4. Berilish usullari bo‘yicha kreditlar, qoplash uchun va to‘lov kreditlariga bo‘linadi. Birinchi holatda kredit qarz oluv chining hisobvarag‘iga xarajatlarni qoplash uchun o‘tkaziladi. Bunda yana avans xarakteridagi ssuda mablag‘lari o‘tkazilishi ham nazarda tutiladi. Ikkinchi holatda bank ssudasi bevosita naqd pulsiz hisobkitoblarda hisob hujjatlarini to‘lash uchun beriladi. Shu bilan birga bir martalik kreditlar ham bo‘ladi. Bu kreditlar shartnomada belgilangan muddat va summada taqdim etiladi. Biroq ko‘pchilik mamlakatlarda kredit liniyalari keng qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |