Баратов Акмал Илҳом ўғли
22-вариант
Тартибга солувчи даромадлар, уларнинг бюджет тизими бюджетларини тартибга солишдаги аҳамияти.
Бюджет лойиҳасини кўриб чиқиш ва қабул қилиш
Соғлиқни сақлаш тизими харажатларини молиялаштириш манбалари.
Жавоблар.
Byudjet tizimi byudjetlarining daromadlilik darajasini tartibga solishda tartibga soluvchi daromadlar muhim o‗rin egallaydi (shu sababli ular ―tartibga soluvchi daromadlar‖ deb ataladi). Byudjet kodeksining 3-moddasida: ―Tartibga soluvchi daromadlar – byudjet tizimi byudjetlari o‗rtasida ajratmalar normativlari belgilanadigan umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to‗lovlar, shuningdek, soliq bo‗lmagan to‗lovlar‖, deb ta‘rif berilgan.
Tartibga soluvchi daromadlardan tushgan tushumlar byudjet qonunchiligi bilan belgilangan tartibda byudjet tizimi byudjetlari o‗rtasida taqsimlanadi
Tartibga soluvchi daromadlarni byudjet tizimining byudjetlari o‗rtasida taqsimlash O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan (byudjet daromadlarining g‗azna ijrosi yo‗li bilan) amalga oshiriladi. Muayyan moliya yili uchun Byudjet kodeksining 51-moddasida ko‗rsatilgan daromadlar bo‗yicha ajratma normativlari belgilanmagan bo‗lsa, o‗sha daromadlar to‗liq hajmda respublika byudjetiga kirim qilinadi.
Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli moliya organlarining taklifiga ko‗ra mahalliy soliqlarning to‗liq hajmda kiritiladigan byudjet darajasini (masalan, viloyatning viloyat byudjeti yoki viloyatning tuman/shahar byudjeti) belgilaydi.
Byudjetnoma O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga – joriy yilning 15-sentabriga qadar kiritiladi. Vazirlar Mahkamasi byudjetnomani O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasiga 280 xulosa taqdim etishi uchun – joriy yilning 20-sentabriga qadar kiritadi. Hisob palatasi Vazirlar Mahkamasiga soliq va byudjet siyosatining asosiy yo‗nalishlari, davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg‗armalari byudjetlarining loyihasi bo‗yicha ikki haftalik muddatda xulosa taqdim etadi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan byudjetnoma O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga – O‗zbekiston Respublikasi Hisob palatasining xulosasi bilan joriy yilning 15-oktabridan kechiktirmay kiritiladi.
Sog„liqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish manbalari. Jahon tajribasidan shuni kuzatish mumkinki, tibbiy xizmatlarni moliyalash xarajatlari bir qancha manbalardan amalga oshiriladi, bular: davlat byudjeti, majburiy ijtimoiy (tibbiy) sug‗urta, xususiy tibbiy sug‗urta, to‗g‗ridan to‗g‗ri to‗lovlar (iste‘molchilarning tibbiy xizmatlarni sotib olishdagi xarajatlari). Moliyalashtirishning har bir manbasi o‗ziga xos xususiyatlarga ega, jumladan (16.3-rasm):