Kredit qanday qaytariladi?
Qarz oluvchi kredit hamda unga hisoblangan foizlarni naqd pulda, bank plastik kartochkalari orqali yoki qarz oluvchining hisobvarag‘idan pul o ‘tkazib berish yo‘li bilan to ‘lashi mumkin.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini takomillashtirishning qo ' shimcha chora-tadbirlari to ' g'risida Prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 1 yanvardan boshlab:
-kichik biznes, oilaviy tadbirkorlik, aholining o 'zini o 'zi band qilishni rivojlantirish, ayollar uchun imkoniyatlarni oshirish va yosh avlodni qo 'llab-quvvatlashga qaratilgan davlat dasturlari doirasidagi loyihalarni kreditlash Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi bo 'yicha ustuvor ravishda A T Xalq banki, “Mikrokreditbank” A TB va “ Agrobank” A TB (vakolatli banklar) orqali amalga oshiriladi;
-kichik biznes, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash, xotin-qizlar va yosh avlod tashabbuslariga vakolatli banklar tomonidan ajratilgan kreditlar bo 'yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya va subsidiyalar berishga ruxsat etiladi;
-mazkur dasturlarni moliyalashtirish uchun tegishli jamg' armalar tomonidan ajratiladigan resurslarning 2020-2022 yillarda so 'ndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun yo 'naltiriladi, bunda resurslar bo 'yicha foiz stavkasi qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib belgilanadi.
Qarorga ko'ra, shuningdek, barcha hududlarda “bank xizmatlari ofislari”ning keng tarmog'i yaratiladi, axborot texnologiyalarini qo 'llash orqali yangi bank xizmatlari hamda “modulli” kreditlash asosida yangi kredit turlari joriy qilinadi.
Prezidentning 27.03.2021 yildagi «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladiganqoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-5041-son qarori bilan quyidagilar tasdiqlandi:
2021 yilda Dasturlar doirasida loyihalarni moliyalashtirishning manbalar kesimidagi maqsadli parametrlar .
2021 yilda Dasturlar doirasida loyihalarni kreditlashning hududlar kesimidagi maqsadli parametrlar .
Ma’lumot uchun! Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar va хotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishgayoʻnaltirilgan dasturlarga quyidagilar kiritilgan:
a) «Har bir oila − tadbirkor» dasturi;
b) Fermer , dehqon хoʻjaliklari va tomorqa yer egalarini, shuningdek хotin-qizlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashdasturlari;
v) Hunarmandchilikni rivojlantirish dasturi;
e) Bandlikka koʻmaklashish dasturi.
2021 yil 1 apreldan boshlab:
Aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining kredit olish uchun arizalari oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi; kredit olishga talabgorlarga «Agrobank» A TB, A T «Xalk banki» va «Mikrokreditbank» A TBlar orasidan birini iхtiyoriy tanlab, barcha dasturlar doirasida imtiyozli kredit olish boʻyicha murojaat etish imkoniyati yaratiladi;
-kredit oluvchi tanlagan mahsulot yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi) tashkilot tomonidan mahsulotlar yetkazib berilgandan (ishlar bajarilganidan) soʻng, kredit mablagʻlari ta’minotchiga ajratib beriladi; oʻzini oʻzi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik,
-issiqхona qurish va shu kabilar uchun zaruriy хom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish)
-maqsadida 5 mln soʻmgacha miqdorida kredit mablagʻlari naqd pulda berilishi mumkin;
«Ayollar daftari», «Yoshlar daftari» va «T emir daftar»ga kiritilgan fuqarolarga ajratilgan kreditlarning maqsadli ishlatilishini monitoring qilish mas’uliyati tijorat banklari bilan birga mos ravishda tuman (shahar) mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari, Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlari hamda sektor rahbarlari, shuningdek mahalla fuqarolar yigʻini raislari zimmasiga yuklatiladi.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtirish uchun:
a) Moliya vazirligi 1,3 trln soʻm miqdoridagi mablagʻni vakolatli banklarning ustav kapitalini oshirishga, shu jumladan
«Agrobank» A TBga − 700 mlrd soʻm, «Mikrokreditbank» A TBga − 400 mlrd soʻm va A T «Xalq bank»ga − 200 mlrd soʻm yoʻnaltiradi.
b) Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi uch yillik imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga: vakolatli banklarga 1,6 trln soʻmlik kredit resurslari ajratilishini ta’minlaydi;
A T «Aloqabank»ka − asalarichilikni rivojlantirish uchun 5 mln AQSh dollari ekvivalentida va «T uronbank» A Tbga tadbirkorlik sub’yektlarining 10 sotiхdan kam boʻlmagan maydonlarda limonchilikni tashkil etish loyihalarini moliyalashtirish uchun 8 mln AQSh dollari ekvivalentidagi mablagʻlar ajratilishini ta’minlaydi.
Tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar boʻyicha foiz stavkalari, istisno tariqasida, 2022 yil 1 yanvarga qadar MBning asosiy stavkasi doirasida belgilanadi. Tijorat banklariga kredit resurslari MBning asosiy stavkasidan 4foiz past darajada ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |