Tijorat banklari depozit operatsiyalami <<O'zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g'risida>> yo'riqnoma asosida amalga oshiradi (O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2010-yil 31-dekabrdagi 42/1-son qarori bilan tasdiqlangan, Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 4-martda 2205-son bilan ro'yxatga olingan). Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda tijorat banklari jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli hisobvaraqlami (расчeтний счет) ochadi. Jismoniy va yuridik shaxslar tijorat banklaridan ushbu hisobvaraqlardagi mablag`lar naqd va naqdsiz ko‘rinishda talab qilishi mumkin. Bank mijozlar tomonidan talab qilingan mablag'ni to`liq va muddatida qaytarishi zarur.