Bank kredit berish uchun jalb qilingan barcha mablag‘larni va o‘z mablag‘larini ishlatishi mumkin. Tijorat banklari bu mablag‘larning bir qismini majburiy rezervlar sifatida Markaziy bankka o‘tkazishi kerak va, shuningdek, ularning bir qismini yuqori likvid mablag‘lar shaklida (kassadagi naqd pullar mijoz larga joriy xizmatlarni to‘lash uchun yetarli bo‘lishi lozim yoki boshqa operatsiyalar – qimmatli qog‘ozlar, mol-mulkka ega bo‘lish va boshqalar uchun ishlatishga) saqlanishi lozim. Bank kredit operatsiyalari quyidagicha tasniflanadi: - 1. Bank kreditlari qarz oluvchilarning guruhlari bo‘yicha tasniflanishi mumkin. Bank kreditlarini oluvchilar – hukumat, boshqa banklar, xo‘jalik subyektlari, turli moliya tashkilotlari, aholi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |