O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maqsadi va faoliyat asoslari.
O’zbekistonda ikki pog’onali bank tizimi shakllangan. Birinchi pog’onada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va viloyat bosh boshqarmalari, ikkinchi pog’onada tijorat banklari va nobank institutlaridan iborat.
Bugungi kunda O’zbekistonda 29 ta tijorat banki faoliyat olib bormoqda.
Viloyat bo’yicha Markaziy bank boshqarmalari
Markaziy apparat
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI BANKLARI TARKIBI
Markaziy bank O’zbekiston Respublikasi hukumatining bankiri, maslahatchisi va fiskal agenti (hazina vakili) sifatida ish tutadi.
Markaziy bank hukumatga Markaziy bankning vazifalariga hamda vakolatlariga dahldor barcha muhim masalalar bo’yicha maslahat beradi.
Markaziy bank har yili hukumatga iqtisodiy va moliyaviy masalalar, shuningdek, monetar va valyuta siyosati bo’yicha davlat byudjetini tayyorlashga doir tavsiyalarni o’z ichiga olgan ma'ruzani taqdim etadi.
Markaziy bankning bosh maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta'minlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |