Banklarda buxgalteriya hisobi


Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari va ularning vazifalari



Download 68,11 Kb.
bet12/15
Sana31.12.2021
Hajmi68,11 Kb.
#232069
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Oilaviy tadbirkorlikni kreditlash operatsiyalari, ular hisobining tashkil etilishi va takomillashtirish

Bozor iqtisodiyotining asosiy ishtirokchilari va ularning vazifalari

Davlat

Firmalar

Moliyaviy

institutlar

Oila xo‘jaligi

Iqtisodiyotni

tartiblashtirish



Ishlab chiqarish

omillari va

xizmatlarni sotib

olad


Aholiga moliy

kredit xizm

urlarini o‘rsatadi


Resurslarga

mulkiy egali

qiladi v

ularni fo

ydalanish

uchun sotadi



Iqtisodiy fao-liyat

qoidalarini

belgilaydi va sha-roitlarni yaratadi

Soliq va bosh












Soliq va boshqa

usullar bilan dar-omadni qayta taq-simlashga qatnasha-di. Bozor ishtirok-chisi sifatida

iqtisodiy faoliyat

ko‘rsatadi



Tovarlar va xiz-

matlar ishlab chiq-

aradi hamda ular-ni

sotadi


Xususiy tadbir-korlik faoliyatini

qo‘llab-quvvatlaydi

va moliyaviy

ko‘mak beradi



Tovar va

xizmatlar

sotib oladi


Mazkur sohada mehnat natijalari mehnat faoliyatinig samaradorligi bilan chambar-chas bog‘liq bo‘lib, uni oshirish hozirgi vaqtda eng muhim iqtisodiy vazifa bo‘lib qolmoqda. Mehnat samaradorligi deganda, nima tushunilishini aniqlash bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar muvaffaqiyatli ishlarini va mehnat natijalarini baholash samaradorligini ta’minlash masalalarini hal etishdagi strategiya va taktikani ishlab chiqishda katta amaliy ahamiyatga ega.

Oilaviy biznes sohasida mehnat sig‘imini kamaytirish va foydalanish darajasini oshirish yuzasidan doimiy ravishda olib boriladigan ishlar jarayoni mehnatni samaralashtirish jarayoni deyiladi. Samaradorlashtirish mehnat faoliyatinig u yoki bu sohasida yuqoriroq natijalarga erishish va ushbu natijalarning birligini sarflarni qisqartirish maqsadlarida eng yaxshi yechimlarni izlashdir.

Oilaviy biznes sohasida mehnat sarflari tarkibiga qarab, texnologik mehnat sig‘imi va xizmat ko‘rsatish mehnat sig‘imini kamaytirish yo‘nalishlarini tadqiq etish mehnat samaradorligini oshirish omillari va rezervlarini aniqlash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Bu esa oilaviy biznes texnologik jarayonlarini mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish borasidagi vazifalarini hal etishda konstuksiyalar, olimlar, ixtirochilar va oilaviy biznes xizmatchilarini ijodiy tashbbuskorligini ta’minlash va rivojlantirish katta ahamiyat kasb etadi. Alohida e’tibor mehnatning harakteri va uning samaradorligini oshirishda yanada mukammallashtirilgan oilaviy biznesni mashina, apparat va boshqa texnologiyalarni yaratishga ko‘maklashuvchi, loyhalash sohasidagi nazariy ishlanmalarni amaliyotga joriy qilishni qo‘llab-quvvtlashga qaratilmog‘i kerak.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar mehnatnig harakterini tubdan o‘zgartirdi. Ular o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshiliklarni kamaytirdi. Mulkchilik munosabatlarining rivojlanib borishi mehnat natijalariga bo‘lgan qiziqishlarni tobora oshirishi uchun shart-sharoit yaratadi. Bu esa mehnat natijalariga qarab to‘g‘ri rag‘batlantirishin taqazo etadi. Mehnat qachon to‘g‘ri rag‘batlantirsagina unga bo‘lgan munosabat ijobiy amalga oshiriladi. Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy barqarorlik ham mehnatning to‘g‘ri rag‘batlantirilishiga bevosita bog‘liq.

Mehnat bunday sharoitda ijtimoiy harakterga va u oddiy mehnatdan murakkab shakliga qarab o‘zgarish tendesiyasiga ega bo‘ladi.

Mehnatning iqtisodiy harakterga ega bo‘lishi, uning to‘g‘ri rag‘batlantirilishi asosida kishilarning manfaatdorligi va kasbiy harakatchanligi o‘sishiga olib keladi. Bu esa o‘z navbatida jamiyatning har bir mehnatiga layoqatli a’zosini ishlashga, mehnat qilishga da’vat etadi.

Oilaviy biznes sohasida xodimga rag‘batlantiruvchi ta’sir ko‘rsatishni ta’minlash uchun uni tashkil etishga qo‘yiladigan ayrim talablarga rioya qilish zarur. Eng avvlo, mukofotlash ko‘rsatkichlari muayyan bo‘limdagi, korxonadagi ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish vazifalariga mos bo‘lishi hamda ushbu jamoa yoki xodimning mehnat sohasidagi kuch – g‘ayratiga real bog‘liq bo‘lishi kerak. Masalan, oilaviy biznes bo‘yicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilish ko‘rsatkichini mukofotlash tizimiga kiritgan vaqtda uni bajarilishi uchun, eng avvalo, korxonaning rahbari, shuningdek mazkur xizmatlar bo‘yicha ma’sul shaxs javob berishini hisobga olish kerak. Binobarin ushbu ko‘rsatkichni aynan mana shu xodimlarni mukofotlash paytida nazarda tutish maqsadga muvofiqdir.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida oilalar o‘z mulki, ishlab chiqarish va oilaviy biznes vositalari hisobidan daromadlarini ko‘paytirish maqsadida faol foydalanishga intilishi hayotiy zaruriyatga aylanmoqda. Biroq, oila xo‘jaligi ixtiyoridagi mavjud mulkdan daromad olish maqsadida foydalanish hamisha ham muvaffaqiyatli kechavermaydi.

Oilalar iqtisodiy axvoli, bandlik va oila daromadi ko‘p jihatdan umumiy makroiqtisodiy muhitga ham bog‘lik deb o‘ylaymiz. Chunki islohotlar davomida respublikamizdagi makroiqtisodiy vaziyatning dinamik o‘zgarib borishi, oilalarning tadbirkorlik faoliyatiga jalb etilishi shart-sharoitlarini ham o‘zgartirib bormoqda.

O‘zbekistonda oila xo‘jaliklarida mavjud mulklarning umumiy qiymati bizning hisob-kitoblarimiz bo‘yicha taxminan 38,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etmoqda. Bu mulklar tarkibida oila xo‘jaliklarining shaxsiy uy-joylari salmoqli o‘rin egallaydi. Respublikamizda deyarli barcha oilalar shaxsiy uy-joylariga ega. Biroq, ularning oilaviy biznes va ishlab chiqarish vositalari shaklidagi mulklari o‘ta kichik (2.1-jadval). Hozirgi iqtisodiy vaziyat asosiy e’tiborni mulkni tadbirkorlikka invistitsiyalashga qaratishni talab etmoqda.

Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, oila xo‘jaliklari asosan daromad keltirmaydigan mulklar bilan ta’minlanishi yuqori bo‘lgan. Daromad keltiradigan mulklardan biri shaxsiy tomorqa. Bu mulk turi 83,2 % aholida mavjud. Yirik shohli mollar aholining 47,7 %da bor xolos. Yuk va yengil avtomashinalar kuzatilgan oilalarning 9,0 %dagina mavjud. Ko‘rinib turibdiki, oilalar mulkining asosiy qismini daromad keltirmaydigan mulklar tashkil etadi.

Mehnat unimdorligining rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishda oilaviy biznes sub’ektlari uch asosiy komponentlarga (omillarga) tayanishi lozim: rivojlangan bozor iqtisodiyotli mamlakatlarida mehnatni rag‘batlantirish tajribasi; respublikamizda mehnatni rag‘batlantirishning muayyan darajada shakllangan tizimi; yollanma xodimning zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlari va ijtimoiy-psixologik xususiyatlari hamda mamlakatimizda uning transformatsiyalashuvining xususiyatlari va istiqbollarini belgilovchi ijtimoiy-mehnat munosabatlari rivojlanishining tahlili.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy mehnat munosabatlari quyidagi omillar ta’sirida shakllanadi: ishlab chiqarish vositalariga xususiy mulkchilik, ish bilan bandlik kafolatining mavjud emasligi, mehnat bozori shakllanishi va mehnat faoliyatini yangicha ijtimoiy baholash va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy mehnat munosabatlari tizimidagi deformatsiyalashuv jarayoni o‘ziga xos xususiyatga egaligi ob’ektiv holatdir.

Barcha sub’ektlar singari oilaviy biznes sub’ektlarining mehnat jamoalarida ijtimoiy tenglik tamoyili to‘liq cheklanadi. Mazkur tamoyil o‘rniga “teng mehnatga teng haq to‘lash” tamoyiliga asoslangan maqbul munosabat amal qiladi. Bu munosabatning maqbulligi ish beruvchi va yollanma ishchining roziligi bilan belgilanadi va ko‘pincha boshqa tomonning roziligi asosida tomonlardan birining tashabbuskorigi bo‘yicha o‘zgarishi mumkin. Ushbu munosabatlar ish haqi va moddiy rag‘batlantirish tizimi orqali namoyon bo‘ladi. Davlat bu munosabatlarni qonuniy asosda minimal ish haqi miqdori orqali tartibga solib turadi. Yollanma xodimlar va ish beruvchilarning manfaatlarini ijtmoiy himoya qilish tamoyillari qonunlar majmuasida aks etadi, ya’ni mehnat munosabatlari kontraktlar va mehnat shartnomalari asosida tartibga solinadi, lekin uning bo‘limlari mazkur tamoyilning talablarini aks ettirmaydi. Ijtimoiy himoyalash tamoyillari jamoa shartnomalari va kasaba uyushmalari faoliyati orqali ta’minlanadi.

Moddiy rag‘batlantirish bo‘yicha to‘lovlar hajmi jonli mehnat samaradorligi bilan belgilab beriladi, qaysiki yollanma xodimni sidqidildan mehnat qilishga, ish beruvchini esa bajaruvchi xodim imkoniyatlarini to‘liq namoyon etish uchun zarur imkoniyat yaratishga undaydi. Bundagi qo‘shimcha harajatlar esa tezda o‘zini qoplaydi va mulk egasi daromadining oshishi ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlashning asosi hisoblanadi.

Respublikamizda iqtisodiyotni isloh qilish jarayonida yangicha ijtimoiy mehnat munosabatlarining shakllanishi mehnat sharoitlari sifatiga talabni oshiradi va moddiy talablar birinchi o‘ringa chiqadi. Bir vaqtning o‘zida yollanma xodim uchun, ayniqsa, yoshi katta guruhlarda avvalgi mehnat faoliyatlari uchun rag‘batlantirishga talab oshadi.

Hozirgi sharoitda mehnat faoliyatining asosiy motivatsion jarayonlarini hisobga olgan holda, mehnatni rag‘batlantirishning samarali tizimini ishlab chiqish uchun turli toifalarning talablarini tahlil etish asosida yollanma xodimning mehnatga munosabat modelini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, olimlar tomonidan amalda tadbiq etilgan mehnatga munosabat motivatsion nazariyasi turli grafik modellardan iborat bo‘lib, unda kuzatilayotgan omillar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va yo‘nalishni aniqlash imkonini ta’minlagan.


Download 68,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish