Bank o‘z kredit operatsiyalari uchun faqatgina o‘ziga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larini ishlatmay, balki bunday pul mablag‘larining manbalarini shakllantirishdan hosil bo‘lgan pul mablag‘larini ham ishlatadi. Bunda boshqa tijorat banklaridan (yoki Markaziy bankdan) olingan kredit bilan bir qatorda, bank, shuningdek, pul mablag‘larini o‘z omonatchilaridan va tashkilotlardan turli hisobvaraqlarga jalb etadi. Bu yerda mablag‘lar saqlanadi va turli xil hisob-kitoblarda (hisob-kitob, joriy, jamg‘arma, talab qilinguncha, muddatli depozit, valuta va boshqa mijozlarning hisobvaraqlari) qo‘llaniladi. Bunday, pul mablag‘larni jalb etish ham kredit xarakteriga ega, chunki u ham qaytarishlilik, muddatlilik va to‘lovlilik shartlariga asoslanadi, bank esa bu yerda qarzdor sifatida namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |