1-savol
Baqtriya, Baqtriyona, Baxtar zamin Baktriya — Amudaryoning yuqori va oʻrta oqimidagi tarixiy viloyat va davlat. Markaziy shahri Baqtra (Zariaspa) boʻlgan. B. miloddan avvalgi 6—4-asrlarda Axomaniylar, Aleksandr (Iskandar), Salavkiylar saltanatlari, soʻngra miloddan avvalgi 3-asr oʻrtasidan Yunon-Baqtriya podsholigi tarkibiga kirgan; miloddan avvalgi 2-asrda toharlar tomonidan bosib olingach, Toxariston deb atala boshlagan. Miloddan avvalgi 6 — 4-asrlarda B. madaniyati 2 uslubda taraqqiy etgan. Birinchisi, koʻproq koʻchmanchi aholi madaniyati bilan bogʻliq boʻlib, adabiyotda "hayvon uslubi" (mehnat va jang qurollari, uy-roʻzgʻor buyumlarini turli hayvonlar suratlari bilan bezash) deb yuritiladi. Ikkinchisi, oʻtroqbaqtri-yaliklar madaniyati yodgorliklarida aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |