu esa dasturlashni soddalashtiradi. Ya'ni, o’zgaruvchilar tipi e`lon qilinmagan holda ularga bevosita qiymatlar berishimiz mumkin. Shuni esda tutish kerakki, agar a o'zgaruvchiga butun son, b o'zgaruvchisiga satr tipli qiymat berilgan bo’lsa, keyinchalik a o'zgaruvchini b o'zgaruvchi orqali ifodalash mumkin emas, chunki ular boshqa-boshqa tipli o’zgaruvchilar hisoblanadi.
Izohlar
Brcha dasturlash tillarida izohlar ishlatiladi. Katta hajmli dastur kodlarini yozishda dasturning u yoki bu qismiga izoh berish zarurati tug’iladi. Izohlarni yozishda # belgisidan foydalaniladi. Ushbu belgidan so’ng dastur kodining bir qismi uchun yoki dasturning biror satri uchun eslatma, izoh yozish mumkin bo’ladi. Izohdan keyin yozilgan matn bajarilmaydi, u faqat o’qish uchun eslatma hisoblanadi.
Masalan,
print('salom dunyo!') # print — bu funksiya
Dasturdagi izohlar dastur kodini o’qiyotganlar uchun tushunarli bo’lishi uchun, ya’ni dastur kodi qanday amallarni bajarayotganligini tushunishga yordam beradi. Izoh dasturdagi muhim joylarni ajratib turish uchun foydalaniladi.
Arifmetik amallar
Python dasturi yordamida 4 ta arifmetik amallar qo’shish (+), ayrish (-), ko’paytirish (*) va bo’lish (/) amallari bevosita bajarilishi mumkinligi 6-rasmda ko’rsatib o’tildi. Bulardan tashqari boshqa matematik amallarni (ayrim adabiyotlarda matematik operatorlar deb ham ataladi.) bajaruvchi to’liqsiz bo’linma, qoldiq va boshqa amallarni bajaruvchi funksiyalar mavjud.
Amallar
|
Izoh
|
Misollar
|
Natija
|
x + y
|
Qo’shish
|
16 + 7
16.4 + 5
18 + -6
|
23
21.4
12
|
x - y
|
Ayrish
|
51 – 15
16 - -6
13 - 15.2
|
36
22
-2.199999999999993
|
x * y
|
Ko’paytirish
|
6 * 5
5.3 * -3.1
12 * 4.2
|
30
-16.43
50.40000000000006
|
x / y
|
Bo’lish
|
25 / 5
15 / 4
7.0 / -3
|
5.0
3.75
-2.3333333333333335
|
x // y
|
To’liqsiz bo’linma
|
12 // 5
12 // -5
27 // 6
|
2
-3
4
|
x % y
|
Qoldiq
|
15 % 3
16 % 5
14.3 % 5
|
0
1
4.300000000000001
|
x ** y
|
Darajaga ko’tarish
|
4 ** 3
|
64
|
-4 ** 2
|
-16 (Darajaga ko’tarish amali ayrish amalidan yuqori bo’lganligi uchun avval darajaga ko’tarish amali so’ngra minus ishorasi qo’yiladi)
|
4 ** -2
-5 ** -3
|
0.0625
-0.008
|
y = x
|
x ning qiymatini y ga o’zlashtirish (almashtirish)
|
x = 5
y = 7
y = x
|
5
7
5
|
abs(x)
|
x sonining moduli
|
abs(17)
abs(-5.8)
abs(-8/3)
|
17
5.8
2.6666666666666665
|
++
|
Inkrement
|
++i yoki i++
|
i ni i +1 ga almashtiradi
|
--
|
Dekrement
|
--i yoki i--
|
i ni i - 1 ga almashtiradi
|
6-rasm. Python da sodda hisob ishlari
Ushbu muxitdagi uchta katta (>>>) belgisi taklif belgisi hisoblanadi. Ushbu belgidan so’ng turli xildagi buyruq va ko’rsatmalarni kiritish mumkin. Python da oddiy arifmetik amallar yordamida kalkulyatorda bajaradigan amallarni bajarish imkonini beradi.
Munosabat amallari.
Munosabat amali ikkita kattalikni yoki hisoblash natijalarini taqqoslash uchun ishlatiladi. Taqqoslanayotgan kattaliklar ham birbiriga taqqoslanadigan bo’lishi va bir xil tipli bo’lishi shart. Natija esa mantiqiy tipli bo’ladi.
Munosabat amallari «==» teng, «!=» teng emas, «>» katta, «<=» katta emas (kichik yoki teng), «<» kichik, «>=» kichik emas (katta yoki teng).
Python dasturlash tilida boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda bir nechta taqqoslanayotgan kattaliklarni birgalikda ko’rib chiqish mumkin, bir nechta kattaliklarni bir-biri bilan taqqoslash mumkin. Masalan, a == b == c yoki 5 <= x <= 8.
Mantiqiy amallar
Barcha dasturlash tillari kabi Python dasturlash tilida ham arifmetik amallar bilan bir qatorda, mantiqiy amallarni ham bajariladi.
Bizga ma’lumki mantiq – bu fikrlash shakllari va qonunlari haqidagi fandir. Mantiqiy matematika esa mantiqiy masalalarni yechish uchun rasmiy usullarni tanlash imkonini o’rganish bilan shug’ullanadi. Raqamli elektron texnikasida asosan mantiqiy matematikaning boshlang’ich bo’limi – fikrlarni (bildirilgan yoki bayon etilgan) hisoblash, ya’ni mantiqiy algebra qo’llaniladi.
Ayrim vaqtlarda bir vaqtning o’zida bir nechta shartlarni tekshirishga to’g’ri keladi. Masalan, berilgan sonni juftligini tekshirish j % 2 == 0 sharti yordamida amalga oshirish mumkin. Ya’ni j sonini 2 ga bo’lganda qoldiq 0 ga teng bo’lsa, j soni juft bo’ladi. Agar x va y sonlarini bir vaqtda juft bo’lishligini tekshirish x % 2 == 0 va y % 2 == 0 sharti yordamida amalga oshiriladi. Bunday holda and (mantiqiy va) operatoridan foydalaniladi va x % 2 == 0 and y % 2 == 0 ko’rinishida yoziladi.
Python dasturlash tilida standart mantiqiy va (and), mantiqiy yoki (or), mantiqiy inkor (not) operatorlari ishlatiladi.
Operator
|
Mazmuni
|
Misol
|
and
|
Ikkala shart true bo’lganda true, qolgan hollarda false bo’ladi
|
x
|
y
|
x and y
|
t
|
t
|
t
|
t
|
f
|
f
|
f
|
t
|
f
|
f
|
f
|
f
|
|
or
|
Ikkala shart false bo’lganda yolg’on, qolgan hollarda true bo’ladi
|
x
|
y
|
x or y
|
t
|
t
|
t
|
t
|
f
|
t
|
f
|
t
|
t
|
f
|
f
|
f
|
|
not
|
Natija true bo’lganda false, yolg’on bo’lganda true qiymatni beradi
|
|
Mantiqiy operatorlarda amallarning bajarilishida birinchi not, so’ngra and undan keyin or amali bajariladi.
SATANDART FUNKSIYALAR2
Matematika kursida bir qator funksiyalar bilan ish ko’riladi. Funksiya lotin tilidan tarjima qilinganda “bajarish”, “bog’lanish” mazmunini bildiradi. Ular guruhlarga bo’linib, trigonometrik, ko’rsatkichli, logarifmik va boshqa turdagi funksiyalarda bo’lingan. Dasturlashda funksiyalarni dastur kodining bir qismi bo’lib, ma’lum bir amallarni bajarish uchun mo’ljallangan dastur fragmenti deb qaraladi. Haqiqatdan ham dasturlashda trigonometrik funksiyalarni hisoblah uchum mo’ljallangan funksiyalar beilmagan bo’lganida shu funksiyani hisoblash uchun qatorlardan yoki boshqa usullsrdan foydalangan bo’lar edik. Python dasturlash tilida bevosita ishlatishga mo’ljallanga bir qator funksiyalar berilgan. Bunday funksiyalarni biror modulni ichidan chaqirish talab qilinmaydi, ular dasturni ishga tushrilishi bilan foydalanishga tayyor bo’ladi.
1. Chiqarish print() funksiyasi.
Dasturlashda eng ko’p ishlatiladigan standart funksiyalardan biri bu natijani oynaga chiqarish funksiyasidir, O’zgaruvchilar qimatlarini oynaga chiqarish print(y1, y2, … yn) funksiyasi yordamida amalga oshiriladi.
Bunda, print funksiya (operator) nomi, y1, y2, … yn – natijasi oynaga chiqarilishi kerak bo’lgan o’zgruvchilar, ro’yxati. Aargumentlar kichik qavs ichida yoziladi va ular bir nechta nechta bo’lsa bir biridan vergul orqali ajratib yoziladi. Vergul orqali ajratib yozilgan o’zgaruchilar qiymatlarini oynaga chiqarishda ular orasiga probel (bo’sh joy bilan ajratiladi.
Agar o’zgaruvchilar orasiga boshqa belgi yordamida oynaga chiqarish talab qilinsa, sep = ' ' xizmatchi so’zidan foydalaniladi.
Masalan,
>>> print(12, 16, 28)
12 16 28
>>> print(12, 16, 28, sep = '-')
12-16-28
>>> print(12, 16, 28, sep = '*')
12*16*28
Argument sifatida son, o’zgaruvchi, arifmetik ifoda bo’lishi mumkin. Masalan print(a); print(a,b,c); print(2*a-b) va boshq. Shuningdek, ushbu funksiya yordamida ixtiyoriy matn ko’rinishidagi ma’lumotlarni ham oynaga chiqarish mumkin, bunday holda oynaga chiqrilishi kerak bo’lgan matn yoki matn qismi qo’shtirnoq yoki aposrtaf belgilari orasida yoziladi. Masalan, “Yuzasiq”, ‘b va d larning ko’paytmasi’.
7-rasm. Python da sodda hisob ishlari
Birinchi misolimizda a o’zgaruvchiga 5 qiymati berildi. Python qobig’ida print buyrug’i natijani ekranga chiqarishni bildiradi, ya’ni a o’zgaruvchining qiymatini ekranga chiqardi 5 a) rasm. Faqat print buyrug’idan so’ng kichik qavslar ichiga natijasini ekranga chiqarish kerak bo’lgan o’zgaruvchining nomi yoziladi. Shuningdek, 5 v) va 5 s) rasmlarda print buyrug’ida “ ” lar yoki ‘ ‘ apostraf belgilari orasiga qanday so’z yozilgan bo’lsa, o’zgarishsiz shu so’zlar ekranda namoyon bo’lishi ko’rsatildi.
Shuningdek bir necha o’zgaruvchiga bir xil qiymat berish ham mumkin, masalan:
>>> x = y = z = 10
>>> print(x, y, z)
10 10 10
Ushbu fragmentda x, y, z o’zgaruvchilarga bir xil 10 qiymati berildi, o’zgaruvchilarni oynaga chiqarsak natija 10 10 10 ko’rinishida hosil bo’ldi.
Xuddi shunga o’xshash o’zgaruvchilarga ketma-ket qiymatlar berish ham yo’lga qo’yilgan, masalan:
>>> x, y, z = 10, 15, 20
>>> print(x, y, z)
10 15 20
Do'stlaringiz bilan baham: |