Banklarda buxgalteriya hisobi


Xalqaro hisob-kitoblarda inkassoning o’rni, uning turlari va amalga oshirish tartibi



Download 69,14 Kb.
bet5/6
Sana30.09.2021
Hajmi69,14 Kb.
#189806
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
kurs ishi Khujamkulov Mirjalol bi72[1]

3. Xalqaro hisob-kitoblarda inkassoning o’rni, uning turlari va amalga oshirish tartibi.

Hisob-kitoblarning inkasso shakli bank o`tkazmasiga nisbatan ancha ishonchliroqdir. Inkassoga shartli ravishda quyidagicha tarif berish mumkin:

Inkasso eksportyorning kreditorning o`z bankiga inportyordan qarzdordan bevosita bank(lar) orqali malum bir summani to`latib olish yoki belgilangan muddat ichida summa to`lanishini tasdiqlatish to`g`risidagi topshirig`ini o`zida ifodalaydi.

Bugungi kunda xalqaro savdoda aktseptli inkasso shaklidagi hisob-kitoblar keng tus olgan. Bunda inkasso xam naqd to`lov shartida olib boriladigan hisob kitoblarda, xam tijorat krediti shartida olib boriladigan hisob-kitoblarda qo`llaniladi.

Malumki, xalqaro hisob-kitoblar xalqaro miqyosda o`zaro kelishilgan qonun qoidalarga asoslangan holda olib boriladi. Shu jumladan, inkasso shaklidagi hisob-kitoblar ham Parijdagi Xalqaro Savdo Palatasi tomonidan ishlab chiqilgan “inkasso bo`yicha umumlashtirilgan qoida va ananalar”ga tayangan holda amalga oshiriladi. Mazkur qoidada inkassoning turlari: to`lov hujjatlarini taqdim qilish, to`lovni amalga oshirish va aktseptlash tartibi; to`lovning bajarilganligi, akseptlanganligi yoki to`lov bajarilmaganligi (aktseptlanmaganligi) haqidagi habarni uzatish tartibi kabi muhim masalalar atroflicha keng yuritilgan. Garchi ushbu qoidani amalda qollash har bir mamlakat uchun majburiy emas, balki tavsiya xarakterida bo`lsada, jahonning deyarli barcha mamlakatlarida inkasso bo`yicha operatsiyani amalga oshirishda asos sifatida ushbu qoida qollaniladi.

Umumlashtirilgan qoidada xar bir inkassoning turi bo`yicha tarif berilgan, inkasso operatsiyasini amalga amalga oshirish usuli va tartibi ko`rsatilgan,inkasso operatsiyasida ishlatiladigan turli terminlarga yagona izoh berilgan va boshqa muhim masalalar ko`rib chiqilgan. Bu esa tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug`ullanuvchi banklarning amaliyotida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan kelishmovchiliklarni hal qilish va ularning oldini olishda katta ahamyatga ega.

Inkasso bo`yicha hisob-kitobda qatnashuvchi manfaatdor tomonlarining o`zaro kelishuviga asosan mazkur qoidadan chetga chiqishga ruxsat beriladi biroq bu holda agar tomonlar ortasida biron kelishmovchilik yuz bersa tomonlar Xalqaro Xo`jalik (arbitraj) Sudga murojat qilish huquqidan mahrum bo`ladilar.

Inkasso tarifi. Umumlashtirilgan qoidaga muvofiq inkasso bu bank operatsiyasi bo`lib, u:

1. aktseptini yoki to`lovini qabul qilish;

2. qarshi tomondan aktsept yoki to`lov amalga oshirilsagina hujjatlarni taqdim etish;

3. boshqa shartlarda hujjatlarni taqdim etish maqsadida hujjatlardagi olingan ko`rsatilgamlarga asoslangan holda amalga oshiriladi (xar bir holat uchun alohida).

Boshqacha qilib aytilganda, inkasso bu hisob-kitob bank operatsiyasi bo`lib, bunda emitent-bank o`z mijozining ko`rsatmalariga qatiy rioya qilgan holda va mijozi taqdim etgan hujjatlarga ko`ra qarzdordan (importyordan) aktseptni yoki to`lovga qarshi tijorat hujjatlarini berish yoki xar bir holat uchun alohida o`zga shart bilan hujjatlarni berish va operatsiyani amalga oshirish bo`yicha o`z zimmasiga olgan majburiyatdir.

Odatda, emitent bank mijozining ko`rsatmalarini bajarish uchun boshqa inkassalovchi bank xizmatidan foydalanadi. Mijozning ko`rsatmasida belgilangan bank,agar bunday ko`rsatma berilmagan bo`lsa, emitent- bank tanlangan ihtiyoriy bank yoki aktsept va to`lov sodir bo`layotgan mamlakatda joylashgan boshqa bir bank inkassolovchi bank sifatida faoliyat ko`rsatishi mumkin.

Inkassalovchi bank qarz to`lovchisiga hujjatlarini bevosita taqdim qiladi va shuning uchun taqdim qiluvchi bank deb ham yuritiladi.

Bank mijozining ko`rsatmasini bajarish uchun boshqa bir bankning hizmatidan foydalanar ekan, u inkassalovchi bankning hizmat xaqini o`z mijozi hisobidan tolab beradi. Bundan tashqari agar chetel qonun qoidalariga va odatlariga ko`ram alum darajada majburiyatlar mijozining topshirig`ini bajaruvchi bank zimmasiga yuklatilsa, u holda mijoz bu majburiyatlarni pul ko`rinishida qoplab berish shart.

Inkasso operatsiyasida qo`llanilgan hujjatlar Umumlashtirilgan qoidalarda 2 guruhga ajratiladi:

1. Moliyaviy hujjatlar (o`tkazma veksel(tratta), oddiy veksel(solo), chek,m to`lov tilxat va to`lovni amalga oshirish uchun ishlatiladigan boshqa hujjatlar)

2.tijorat xujjatlari (yukni ortish hujjatlari, mulkga egalik huquqini beruvchi xujjatlar, sifat sertifikati, kelib chiqish sertifikati , sug`urta polisi va boshqa molyaviv xujjat xarakterigaega bo`lmagan xujjatlar ).

Shu sababli inkassaning 2 turi mavjud:


  • “sof’’ inkasso, yaniy faqat molyaviy hujjatlar qo`llaniladigan inkasso ;

  • “hujjatlashtirilgan” inkassa, yani moliyaviyn hujjatlar bilan tijorat hujjatlari birgalikda yoki faqat tijorat hujjatlarining o`zi qo`llaniladigan inkasso.

Umumlashtirilgan qoidalardan foydalanishning qulayligi shundaki, u inkasso bo`yicha hisob kitob operatsiyasini bajarish amaliyotida yuzaga keladigan ko`pgina masalalar va terminlarni yagona talqin qilish imkonini yaratadi.

Xalqaro Savdo Palatasi qoidalarga amal qilish majburiy hisoblangan mamlakatlarda inkasso shaklidagi hisob kitoblarni qo`llashda banklar va ushbu banklarning mijozlari uchun xam umumlashtirilgan qoidalarga rioya qilish majburiydir.

Inkasso bo`yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi quyidagicha:

1. Eksportyor va importyor o`rtasida shartnoma tuziladi. Mazkur shartnomada odatda, qaysi banklar vositasida hisob kitoblar amalga oshirishni tomonlar kelishib oladilar

2. Bitimga muvofiq eksportyor tovarlarni njonatish uchun yuklatadi

3. Eksportyor yuk tashuvchi tashkilotdan transport hujjatlarini oladi va o`zining banki orqali importga yuboriladigan hujjatlar to`plamini tayyorlaydi. Ushbu to`plamga, agar bitim shartida ko`zda tutilgan bo`lsa, xaridor tomonidan akseptlanishi zarur bo`lgan o`tkazma veksel xam kiritiladi.

4. Eksportyor hujjatlar toplamini inkasso topshirig`I bilan o`z bankiga taqdim qiladi. Umumlashtirilgan qoidaga ko`ra inkassoga hujjatlarni taqdim qilgan eksportyor- “ishonuvchi”, eksportyorningbanki esa remittent bank deb yuritiladi.

5. Remitent bank dastlab taqdim qilingan hujjatlarni inkasso topshirig`I va shartnoma shartlariga mos kelishini tekshiradi, so`ngra hujjatlarni topshiriq bilan birga xorijiy vakil bankka jo`natadi. Inkasso topshirig`ida remittent bank importyordan olinadigan mablag`larni o`tkazish va agar shartnomada trattaning ishtirok etishi qayd qilingan bo`lsa o`tkazma vekselni akseptlash xususida importyorning bankiga ko`rsatma beradi.

6. Inkasso operatsiyasida qatnashuvchi importyorning banki “inkassolovchi bank”

Importyorga hujjatlarni tekshirish hamda bitimga muvofiq to`lovni amalga oshirish yoki vekselni akseptlash maqsadida inkasso topshirig`ini va hujjatlar komplektini taqdim qiladi.

Agar eksportyorning banki bilan importyorning banki o`rtasida bevosita vakillik munosabatlari o`rnatilmagan bo`lsa, eksportyorning banki importyorning mamlakatida joylashgan va vakillik munosabatlari o`rnatilgan boshqa bankka murojat qiladi. Bunday holatda uchinchi vositachi bank “inkassolovchi bank hisoblanadi va u bevosita o`zi yoki importyorning banki orqali hujjatlarni to`lovchiga taqdim qiladi. Xujjatlarni to`lovchiga taqdim qilgan bank “taqdim qiluvchi bank” deb yuritiladi.

7. Inkassolovchi importyordan to`lovni yoki trattani qabul qiladi.

8. Inkassolovchi bank remittent-bankka telegraf orqali valyuta mablag`larine o`tkazadi yoki akseptlangan vekselni o`chat orqali uzatadi.

9. Remitent-bank valyuta mablag`larinieksportyorning joriy valyuta xisobvarag`iga o`tkazib qo`yadiyoki (agar veksel ishtirok etgan bo`lsa) akseptlangan vekselni eksportyorga taqdim qiladi.

Inkassotopshirig`ida hujjatlar hususida quyidagi ko`rinishdagi ko`rsatmalar berilgan bo`lishi mumkin:

1) importyorga hujjatlarni to`lovga qarshi taqdim qilish;

2) importyorga hujjatlarni akseptga qarshi taqdim qilish;

3) to`lov amalga oshirilmasdanoq hujjatlarni taqdim qilish

Yuqoridagi to`lovga qarshi hujjatlarni taqdim qilish ko`rsatmasi qo`llanilgan inkasso bo`yicha hisob kitobni olib boorish ketma ketligi ko`rsatildi.

Akseptga qarshi hujjatlarni taqdim qilish ko`rsatmasi beriladigan inkasso tijorat krediti bo`yicha hisob-kitoblar amalga oshirilayotganda qo`llaniladi. Bunda importyor inkasso topshirig`I bilan birga yuborilgan o`tkazma vekselni akseptlagandan so`nggina tovarga egalik huquqini beruvchi hujjatlarni oladi. Aksept vositasida importyor belgilangan muddatda to`lovni amalga oshirish majburyatini o`z zimmasiga oladi.

Qisqa muddatli kredit importyorga taqdim qilinganda veksel bilan taminlash talab qilinmasa, banklar eksportyorning topshirig`iga ko`ra to`lovamalga oshirilmasdanoq hujjatlarni importyorga berishlari mumkin. Bunday holatlarda eksportyor shartnomada nazarda tutilgan to`lovlarning importyor tomonidan bank kafolati bilan taminlanishiga erishishga intiladi. Bundan tashqari to`lov amalga oshirilmasdanoq to`lovchining belgilangan aniq bir muddat ichida pulni o`tkazishni tasdiqlovchi yozma majburiyati asosida xam hujjatlar berilishi mumkin.

Inkasso bo`yicha hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi banklar vositachi sifatida faoliyat olib boradilar va ular qarzdor tomonidan to`lovning amalga oshirilishligi yoki trattalarning akseptlanmasligi uchun javobgar hisoblanmaydilar, balki ularning masulyati importyorga yoki boshqa bir bankka yo to`lov, yo aksept uchun hujjatlarni taqdim etish bilan cheklanadi. Agarda importyor to`lovni amalga oshirishdan bosh tortsa yoki vekselni akseptlamasa, importyor banki bu xaqda eksportyrga va uning bankiga o`z vaqtida xabar berilishi lozim.




Xulosa

Banklararo xisob-kitoblar tizimi sifatida qarovchi SWIFT Banklar katta xajmdagi axborot oqimini to`plash va qayta ishla ,biznes jarayonlar , molyaviy, moddiy, mexnat xamda boshqa resulslsrni xisobga olish va nazorat qilishni taminlash jarayonlarni avtomatlashtirishga extioj sezmoqda. Jadal rivojlanib borayotgan eloktron tijoratda tomonlar o`rtasidagi bitimlar internet tarmog`idan foydalangan holda electron shaklda amalga oshiriladi. Dunyoda dastlabki electron hujjat aylanishi tizimi bank sohasida paydo bo`ldi. Shunday tizimlardan biri – SWIFT – o`tgan asrning 70-yillaridan buyon ishlatilmoqda. Keyinchalik ichki va xalqaro banklararo axborot tizimlari xam rivojlanib boshladi. Tizimlar takomillashib, rivojlandi va biznes jarayonlar, axborot, tasvirlar va katta hajmdagi ishlarni boshqarishga yonaltirildi.

SWIFT tizimida eng asosiy operatsiya pul otkazmalaridir. SWIFT bazasi bo`ycha real pul o`tkazmalari 50dan ortiq davlatlarga to`g`ri keladi, asosan Evrozonada naqd pul o`tkazmalarini amalga oshiruvchi TARGET sistemasi va valyuta ayirboshlash tizimi KLS va boshqalar bo`lishidan qatiy nazar SWIFTdan keng foydalanuvchi xisoblanadi. Bunga asos “Katta etilik” davlatlarining, jumladan, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Fransiya, davlatlarining SWIFT tizimidan foydalanuvchilarni tashkil qilishdir.

Xalqaro tajriba shuni ko`rsatadiki, SWIFT tizimi davlatlarining milliy tizimlaridan sifat jihatidan yuqori turadi va texnikaviy riskini oldini oladi.

Xozir dunyoda electron xujjat aylanish tizimlarini ishlab chiqish bilan shug`ullanadigan 10minglab kompaniyalar mavjud IBM, Micrasoft, Otacle, Documentum kabi kompaniyalar ushbu sohada yetakchilik qilmoqda.

Demak, SWIFT xalqaro hisob-kitoblar tizimi banklararo hisob-kitoblarni takomillashtirish uchun qo`llanilgan. SWIFTning asosiy maqsadi – uning barcha azolariga yuqori tezlikda bank malumotlari almashish imkoniyatini yaratish. Malumotlarning havfsizligini yuqori darajada taminlanganligi ushbu malumotlarning to`liq saqlanishi va sirliligini taminlaydi, bu esa banklararo to`lov tizimlari uchun eng muhim omillardan hisoblanadi.




Download 69,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish