Banklariga moliyaviy resurslarni jalb qilish mexanizmi va ulardan samarali foydalanish



Download 382,66 Kb.
bet5/15
Sana22.07.2022
Hajmi382,66 Kb.
#836623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Elnora Diplom ishi to\'g\'irlangan versiya

2-rasm. Depozitlarning manbalari8


Depozitlar pul qo‘yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda quyidagilarga bo‘linadi:

  • yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar) qo‘yilmalari;

  • jismoniy shaxslar qo‘yilmalari.

Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:

  • muddatli depozit mablag‘lar;

  • talab qilib olingunga qadar depozit mablag‘lar;

  • aholining jamg‘arma qo‘yilmalari.

O‘z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasniflanad. Muddatli depozit mablag‘lar ularning muddatidan kelib chiqib;

  • 3 oy muddatgacha depozitlar;

  • 3 oydan 6 oygacha depozitlar;

  • 6 oydan 9 oygacha depozitlar;

  • 9 oydan 12 oygacha depozitlar;

  • 12 oydan yuqori bo‘lgan depozit mablag‘larga tasniflanadi.

Talab qilib olingunga qadar bo‘lgan depozitni quyidagicha harakterlash mumkin:

  • Bunday depozitlar egalariga bankni ogohlantirmay turib hohlagan vaqtda mablag‘larni ishlatish imkonini beradi.

  • Hisobraqam egasi bankka ushbu schetdan foydalangani uchun haq to‘laydi. Bu haq har oyda qa’tiy belgilangan yoki debet oborotidan foiz ko‘rinishida bo‘lishi mumkin.

  • Bank ham bu kabi depozitlarning egalariga mavjud mablag‘larga past foizlar hisoblaydi yoki umuman hisoblamasligi mumkin.

  • Ba’zi mamlakatlarda ushbu depozitlarda ham Markaziy bankka yuqori foizda majburiy zahiralar ajratadi.

Tijorat banklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqlardagi depozitlarga korxona, tashkilot, muassasa va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob-kitob va joriy hisobvaraqlarida saqlanadigan pul mablag‘lari kiradi. Talab qilib olingucha saqlanadigan hisobvaraqlardagi depozitlarga bank nisbatan kichik miqdorda, ayrim hollarda esa umuman foiz to‘lovlarini to‘lamaydi. Xalqaro bank amaliyotida ushbu depozit tranzaksion va chekli (chekoviy) depozit deb ham yuritiladi.
Tijorat banklarining talab qilib olinguncha saqlanadigan hisobvaraqlardagi depozitlari asosan, hisobvaraq egasining tranzaksion operatsiyalarini amalga oshirishga mo‘ljallangan. Mijoz ushbu mablag‘larni bankdan naqd pulsiz shaklda pul o‘tkazish yo‘li bilan, naqd pulda yoki cheklar bilan hisob-kitob qilish orqali amalga oshirishi mumkin.
Bizga ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida cheklar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish o‘zining ijobiy natijasini topmagan. Ammo xalqaro amaliyotda cheklar bilan hisob-kitob qilish keng miqyosda qo‘llaniladi. Masalan, Fransiyada pul oborotining asosiy to‘lov vositasi cheklar hisoblanadi. Aholining 96 foizi o‘z hisob-kitoblarini amalga oshiradi. Mamlakatda bir yil davomida 4.6 mlrd. dona cheklar yoziladi. Ularning 10 mln.ga yaqini noqonuniy yoki qalbakilashtirilgan cheklar hisoblanib banklarga katta miqdorda zarar (5 mlrd. frank) etkazadi.
Muddatli depozitlarga qo‘yiladigan mablag‘larni qaytarib olish muddati oldindan kelishiladi. Ushbu depozit turining nomidan ham ma’lumki, depozit mablag‘lar nisbatan uzoqroq muddatga qo‘yilib ularning muddati kamida bir oyni tashkil etishi lozimi. Birinchi holatdagi depozit turida, bank depozit shartnoasida kelishilgan muddat tugagurcha omonatchining mablag‘idan erkin foydalanish huquqiga ega bo‘ladi. Muddati tugagandan keyin omonatchi tomonidan ushbu mablag‘ talab qilib olinmasa, kelgusida ushbu hisobvaraqasi talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvaraqasi tarzida ishlaydi. Albatta, bu erda pul bozoridagi resurslarning taklifi, Markaziy bankning qayta moliyalashtirish hisob stavkasi miqdori asosiy rol o‘ynaydiyu Shunga asosan, tijorat banklari depozit siyosatini o‘rnatadi.
Tijorat banklarining yirik pul bozorlaridan pul mablag‘larini jalb qilish, qimmatli qog‘ozlar, veksellarni, obligatsiyalar vositasini muomalaga qo‘yish yo‘li bilan mablag‘larni jalb qilish sohasidagi operatsiyalariga aytiladi.
Jahon banki amaliyotida tijorat banklariga mablag‘larni jalb qilishning keng tarqalgan nodepozit shakllari ham mavjud bo‘lib, ularga quyidagilar kiradi:

  • banklararo bozordan qarz olish;

  • qimmatli qog‘ozlarni qaytib sotib olish sharti bilan sotish (“Repo” operatsiyasi);

  • bank akseptlarini sotish;

  • tijorat qog‘ozlarini chiqarish;

  • yevro-dollarlar bozoridan qarz olish;

  • kapital notalar va obligatsiyalar chiqarish va boshqalar.









Obligatsiya












Sertsifikatlar
















Repo operatsiyalari










Depozit sertsifikatlar










Jamg‘arma sertsifikatlar









Qimmatli qogo‘zlar

Banklararo


kreditlar

3-rasm. Nodepozit manbalari9


Odatda tijorat banklari faoliyatini rivojlantirishda rerurslarning nodepozit manbalaridan ham foydalanishga katta e’tibor beriladi. Ular bozorda raqobatchilik asosida vositachilik (brokerlar) orqali sotib olinadi. Bu erda, birinchidan, mablag‘larni soib olish bankning o‘ziga tegishli, ikkinchidan, bu g‘oya bankning biror-bir mijozi bilan bog‘liq emas. Nodepozit manbalardan asosan moliyaviy markazlarda joylashgan hamda moliya bozori mexanizmidan erkin foydalanish huquqiga ega bo‘lgan yirik banklar keng foydalanadilar. Nodepozit mablag‘lar yirik miqdorda sotib olinadi.


Banklararo pul resurslari bozori moliya bozorining asosiy segmentlaridan biri hisoblanib, tijorat banklariga vaqtincha bo‘sh mablag‘laridan samarali foydalanish va qo‘shimcha moliyaviy rerurslarga bulgan ehtiyojini zudlik bilan qondirishga imkoniyat yaratadi. Banklararo pul resurslari bozorida qisqa muddatli kredit resurslar sifatida ishtirok etayotgan mablag‘lar butun bank Tizimidagi mavjud bo‘sh mablag‘lar hajmiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Chunki tijorat banklarining vakillik hisobvaraqlaridagi mablag‘lar birinchidan ikkinchisiga o‘tish orqali ularning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘ining umumiy hajmi o‘zgarishsiz qoladi.
Jismoniy shaxslar o‘rtasida omonatlarning eng rivojlangan turi – bu jamg‘arma depozitlar hisoblanadi. Jamg‘armaning ushbu turida bank omonatchiga uning mablag‘larining harakati, qoldig‘i va unga hisoblangan foizlar haqidagi ma’lumotni aks ettiruvchi jamg‘arma daftarchasini beradi. Jamg‘arma depozitlarning asosiy turi sifatida rivojlangan mamlakatlar bank amaliyotida keng qo‘llanilayotgan depozit sertifikatlarini ko‘rsatish mumkin.
Hozirgi kunda respublikamiz tijorat banklari amaliyotida ham depozit sertifikatlari joriy etilib bank resurslarining manbalarini shakllantirilishda foydalanilmoqda. Depozit sertifikatlarining o‘ziga xos xususiyatlardan biri shundaki, ular bankning haqiqatda ham ma’lum miqdordagi mablag‘ni bankka qo‘yganligi haqida mijozga yozma tasdiqnomasini anglatadi. Eng asosiysi depozit sertifikatlari garov sifatida banklar tomonidan qabul qilinadi. Depozit sertifikatlari bo‘yicha foizlar miqdori depozit summasining hajmi, muddati, shuningdek, iqtisodiyotdagi inflatsiya darajasiga bog‘liq.
Boshqa depozitlar guruhiga banklarning yuqorida qayd etilgan depozitlaridan tashqari mijozlarning akkreditiv bo‘yicha talab qilib olinguncha bo‘lgan davrdan foizsiz depozitlar, shuningdek, amaldagi qoidalarga muvofiq turli ishonchli mablag‘lar va shunga o‘xshash boshqa moliyaviy operatsiyalar va majburiyatlar bo‘yicha depozit hisobvaraqlarini ochishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida mijozning topshirig‘iga binaon amalga oshiriladigan akkreditiv operatsiyalarning summasi alohida 22602- “Akkreditiv bo‘yicha mijozlarning depozitlari” hisobvarag‘ida deponentlanadi. Mijozning akkreditiv arizasiga asosan, bankda maxsus hisobvarag‘ida deponentlangan mablag‘, bank tomonidan akkreditiv arizasida ko‘rsatilgan muddat ichida kredit resursi sifatida foydalanish imkoniyatini beradi. Chunki mijoz akkreditivga ariza bergandan va tovar sotuvchiga xabar yetkazilganidan so‘ng o‘zaro shartnomada kelishilgan muddat ichida sotuvchi tovarni jo‘natadi va bankka tegishli hujjatlarni taqdim etadi.
Tijorat banklari depozit siyosatini ishlab chiqishda bir qator omillarni hisobga olish zaruriy holat hisoblanadi. Ana shunday asosiy omillardan biri tijorat banklari tomonidan muddatli va jamg‘arma depozitlariga to‘lanadigan foiz stavkalarini shakllantirish hisoblanadi. Tijorat banklari depozitlarga ularning bozor foiz stavkasi darajasida va undan sezilarli darajada farq qilmaydigan stavkalarda foizlar to‘lashi lozim. Ammo buning uchun depozitlarni tulanayotgan stavkadan yuqori stavkada joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Ssuda kapitallari bozorida iqtisodiy kon’yukturaning o‘zgarishi tijorat banklarini foiz marjasini o‘zgarishiga majbur qilishi mumkin. Ayrim hollarda tijorat banklarining marjasini depozitlarga to‘lanadigan foiz stavkalarini oshirish yo‘li bilan qisqartirishga majbur bo‘ladilar.
Tijorat banklarining depozit siyosatiga ta’sir qiluvchi ikkinchi omil Markaziy bankning majburiy zahira siyosati hisoblanadi. Majburiy zaxira stavkalarining oshirilishi tijorat banklarining depozitlarga foiz to‘lash imkoniyatini pasaytiradi. Bundan tashqari majburiy zaxira stavkalarining oshirilishi bank resurslarining likvidliligini pasayishiga olib keladi. Shuning uchun ham rivojlangan industrial mamlakatlarda, xususan, AQSH, Germaniya va Avstriyada majburiy zaxira stavkalari depozitlarning summasi va muddatiga bog‘liq ravishda tabaqalashtirilgan. Depozitning summasi qanchalik katta va muddati qanchalik qisqa bo‘lsa, unga nisbatan o‘rnatilgan majburiy zaxira stavkasi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Masalan, AQSHda eng yuqori majburiy zaxira stavkasi 36.7mln. AQSH dollarigacha bo‘lgan summadagi trasaksion depozitlarga nisbatan belgilangan bo‘lib, 12 foizni tashkil qiladi. Eng past stavka esa, uzoq muddatli aholining omonatlariga nisbatan o‘rnatilgan bo‘lib, 1 foizni tashkil qiladi.10
Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul aylanishi hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai nazaridan tijorat banklarining ular tomonidan jalb qilingan mablag‘laridan foydalanish imkoniyatlarini doimiy ravishda tartibga solib turadi.
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning rivojlanishi natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni (dastlabki yoki real depozitlar Markaziy bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida shakllanganlikni taqoza qiladi) cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka o‘tkazish, shu bilan birga, tijorat banklari tomonidan berilayotgan tkreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada bu jarayon depozit mul’tiplikatsiyasi (ya’ni mablag‘larning bir bankdan bashqasiga zanjirsimon shaklda o‘tkazilishi) va kredit ekspensiyasi deb nom olgan.
Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan majburiy zaxira talablari bank tizimida depozit va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi bo‘lib xizmat qiladi.

Download 382,66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish