Barcha dasturlash tillari kabi Python dasturlash tili ham rivojlanib, zamonga va talabga qarab ishlab chiqaruvchilar tomonidan o’zgarishlar kiritib borilmoqda



Download 4,22 Mb.
bet21/52
Sana23.12.2022
Hajmi4,22 Mb.
#894684
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
Bog'liq
Python дастурлаш тили Lotin yangi

Shartli o’tish operatori.
Yuqorida ko’rib o’tilgan dasturlardagi chiziqli tuzilishga ega bo’lib, bajariladigan amallar va ko’rsatmalar bevosita ketma-ket bajarilishi talab qilingan edi. Ayrim masalalarni yechishda shartlar qo’yilgan bo’ladi. Shartning chin yoki yolg’onligiga qarab masalaning u yoki bu qismini bajarishga to’g’ri keladi. Bunday masalalarga dastur tuzishda masala shartiga qarab shartning chin yoki yolg’onligiga asosida dasturning bajarilish ketmaketligi o’zgartiriladi. Bunday masalalar juda ko’plab uchraydi.
Umumiy holda shartli o’tish operatorining umumiy sintaksisini quyidagicha ifodalash mumkin:

if Shart:


Shart chin bo’lganda bajariladigan ko’rsatmalar, operatorlar ketma-ketligi
else:
Shart yolg’on bo’lganda bajariladigan ko’rsatmalar, operatorlar ketma-ketligi


Masala. x sonning modulini aniqlash blok-sxemasi va dasturi tuzilsin.
Dastur x > 0 bo’lsa, x ni oynaga chiqarishi, aks holda –x ni chiqarishi kerak bo’ladi. Bunday holda dasturning bajarilish ketma-ketliini o’zgartirishga to’g’ri keladi. Ushbu masalaning sxematik ko’rinishini quyidagicha tushuntirish mumkin bo’ladi.
Bunday masalalarga dastur tuzishda Python dasturlash tilida if operatoridan foydalaniladi. Uning bichimi (sintaksisi)ni quyidagi uch xil ko’rinishda yozish mumkin:
1) if e1  e2: operator
2) if e1  e2: operator1
else: operator2
3) if e1  e2: operator1
elif e3  e4: operator2
elif e5  e6: operator3
. . .
elif ek  el: operatorN
else: operatorM

Bunda if (agar)  operator nomi, e1 e2  tekshirilayotgan shart (shartlar kichik qavs ichida yozilishi ham mumkin), elif (aks holda agar) va else (aks holda)  yordamchi so’zlar,  - tekshirilayotgan shart (>, <, >=, <=, <>, = munosabat amallaridan biri), operator, operator1, operator2, …  tekshirilayotgan shart chin bo’lganda bajarilishi kerak bo’lgan faqat bitta operator, operatorN yuqoridagi shartlar bajarilmasa, ya’ni yolg’on bo’lganda bajarilishi kerak bo’lgan operator. e1, e2, … el – o’zgaruvchi, arifmetik ifoda, xususiy holda son bo’lishi mumkin.


E’tibor bergan bo’lsangiz bu erda e1  e2 shartdan so’ng “:” ikki nuqta belgisi qo’yilishi va undan so’ng faqat bitta operatordan foydalanish mumkin ekan. Demak, if (agar) e1  e2 munosabat chin (true) bo’lsa, ya’ni bajarilsa bitta operator bajariladi.
Yuqoridagi masala uchun dastur kodini yozib ko’raylik:
x = float(input(x))
if (x < 0) : x = -x
print (x)

Dastur kodining birinchi satrida x soni kiritilib, haqiqiy songa aylantirildi.


Ikkinchi satrida x soni noldan kichik bo’lsa, u –x ga aylantirildi.
Uchinchi satrda x soni oynaga chiqarildi.
Haqiqatdan ham x = 3 bo’lsa, 3 < 0 shart bajarilmaganligi uchun boshqarish keyingi satrga beriladi. Bu erda print operatori 3 sonini ekranga chiqaradi.
x ga -3 qiymati berilsa, ikkinchi satrda shart bajariladi va x soni -(-3) ga, ya’ni 3 ga aylantiriladi, keyingi uchinchi satr 3 qiymatini oynaga chiqaradi.
Bu dasturda uchinchi satr har qanday holatda ham bajariladi.
Python dasturlash tilining instruktsiyasi bo’yicha if operatorining yozilishida takshirilayotgan shartdan so’ng ikki nuqta qo’yiladi. Operator esa keyingi satrdan boshlanib to’rtta probel belgisidan so’ng, xech bo’lmaganda bitta probeldan so’ng yozilishi tavsiya qilinadi.
1) if e1  e2:
operator
2) if e1  e2:
operator1
else:
operator2
3) if e1  e2:
operator1
elif e3  e4:
operator2
elif e5  e6:
operator3
. . .
elif ek  el:
operatorN
else: operatorM

Misol sifatida quyidagi masalani ko’rib o’taylik.


Misol.
ni hisoblash dasturi tuzilsin, bunda a butun son.
Yechish. Masalada trigonometrik funksiya qatnashayotganligi uchun math modulidan foydanashimiz kerak bo’ladi. Shuning uchun ushbu modulni import math yuklab olishimiz kerak bo’ladi. x o’zgaruvchi sinus funksiyasining argumenti bo’lganligi uchun unga haqiqiy son berish kerak bo’ladi. Ushbu misolimizda agar x > 1 bo’lsa y=2sinx + a ning qiymatini hisoblash, aks holda y=2a – 1 funksiyasining qiymatini hisoblash so’ralgan. Dastur kodi quyidagicha yoziladi.




Download 4,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish