Bankning operatsion kuni va uning balansi
Tijorat banklari yangi ish kunini O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning Hisob-kitob markazida (HKM) ochilgan tashqi 21302-Rezident bankning vakillik hisobvarag’i vakillik hisobvarag’ining kun boshiga aylanma va qoldiq summalarini, o’zlarining ichki 10301-Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag’i vakillik hisobvarag’ining aylanma va qoldiq summalari bilan mosligini tekshirish bilan boshlashadi.
Ichki va tashqi vakillik hisobvarag’i aylanma va qoldiq summalarini mosligini tasdiqlash uchun HKM ga elektron fayl yuboradi. HKM tijorat banklari yuborgan elektron faylni qabul qilib oladi va bankning tashqi va ichki vakillik hisobvaraq qoldiq summalarini dasturiy ravishda taqqoslaydi hamda ularni mosligini tasdiqlab banklarga qaytaradi. Vakillik hisobvaraqlar qoldiq summalari mos kelmasa, mavjud farq bartaraf etilmaguncha bank amaliyot kuni ochilmaydi hamda banklararo to’lovlarni amalga oshirishga ruxsat etilmaydi.
HKM dan tasdiq (W-fayl) olgandan so’ng, banklarga banklararo to’lovlarni amalga oshirish uchun ruxsat beriladi
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo’lsa filiallararo va ichki to’lovlar bank ish kuni davomida soat 17-00 ga qadar amalga oshiriladi. Filiallararo to’lovlar bir bank mijozlari o’rtasida amalga oshirilishini inobatga olib, bank o’z mijozlaridan to’lov hujjatlarini qabul qilish vaqtini o’zi mustaqil ravishda belgilaydi. Ichki to’lovlar qatoriga kassa amallari, to’lanishi va olini shi lozim bo’lgan foizlar hisobini hisoblash hamda xodimlarga ish haqi hisoblash va shunga o’xshash amallar kiradi.
Banklararo to’lovlar bo’yicha tijorat banklar mijozlaridan bank amaliyot kuni davomida qabul qilingan to’lov hujjatlari bo’yicha buxgalteriya o’tkazmalarini bank ish kunining soat 15-00 ga qadar amalga oshirib soat 16-00 ga qadar HKMga etkazib berishlari kerak, aks holda banklararo to’lovlar amalga oshirilmaydi. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat bo’yicha bank javobgar hisoblanadi.
Bankning mas’ul ijrochi hujjatlarning o’z vaqtida bir maromda kelib tushishi, ularning oldida katta navbatlar hosil qilishning oldini olish maqsadida har bir bank muassasalarida mijozlarga xizmat ko’rsatish jadvali tuziladi, unda bir kunda bank bilan muloqatda bo’ladigan, har bir mas’ul ijrochiga biriktirilgan korxona va tashkilotlar nomi va ularga xizmat ko’rsatish vaqti ular bilan kelishgan holda belgilanadi. Demak, buxgalteriya xodimlarining ish kuni shunday tashkil etilishi kerakki, bunda kelayotgan hisob-kitob va pul hujjatlar o’z vaqtida ijro etilishii hamda ular hisobvaraqalar bo’yicha buxgalteriya hisobidan aks ettirilib, kundalik balans tuzilishi imkoniyatiga ega bo’lish kerak.
Banklararo byudjet to’lovlari HKMga soat 16-00 dan 16-30 ga qadar yuboriladi, soat 16-30 dan kech yuborilgan banklararo byudjet to’lovlari HKM tomonidan qaytarib yuboriladi. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat bo’yicha bank javobgar hisoblanadi. banklar soat 16-30 dan to 17-00 ga qadar o’zlarida byudjet to’lovlariga ochilgan tranzit hisobvaraq qoldiqlarini HKM orqali O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmalar HKMlarida ochilgan byudjet tranzit hisobvarag’iga o’tkazishlari shart. Bank aybi bilan amalga oshmay qolgan hujjat bo’yicha bank javobgar hisoblanadi, bundan bankka taalluqli bo’lmagan tashqi omillar mustasno;
HKM banklarga banklararo to’lovlar tugaganligi to’g’risida (bundan keyingi o’rinlarda END fayl deb yuritiladi) ma’lumotni soat 17-20 da jo’natadi, shundan so’ng banklar o’rtasida banklararo to’lovlar to’xtatiladi.
Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilmagan bo’lsa, bank shu kunning o’zida bank ish kuni yakunlangandan so’ng, ya’ni soat 18-00 dan so’ng yoki agarda Markaziy bankning farmoyishiga asosan bank ish kuni qonun hujjatlariga asosan uzaytirilgan bo’lsa keyingi bank ish kuni soat 10-00 dan kechiktirmagan holda Markaziy bankka elektron balans (0106BS) hisobotini jo’natadilar. Banklarda ish kuni bank operastiyalari buxgalteriya hisobotida to’liq aks ettirilib, kunlik balans hisoboti tahlil qilinib, bank filiali rahbari hamda bosh buxgalteri tomonidan imzolangandan so’ng yakunlanadi.
Har bir bank yuqorida ko’rsatilgan namunaviy ko’rsatmalarga asosan o’z faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda buxgalteriya xodimlarining ish kuni tartibini ishlab chiqadi. Ushbu rejim bank rahbari tomonidan tasdiqlangandan so’ng har bir buxgalteriya xodimi unga amal qilishi qat’iy bo’lib hisoblanadi.
Yo’riqnomaga asoslangan holda tijorat banklarda buxgalteriya xodimlarining ish kuni rejimining taxminiy holati keltirilgan:
Mas’ul ijrochilarning ish kuni ertalab 8.00 (yoki 9.00) dan 17.00 (yoki 18.00) gacha davom etadi.
Soat 8.00 dan 9.00 gacha mijozlarning shaxsiy hisob varaqalardagi yozuvlarni tekshirish, analitik va sintetik hisob materiallarini bir-biri bilan solishtirish, kerakli hujjatlar bilan shaxsiy hisobvaraqalarini mijozlar bo’yicha hisob varaqalar kartotekasiga joylashtirish bilan shug’ullanadi.
Pul sanash kassasidan tushumni yig’ishga doir hujjatlar operation bo’lim - buxgalteriya xodimi qo’liga ish kuni boshlanish vaqtida kelib tushishi lozim. Operastiya kuni davomida inkassatiya qilingan tushum hujjatlari tushum sanab bo’lingandan keyin, lekin 13.00 dan kechikmay kassadan olinadi. Kassa daftarlarini kassa ma’lumotlari bilan solishtirish 15.00 gacha tugallanishi lozim.
Ish kunining ikkinchi vrimida mijozlardan qabul qilingan arfasida qaydlov uchun rasmiylashtiriladi. Mijozlardan hujjatlar butun ish kuni davomida qabul qilindi. Operastion kun oxirgacha bankka kelib tushgan hujjatlar joriy kun balansi bo’yicha o’tkaziladi. Operation kun tugagandan so’ng yoki kun oxirida topshirilgan hujjatlar bankning keyingi ish kuni balansi bo’yicha o’tkaziladi.
Ish kuni yakunlanishiga kamida ikki soat qolganda inkassaga qabul qilingan boshqa to’lov talabnomalari to’lovchilarga xizmat ko’rsatuvchi banklarga o’sha kunning o’zidek jo’natiladi.
Mazkur bank mijozlarining hisobvaraqlari bo’yicha summalarni kiritish va olishi uchun hujjatlar bir operastiya xodimlaridan boshqalariga kechiktirilmasligi, ular kelib tushgani va hujjatlarga ishlov berilgani sayin topshirib turilishi lozim.
Joriy kun operastiyalari bo’yicha hujjatlar hisob-kassa markaziga ular bilan kelishilgan maxsus grafik bo’yicha berilishi kerak. Ekspeditiya bo’limiga hujjjatlar ish kuni oxiriga kamida 1 - 1,5 soat qolganda qabul qilish to’xtatiladi.
Hozirgi kunda Respublikadagi barcha tijorat banklari vngi kompyuter va boshqa hisoblash texnikasi bilan ta’minlangan bo’lib, o’z ichki hisoblash Markaziga ega. Shu sababli korxona va tashkilotlarning shaxsiy hisobvaraqalari bo’yicha yakunlarini balans hisobvaraqalari va kutilmagan vaziyatlar hisobvaraqalari bilan solishtirish shu kun oxirida amalga oshirish tavsiya etiladi. Bu esa vngi ertangi kun operastiyalarini o’z vaqtida boshlashga imkon beradi.
Tijorat banklarida amalga oshirilayotgan har bir operastiya bo’yicha hujjatlar aylanishining o’z xususiyatlari bor.
Bankning boshqa operastiyalari bo’yicha ham hujjatlar aylanishi o’xshash tarzda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |