ChEKI “Savdogarbank” resurslarining tarkibi to’g’risida ma’lumot
Ko’rsatkichlar
|
2017-yil
|
2016-yil
|
2015-yil
|
Kredit tashkilotlari mablag’lari miqdori
|
238 726 204
|
127 158 706
|
233 071 920
|
Mijozlar mablag’lari
|
305 957 713
|
385 562 501
|
244 936 828
|
Boshqa qarz mablag’lari
|
173 965
|
101 213
|
114 382
|
Boshqa majburiyatlar
|
11 392 351
|
10 274 685
|
5 446 006
|
JAMI: Majburiyatlar
|
556 250 233
|
523 097 105
|
487 943 104
|
Ustav kapitali
|
70 391 188
|
55 391 188
|
47 471 287
|
Qo’shimcha kapital
|
60 000
|
60 000
|
80 099
|
Taqsimlanmagan foyda
|
73 318 551
|
13 978 360
|
10 939 797
|
JAMI: Kapital
|
143 769 739
|
69 429 548
|
58 411 084
|
Jami majburiyatlar va kapital
|
700 019 972
|
592 526 653
|
546 354 188
|
tahlil
Mamlakatimizda bozor munosabatlari rivojlangan sari turli mulk shakliga asoslangan tijorat banklari shakllandi va ko’paydi. Tijorat banklarining aksariyati aktsioner banklardir. Ularning ustav sarmoyasi ta’sischilar qo’shgan mablag’lardan tashkil topgan. Bunday tijorat banklari aktsiya chiqargan bo’lib, ta’sischilar aktsiyadorlarning katta qismini tashkil etadi. Davlat-tijorat banklari ustav fondining asosiy qismi davlat byudjetidan ajratilgan bo’ladi. Xususiy banklar ustav fondining asosiy qismini bu bankni tashkil etgan xususiy shaxs mablag’i tashkil etadi.
Tijorat banklari ustav kapitali summasi qonun yo’li bilan chegaralanmagan, lekin banklar faoliyatini barqaror ta’minlash maqsadida uning minimal miqdori belgilab qo’yiladi. Tijorat banklarining rezerv kapitali foydadan ajratmalar hisobiga tashkil etilib ko’zda tutilmagan zararlar hamda qimmatbaho qog’ozlar kursining pasayishi natijasida vujudga keladigan yo’qotishlarni qoplash uchun mo’ljallanadi.
Tijorat banklari o’z mablag’lari manbaiga ustav kapitali va rezerv kapitalidan tashqari turli maqsadlar uchun tuzilgan jamg’armalar (fondlar) va taqsimlanmagan foyda kiradi.
Tijorat banklarining rezerv kapitali foydadan ajratmalar hisobiga tashkil etilib ko’zda tutilmagan zararlar hamda qimmatbaho qog’ozlar kursining pasayishi natijasida vujudga keladigan yo’qotishlarni qoplash uchun mo’ljallanadi.
Tijorat banklari o’z mablag’lari manbaiga ustav kapitali va rezerv kapitalidan tashqari turli maqsadlar uchun tuzilgan jamg’armalar (fondlar) va taqsimlanmagan foyda kiradi. Tijorat banklari o’z faoliyatini nazorat qilishda turli xil tizimli ko’rsatkichlardan, “Fitch Retying’s”, “Moody’s” va “Standard & Poor’s” kabi xalqaro reyting agentliklari xizmatlaridan hamda bank tizimini
muvofiqlashtiruvchi “Basel Committee”, “CAMELS” kabi tashkilotlar tavsiyalaridan foydalanishlari mumkin. Eng e’tiborlisi shundaki barcha moliyaviy holatni baholovchi ko’rsatkichlarda yoki baholovchi tashkilotlarning baholash tizimida asosiy o’rinda kapital va u bilan bog’liq ko’rsatkichlar turadi.
Bank kapitalining etarliligini aniqlashga ikki xil usulda yondashish mumkin:
Bazel qo’mitasi tavsiyasi;
CAMELS - tizimi tavsiyasi.
Agar bank kapitalining o’lchami katta bo’lsa ham, uning aktivlari qoniqarli bo’lmasa, bank kuchli hisoblanmaydi. Jami kapital, asosiy kapital va aktivlar sifati koeffitsienti o’lchamlaridan kelib chiqqan holda bank faoliyatini baholashning reytingi keltiriladi:
Rivojlangan davlatlarda ko’pgina banklari bank kapitalining bank aktivlariga bo’lgan nisbatini yaxshilash uchun aktivlarni sotish usulidan foydalanishmokda. Bu usulga asosan bank tomonidan xatarliligi yuqori bo’lgan bank aktivlarining o’sishi sekinlashtiriladi, yani sekin asta ular xatarlilik darajasi past aktivlarga (davlat qimmatli kog’ozlari, davlat tomonidan taminlangan kreditlarga) almashtiriladi. Bu bilan kapital va xatarlilik darajasi bo’yicha tortilgan aktivlar o’rtatisidagi nisbat bank uchun ijobiy tomonga siljiydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |