Banklarda buxgalteriya hisobi


Kirim kassa operatsiyalarini bajarish



Download 48,19 Kb.
bet6/8
Sana31.12.2021
Hajmi48,19 Kb.
#226812
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ibrohimov Mansurbek Kirim chiqim kassa operatsiyalari

3. Kirim kassa operatsiyalarini bajarish

Bank kassasiga kirim qilinayotgan naqd pullar va boshqa qimmatliklar kassirlar tomonidan saralangan va donalab sanalgan holda qabul qilinishi shart.

Bank kassalariga naqd pullarni qabul qilish quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi:

a) bank mijozlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan mazkur Yo‘riqnomaning 2-ilovasidagi naqd pullarni topshirish e’loni bo‘yicha;

b) bank xodimlari tomonidan bankka yetkazilgan zararni qoplash uchun, xizmat safariga olingan bo‘nakning sarflanmagan qismini qaytarish va boshqa shu kabi holatlarda bank xodimlaridan mazkur Yo‘riqnomaning 3-ilovasidagi kirim kassa orderi (bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan naqd puldagi kirim operatsiyalarini, xususan bankning bir hisobvarag‘idagi naqd pullarini ikkinchi bir hisobvaraqqa kirim qilishda, shuningdek olib kelingan madad pullarini bank kassasiga kirim qilishda foydalaniladi) bo‘yicha;

v) jismoniy shaxslardan kommunal to‘lovlarni qabul qilish, aholiga kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan maxsus blanklar bo‘yicha;

g) jismoniy shaxslardan bir martalik (soliq to‘lovlaridan tashqari) to‘lovlarni mazkur Yo‘riqnomaning 4-ilovasiga muvofiq shakldagi aholidan bir martalik to‘lovlarni qabul qilish blanki bo‘yicha;

d) aholidan bank depozit hisobvaraqlariga omonatlarni naqd pulda qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi banklarida depozit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomada (ro‘yxat raqami 2711, 2015-yil 26-avgust) ko‘rsatilgan blanklar bo‘yicha;

e) jismoniy shaxslardan soliq to‘lovlarini qabul qilish mazkur Yo‘riqnomaning 5-ilovasiga muvofiq shakldagi jismoniy shaxsning soliq to‘lovlari uchun maxsus blanki asosida amalga oshiriladi.

Naqd pullarni topshirish e’loni uch qismdan — “e’lon”, “kvitansiya” va “order”dan iborat. Ushbu kirim hujjatining “e’lon” qismi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, “kvitansiya” qismi kirim kassasi kassiri tomonidan imzolangan va kassaning muhri bosilgan holda naqd pulni topshirgan mijozga, “order” qismi esa buxgalteriya xodimiga beriladi.

Kirim kassa orderi uch nusxada to‘ldiriladi. Uning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, ikkinchi nusxasi buxgalteriya xodimlariga va uchinchi nusxasi kirim kassasi kassirining imzosi va muhri qo‘yilgan holda naqd pulni topshirgan bank xodimiga beriladi.

Bank bir hisobvaraqdagi naqd pullarni ikkinchi bir hisobvaraqqa kirim qilishda kirim kassa orderi ikki nusxada rasmiylashtiriladi hamda uning birinchi nusxasi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi va ikkinchi nusxasi buxgalteriya xodimlariga beriladi.

Fuqarolardan soliq to‘lovlarini qabul qilishda foydalaniladigan jismoniy shaxsning soliq to‘lovlari uchun maxsus blanki uch qismdan — “xabarnoma”, “patta” va “kirim orderi”dan iborat. Maxsus blankning “kirim orderi” deb nomlangan qismi kunlik kassa hujjatlariga tikiladi, “patta” qismi soliqni to‘lagan jismoniy shaxsga va “xabarnoma” qismi (bankning buxgalteriya bo‘linmasi xodimlari tomonidan) tegishli tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasiga, ularning so‘rovnomasiga asosan taqdim etiladi.

Xo‘jalik yurituvchi subyekt bank kassasiga naqd pullarni topshirishdan oldin buxgalteriya bo‘limi xodimlariga murojaat etishi lozim. Buxgalteriya xodimlari kirim kassa hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi banklarida buxgalteriya hisobini yuritish va buxgalteriya ishlarini tashkil qilish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 1834, 2008-yil 11-iyul) talablari asosida to‘g‘ri rasmiylashtirilganligini tekshirib, ularni kirim kassa jurnaliga qayd etgan holda kirim kassasi kassiriga topshiradi.

Kirim kassasi kassiri kirim hujjatlarini qabul qilishda:

hujjat bankning buxgalteriya xodimlari tomonidan imzolanganligini;

ushbu imzolarning kassirda saqlanayotgan imzo namunalariga mos kelishini;

hujjat mijoz tomonidan imzolanganligini;

hujjatda ko‘rsatilgan summaning raqam va so‘zlar bilan to‘g‘ri yozilganligini hamda ularning o‘zaro mosligini tekshiradi va kirim kassa jurnaliga imzo qo‘yib, kirim kassa hujjatlarini qabul qilib olganligini tasdiqlaydi.

Kirim kassasi kassiri kirim hujjati bo‘yicha mijozni chaqirib, u topshirayotgan naqd pullarini saralab va birma-bir sanab, qabul qilib oladi.

Mijoz naqd pullarni bir vaqtning o‘zida bir qancha hisobvaraqlarga kirim qilish uchun bir nechta kirim hujjatlari asosida topshirsa, bunday hollarda kassir naqd pulni har bir kirim hujjati bo‘yicha alohida qabul qilib olishi shart.

Kirim kassasi kassiri mijozdan naqd pullarni qabul qilib olayotganida, uning stoli ustida qabul qilinayotgan pullardan boshqa naqd pul va boshqa qimmatliklar bo‘lmasligi, kassir tomonidan avval qabul qilingan barcha pullar stol tortmalarida, metall shkaflarda yoki seyflarda saqlanishi kerak.

Kirim kassasi kassirining ish joyi shunday jihozlangan bo‘lishi kerakki, unda naqd pullarni topshirayotgan mijozga, uning pullarini kassir tomonidan saralash, sanash jarayonini bevosita kuzatish uchun imkoniyati yaratilgan bo‘lishi kerak.

Kassir mijozning naqd pullarini qabul qilib olganidan so‘ng, kirim kassa hujjatida ko‘rsatilgan summani, saralab va sanab qabul qilinganida haqiqatda chiqqan naqd pullar summasi bilan taqqoslab ko‘radi. Tafovut aniqlanmasa kirim kassasi kassiri:

naqd pullarni topshirish e’lonining “e’lon”, “kvitansiya” va “order” qismlariga imzo qo‘yib, kvitansiya qismiga muhr bosadi hamda uni mijozga beradi;

kirim kassa ordyerlarining uchta nusxasiga ham imzo qo‘yib, uchinchi nusxasiga muhr bosadi va uni mijozga beradi.

Mijoz tomonidan topshirgan naqd pullar summasi kirim hujjatidagi summadan:

kam bo‘lsa, mijozga yetishmayotgan summani topshirish yoki kirim kassa hujjatini qaytadan rasmiylashtirish;

ko‘p bo‘lsa, mijozga ortiqcha summa qaytariladi yoki kirim kassa hujjatini qaytadan rasmiylashtirish taklif etiladi.

Mijoz kirim kassa hujjatini qaytadan rasmiylashtirgan taqdirda, buxgalteriya xodimi kirim kassa jurnalidagi tegishli (dastlabki) summa ustidan chiziq tortadi va haqiqatda topshirilgan naqd pul summasini yozib, qayta rasmiylashtirilgan hujjatni belgilangan tartibda kirim kassasi kassiriga topshiradi.

Kirim kassa hujjatlari buxgalteriyaning kirim kassa jurnalida qayd etilib, kirim kassasi kassiriga taqdim etilganidan so‘ng, mijoz tomonidan bank kassasiga naqd pullar topshirilmasa, kassir ushbu kirim kassa hujjatini buxgalteriya xodimiga qaytarib berishi lozim. Bunda bank kassasiga mijoz tomonidan naqd pullar nima sababdan topshirilmaganligi aniqlangach, buxgalteriya xodimi kirim kassa jurnalidagi tegishli yozuvlar ustidan chiziq tortadi va ushbu tuzatish kassir imzosi bilan tasdiqlanadi. Ushbu ijro etilmagan kirim kassa hujjati bank bosh buxgalteri xabardor etilgan holda buxgalteriya xodimi tomonidan yo‘q qilinadi.

Kassir bank ish kuni davomida qabul qilib olgan naqd pullarni mazkur Yo‘riqnomaning 7-bobida belgilangan tartibda saralaydi, sanaydi va o‘rab bog‘laydi.

Mijoz tomonidan topshirilayotgan naqd pullar orasidan shubhali, to‘lovga yaroqsiz yoki qalbaki pullar aniqlanganda, kirim kassasi kassiri bu haqida kassa mudiriga xabar qilishi hamda bunday pullarni tekshirish uchun unga topshirishi shart.

Bank kassa mudiri shubhali pullarni to‘lovga yaroqli yoki yaroqsiz ekanligi bo‘yicha asoslangan holda xulosa chiqarishga qiynalsa, bunday hollarda shubhali pullarni mazkur Yo‘riqnomaning 15-bobida belgilangan tartibda mijoz arizasiga asosan ekspertizaga qabul qilinishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar, baxtsiz hodisalar oqibatida naqd pullar jiddiy shikastlangan bo‘lsa, ularning haqiqiyligi va to‘lovga yaroqli ekanligiga to‘liq ishonch hosil qilingach, bank kassa mudirining ruxsati bilan ular muomalaga yaroqli pullarga almashtirib berilishi mumkin.

Bank kassalariga topshirilgan shikastlangan, lekin to‘lovga yaroqli ekanligi shubha uyg‘otmaydigan banknot va tangalarni almashtirib berilishi, buxgalteriya o‘tkazmalarisiz, hech qanday kassa hujjatlari rasmiylashtirilmagan holda amalga oshiriladi.

Shikastlangan, lekin “to‘lovga yaroqli” banknotlar almashtirib berilganida, ularga “Almashtirilgan” degan bank kassirining to‘rtburchak muhri bosiladi. Shikastlangan banknotlarga, uning almashtirilgan sanasi, pulning haqiqiyligini ko‘zdan kechirgan kassa xodimining familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatilib, imzosi qo‘yiladi. Shikastlangan banknotlar “eskirgan” pullar toifasiga o‘tkaziladi.

Shikastlangan, lekin “to‘lovga yaroqli” banknotlarning butligini saqlash maqsadida, kassirlarga ushbu banknotlarni butun holda kalkaga yoki yupqa qog‘ozga yopishtirish shuningdek, tabiiy eskirish, kislota to‘kilgan yoki yong‘in oqibatida kuygan pullarni alohida o‘rab-bog‘lash tavsiya etiladi. Bank kassirlari tomonidan shikastlangan, lekin “to‘lovga yaroqli” pullarni polimer materiallar (skotch, sellofan va boshqalar) bilan yelimlash qat’iyan man etiladi.

Kassirlar tomonidan banknot va tangalarning to‘lovga yaroqli ekanligini aniqlashda qiyinchilik tug‘ilsa, bunday holda yakuniy xulosani kassa mudiri, zarur hollarda esa bank rahbari qabul qiladi.

Mijoz tomonidan bank kassasiga topshirilayotgan naqd pullar orasida “to‘lovga yaroqsiz” yoki “qalbaki” pullar mavjud ekanligi aniqlanib, ushbu holat kassa mudiri tomonidan tasdiqlansa, bunday holatda mijozga bu haqida batafsil va asosli tushuntirishlar berilishi shart. Mijoz bank kassasiga topshirayotgan naqd pulini “to‘lovga yaroqsiz” ekanligiga ishonch hosil qilgach, bunday banknotga kirim kassasi kassirining bank nomi tushirilgan “Almashtirib berish rad etildi” yozuvli to‘rtburchak muhri bosiladi va mazkur qarorni qabul qilgan kassa xodimining imzosi qo‘yiladi. “Almashtirib berish rad etildi” degan to‘rtburchak muhr bosilgan banknotlar mijozga qaytarib berilmaydi.

Mijoz kassa xodimlari tomonidan qabul qilinayotgan pulning “to‘lovga yaroqsiz” yoki “qalbaki” ekanligini asoslash bo‘yicha bildirilgan mulohazalaridan qoniqish hosil qilmasa, u holda mijozning xohishiga ko‘ra, uning arizasiga asosan (ushbu banknotga hech qanday muhr bosilmagan holda) mazkur Yo‘riqnomaning 15-bobida belgilangan tartibda ekspertizaga qabul qilinishi mumkin.

Qabul qilinayotgan naqd pullar orasidan shubhali, to‘lovga yaroqsiz yoki qalbaki pul aniqlansa, ushbu pul summasi bank kassasiga mijozdan qabul qilingan naqd pullar summasini hisoblashda hisobga olinmaydi, balki mijozga uning o‘rnini qoplash yoki haqiqatda qabul qilingan naqd pullar summasiga kirim kassa hujjatini qaytadan rasmiylashtirish taklif etiladi.

Har qanday holatda ham shubhali, to‘lovga yaroqsiz, qalbaki pullar mijozlarga qaytarib berilmaydi. Bunda bankda aniqlangan:

shubhali pul ekspertizaga qabul qilinganida, bunday pulning nominal qiymati bo‘yicha 90141 — “Ekspertizaga qabul qilingan banknot va tangalar” hisobvarag‘iga kirim qilish uchun mazkur Yo‘riqnomaning 6-ilovasiga muvofiq shaklda ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘i bo‘yicha kirim kassa orderi rasmiylashtirilishi lozim;

qalbaki yoki to‘lovga yaroqsiz pulning har bir donasini 1 so‘m shartli bahoda 90145 — “To‘lovga yaroqsiz banknot va tangalar” hisobvarag‘iga kirim qilish uchun ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘i bo‘yicha kirim kassa orderi rasmiylashtirilishi kerak. Qalbaki pul bo‘yicha mazkur Yo‘riqnomaning 81-bandi talablari asosida tegishli choralar ko‘rilishi lozim.

Kirim kassasi kassiri qabul qilib olgan naqd pullarni, zarur hollarda, bank ish kuni davomida kassa mudiriga bir necha marta topshirishi mumkin. Bunday hollarda har safar, kirim kassasi kassiri naqd pullarni kassa mudiriga topshirishdan avval, haqiqatda qabul qilib olgan naqd pullarini kirim kassasi hujjatlarida qayd etilgan summalarga mos kelishini tekshirishi, topshirayotgan naqd pul bog‘lamlari (dastalarini) qayta sanab ko‘rishi lozim. Shuningdek, tegishli yozuvlarni mazkur Yo‘riqnomaning 7-ilovasiga muvofiq 155-shakldagi kitobga qayd etib, kassa mudiriga imzo qo‘ydirgan holda topshirishi kerak.

Kirim kassasi kassiri bank ish kuni yakunida kirim kassasi hujjatlarining umumiy sonini va umumiy summasini 155-shakldagi kitobda qayd etadi hamda kirim kassa hujjatlari summasini haqiqatda qabul qilib olgan naqd pullar summasi bilan taqqoslab ko‘radi. Shuningdek, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni 93609 — “Saqlanayotgan qimmatbaho buyumlar” ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘i bo‘yicha rasmiylashtirilgan kirim kassa ordyerlarida qayd etilgan ma’lumotlar bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmasa, mazkur Yo‘riqnomaning 8-ilovasiga muvofiq 109-shakldagi kirim kassa hujjatlarining soni va summasi hamda saqlashga qabul qilingan qimmatliklar soni va summasi to‘g‘risida ma’lumotnoma tuzadi hamda imzolaydi.

Kirim kassasi kassiri va buxgalteriya xodimi 109-shakldagi ma’lumotnomada qayd etilgan kassa aylanmalarini, kirim kassasi jurnalidagi yozuvlar bilan taqqoslaydi. Tafovutlar aniqlanmagan taqdirda, kirim kassasi jurnalini yurituvchi buxgalteriya xodimi 109-shakldagi ma’lumotnomaga, kirim kassasi kassiri esa buxgalteriyaning kirim kassasi jurnalidagi umumiy summani tasdiqlagan holda imzo qo‘yadi. Ushbu taqqoslashning amalga oshirilishi va mas’ul xodimlar tomonidan yuqoridagi hujjatlarning imzolanishi bankning bir kunlik kirim kassa operatsiyalari yakunlanganligini hamda bir kunlik kirim kassa operatsiyalari tegishli hujjatlarda to‘g‘ri qayd etilganligini bildiradi.

Kirim kassasi kassiri kassadagi naqd pullar qoldig‘ini o‘rab-bog‘laydi hamda qoldiq summasini o‘zining 155-shakldagi kitobiga qayd etadi. Kirim kassasi kassiri 109-shakldagi ma’lumotnoma bilan birga kirim kassa hujjatlarini kassa mudiriga topshiradi.

Kassa mudiri 109-shakldagi ma’lumotnomada qayd etilgan yozuvlarni kirim kassa hujjatlari bilan taqqoslaydi hamda kassirning 155-shakldagi kitobida qayd etilgan yozuvlarni tahlil qiladi. Shuningdek, saqlash uchun topshirilgan qimmatliklarni, ko‘zda tutilmagan holatlar bo‘yicha kirim kassa orderida qayd etilgan ma’lumotlar bilan taqqoslab ko‘radi.

Tafovutlar aniqlanmasa, kassa mudiri kirim kassasidagi barcha naqd pul va boshqa qimmatliklarni, kassirning 155-shakldagi kitobiga imzo qo‘ygan holda qabul qilib oladi va o‘zining 155-shakldagi kitobiga bu to‘g‘risida tegishli yozuvlarni qayd etadi hamda kirim kassasi kassirining 109-shakldagi ma’lumotnomasi to‘g‘ri tuzilganligini tasdiqlagan holda, uni imzolaydi va kirim kassa hujjatlarini kunlik kassa hujjatlari yig‘majildiga tikish uchun ushbu ishga mas’ul bo‘lgan kassa xodimiga topshiradi.

Bank kassalariga bank ish kuni davomida kirim qilingan barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar, shu ish kunining o‘zida aylanma kassaga kirim qilinishi va bank balansining tegishli hisobvaraqlarida aks ettirilishi lozim.

Naqd pul tushumiga ega bo‘lgan mijozlardan tushum pullarini bevosita bank kassasiga qabul qilib olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Naqd pul tushumlari solingan va belgilangan tartibda plombalangan sumkadagi (qopdagi) naqd pul tushumlarini bank filialiga o‘zlari olib kelgan mijozlar mazkur Yo‘riqnomaning 8a-ilovasiga muvofiq shakldagi blankni to‘ldirgan holda inkassa xonasiga topshiradi.

Naqd pulni qabul qilgan kassa xodimlari (bank ish kuni mobaynida mas’ul kassa xodimlari, bank ish kuni yakunlangach yoki dam olish kunlari kechki kassa xodimlari) mazkur bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan blankning kvitansiya qismiga imzo qo‘ygan va muhr bosgan holda uni mijozga qaytarib beradi.

Bank kassa tarmog‘ida inkassa xonasi alohida yoki ish hajmidan kelib chiqqan holda kirim, chiqim kassalarida yoki mijozlarga kassa xizmati ko‘rsatiladigan boshqa kassa xonalarida tashkil etiladi.

Bank filialining qayta sanash kassasi kassirlari ushbu sumkadagi (qopdagi) naqd pullarni saralanishi, sanalishi, tushum pullarni mijozning hisobvarag‘iga kirim qilinishi, bankdagi mijozning bo‘sh sumkasini (qopini) unga qaytarib berish hamda ushbu kassa operatsiyalarini bajarishga doir hujjatlarning rasmiylashtirilishi mazkur Yo‘riqnomada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.


Download 48,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish