Bog'liq Bank tizimida axborot texnologiyasini qullash
Bank elektron tizimiga qo’yiladigan talablar.
Kompyuter tizimiga talablarni ifodalashdan avval tizimdan kim foydalanishi, bundan kim foyda olishi, tizimda qanday axborot ishlanishini aniqlab olish zarur. Agar komp’yuter tizimi kutubxona kitobxonlariga xizmat ko’rsatishni avtomatlashtirish uchun tashkil etilsa, aviachiptalar sotishni avtomatlashtiruvchi tizimga qaraganda boshqaroq talablar qo’yiladi. Shu nuqtai nazardan bank elektron taxlil qilamiz. Tizim foydalanuvchilari bank xodimlari bo’lib, ular hisoblash texnikasi va informatika bo’yicha mahsus kasbiy ta’limga ega emas. Ular uchun komp’yuter asosiy ishi uchun qo’shimcha yordamchi instrument. Shuning uchun asosiy talablardan biri – nokorrekt harakatlardan himoyalanganlik (nokorrekt arakat deganda mutaxassislar tizim dasturiy ta’minotidagi nuqtai nazaridan xato hisoblangan apparatura va harakatlanish, masalan, boshqa tugmani bosish tushuniladi). Lekin ayni vaqtda bunday tizimlar foydalanuvchi bilan do’stona interfeysga ega bo’lishi, ya’ni foydalanuvchilar uchun maksimal tushunarli va qulay bo’lishi lozim. Bank tizimlarida saqlanuvchi va qayta ishlanuvchi axborot o’zida real pullarni aks ettiradi. Bank tizimlaridagi axborot katta sondagi odamlar va tashkilotlar - bank mijozlari manfaatlariga aloqadordir. Qoida bo’yicha u konfidentsial va bank o’z mijozlari oldida talab qilingan darajadagi mahfiylikni ta’minlash uchun javobgarlikka ega bo’ladi. Tabiiyki, mijoz bank uning manfaatlari haqida qayg’urishi shartligini ko`tishga haqli, aks holda bundan kelib chiqadigan oqibatlar tufayli bank o’z nufo`zini yo’qotadi. Shuning uchun bank tizim turli to’xtalish va qasddan harakatlardan maksimal himoyalangan bo’lishi lozim.
Axborot texnologiyalardan foydalanish strategiyasini metodlar belgilaydi, ular yordamida zamonaviy biznes va bu o’zgarishlarni boshqarish yo’llari o’zgartiriladi. Zamonaviy bank faoliyatining foydaliligi ko’p jihatdan yuqori boshqaruvning o’z vaqtida va to’liq axborot bilan ta’minlanishiga bog’liq. Axborot boshqaruvi tizimi bankning o’z faoliyatidagi haqiqiy yordamchilari bo’lib, bozordagi holat bank operatsiyalari foydaliligi, mijozlar hisobi holati va boshqalarga oid axborotlarni ta’minlaydi. Ular yordamida olingan axborotlar bank tomonidan mijozlarga xizmat ko’rsatishni yaxshilash va shaxsiy maqsadlar uchun foydalanilishi mumkin.
Shuningdek banklarga faoliyat risklilik darajasi haqida doimiy axborot ham zarur. Riskni baholash – zamonaviy texnologiyalar yordamida tubdan o’zgartirish mumkin bo’lgan jarayon. O`nga kredit stavkalari, valyutalar kursi, mijozlarning kreditga qobilligini baholay oladigan «intellektual» tizimlar jalb etilishi mumkin. Bunda ehtimoliy ta’sirlar va ularning natijalariga nisbatan tavsiyalar berib boriladi. Kompyuter tizimi hajmi va murakkabligidan qat’iy nazar uchta komponentdan tashkil topadi texnik ta’minot, dasturiy ta’minot, axborot ta’minoti.
Bu uch komponent majmuaviy tarzda axborot texnologiyasini belgilab beradi.
Axborot texnologiyasi deganda hisoblash texnikasi vositalarini qo’llash asosida axborotni qayta ishlash, qidirish, to’plash, saqlashning metod a usullari tushuniladi. Axborot texnologiyasi birdaniga emas, balki bo’lib-bo’lib iste’mol qilinuvchi ixtiyoriy tovar yoki hayotiy omil singari o’ziga tegishli hayot sikliga ega.
Axborot texnologiyalari hayot sikli rasmda tasvirlangan.
Savdo hajmi
Vaqt
Rasm. Axborot texnologiyalarining hayot sikli.
Rasmda ko’rinib turibdiki, hayot sikli davomida texnologiyalardan foydalanish hajmi va o`nga talab o’zgarmaydi. Odatda hayot siklining besh davri ajratiladi.
Birinchi davr – berilgan texnologiyaning tug’ilishi. uning tarqalishi katta emas, lekin samaradorlik ma’lum, shuning uchun foydalanish ko’lami ortib boradi.
Ikkinchi davrda – texnologiyaga talab barqaror va taklifdan o’zib ketadi. Bu o’sish tezlashuvi fazasi.
Uchinchi davr – o’sish sekinlashuvi davri, chunki taklif asta-sekin talabni ortda qoldiradi.
To’rtinchi davr – Etuklik davri, talab to’yinganligiga erishiladi.
Beshinchi davr – bu davrda pasayish yo`zaga kelib, berilgan texnologiyaga talab pasayadi va uning o’rniga boshqa, yanada samarali, jamoatchilik ehtiyojini yaxshiroq qondiruvchi texnologiya keladi.
Shunday qilib, muayyan texnologiyaga talab to’yinishi va pasayishi – iqtisodiy rivojlanishning qonuniyati. Bu fazalarda berilgan texnologiyadan foydalanayotgan ishlab chiqaruvchilar muhim qaror qabul qilishi kerak: yangi texnologiyaga o’tish yoki eskiiga butun imkoniyatlaridan foydalanib, keng qamrab olishga erishish masalasi hal etiladi.
Bank elektron tizimi yaratuvchilari texnologiyalarining haridorlari sifatida gavdalanadi va EHM hamda boshqa jihozlar turlari va modellarini tanlaydilar. Keng miqyosli tizim yaratishda foydalanayotgan texnologiya istiqbolliligi vaqtincha o’rinlardan birini egallash lozim.
Texnologiyalar hayot sikli qisqaroq hayot sikli qisqaroq hayot sikliga ega bo’lgan mahsulot (tovar)lar bilan tutib turiladi. Masalan, foydalanuvchining ish joyida axborot-hisoblash xizmatlari taqdim etish texnologiyasini qator mahsulotlar
– IBM AT-3865 X IDX, IBM AT 486 sxIDX, Pentium, lokal hisoblash tarmoqlari ishchi stantsiyalari, mini EHM terminallari va boshqalar tutib turadi
(qo’llabg’quvvatlaydi).
Ko’rib chiqilgan siklik qonuniyatlar kompyuter tizimining barcha komponentlari uchun adolatli. Ularning loyihalashda, xususan hozirgi hisoblash texnikasi vositalari amalda to’liq xorijdan keltirilayotgan paytda ularni nazarda to`tish zarur.
Doimiy ravishda ortda qolmaslik uchun tizimga o’rnatilishi taxmin qilinayotgan kompyuter yoki dasturiy paketi hayot siklining qaysi bosqichida ekanligini bilish zarur. Ishlab chiqaruvchi uchun texnologiyaning foydali umri texnologik taraqqiyot pastroq darajada bo’lgan boshqa mamlakat bozoriga o’tkazish hisobiga o`zaytirilishi mumkin. Bu bizning davrimizda shaxsiy EHMlarmiqyosida to’la namoyon bo’ladi. Sir emaski, texnologiyalar bozoridagi yirik ishlab chiqaruvchilar 1992 yilda i286 tipdagi, 1993 yilda esa i386 tipdagi mikroprotsessorlar bazasida shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarishni to’xtatgan bo’lsa, bu mahsulotlardan Rossiya va O’zbekistonda professional shk sifatida yuqori talab bilan ko’p vaqt foydalanilgan. Bu bilan jahon bozorida pasayish fazasida bo’lgan texnologiyalar arzonlashuv evaziga hayot sikli va foydaliligini yaratishda uning uchun ko’rib chiqilayotgan texnologiyalar, texnik vositalar va dasturiy ta’minot hayot siklining qanday fazasida ekanini bilish zarur.
4. Bank elektron tizimining axborot ta’minoti bank elektron tizimi kompaniyalari tahlilini axborot ta’minotidan boshlaymiz.
Axborot ta’minoti – foydalanuvchilar samarali ishlashi uchun zarur va etarli barcha axborotlarning tizimda saqlanishi hamda taqdim etilishidir.
Ko’rsatilgan axborotni ko’plab usullarda sinflarga bo’lish mumkin, jumladan: - asosiy va qo’shimcha; - matn va raqamli.
Asosiy axborot predmeti sohadagi ob’ektlarni tavsiflaydi, unda kompyuter tizimidan foydalaniladi (bizning holatda, bank sohasi).
Tizimda asosiy axborotni yoki uni qayta ishlash algoritmlarini tasvirlovchi qo’shimcha axborot ham mavjud bo’ladi. Predmetli sohadagi ob’ektlar turli usullar bilan tavsiflanishi mumkin. Iqtisodchilarni qoida bo’yicha ob’ektlarning miqdoriy tavsifi, ya’ni raqamli axborot qiziqtiradiyu Ayni vaqta iqtisodiy makondagi o’zaro aloqalar va munosabatlar matn bilan – boshqaruv ta’siri hisoblanuvchi qonunlar, hukumat qarorlari, yo’riqnomalar bilan tavsiflanadi. Bundan tashqari, tizim foydalanuvchilari o’zaro erkin matn xabarlari, so’rovnomalar va o’z faoliyatiga taalluqli xatlar almashtirishlari mumkin.
Bankni muvaffaqiyatli axborotlashtirish uchun bank axborot modelini qurish va uning tahlilini bajarish zarur.
Hatto tayyor dasturiy mahsulot sotib olganda ham muayyan bank xususiyatini tushunish lozim. Bu bilan harid qilinayotgan tizim imkoniyatini to’g’ri baholash mumkin bo’ladi.
Axborot modeli tarkibida quyidagi mohiyatlar tavsifi mavjud:
boshqaruv tizimining real ob’ektlari
ob’ektlar o’rtasida va tashqi muhit bilan axborot aloqasi;
axborot aloqalariga mos ravishda uzatilayotgan hujjat yoki massivlar; - uzatilayotgan axborot hajmi va almashuv seanslari chastotasi.
Axborot modelini taqdim etishning shakli bo’lib graf. xizmat qiladi. Ularning yuqori nuqtasi axborot bloki hisoblanib, tizim ob’ektlariga mos keladi va qora quti sifatida, ya’ni axborotni qayta ishlash jarayonlar tavsifisiz ko’rib chiqiladi.
Grafikning yuqori nuqtalari axborot almashish tartibiga mos yo’nalgan kuchlar bilan o’zaro bog’langan. Graf ….. larida yoki ilova qilingan spetsifikatsiyada uzatilayotgan hujjatlar va massiflar nomlanishi ko’rsatiladi. Bundan tashqari, hujjatlar shakli yoki ularda mavjud axborotlar tavsifi, shuningdek, massivlar tarkibi ilova qilinishi lozim. Dasturiy boshqaruv apparat qarori tanlashda muayyan bank bilan ishlash qo’llanilayotgan ishlash texnologiyasi bilan tanishuvdan boshlanadi.
Bank o’tkazadigan operatsiyalar ro’yxati, bankda aylanayotgan hujjatlar ro’yxati bankning ma’muriy chizmasi, bo’linmalar bo’yicha operatsiyalar taqsimoti boshlang’ich axborot hisoblanadi.
Bankning axborot modelini tashkil etishda avvalo tizim ob’ektlari va ularning munosabati, axborot oqimlari yo’nalishi va harakteri (shuningdek, bu axborotlarni tashuvchilar shakli va harakteri – qog’oz hujjatlar, telefon yoki elektron habarlar va h.k.z), axborot oqimlari ustidan amlaga oshiriluvchi operatsiyalarsha e’tibor qaratish lozim.
Boshqa loyiha materiallari kabi axborot modeli ham ishlab chiqarishning bir necha bosqichidan qatadi. Birinchi bosqichda tizim ob’ektlari va ular o’rtasida hamda tashqi muhit bilan aylanishi lozim bo’lgan axborotlash hajmi aniqlashtirilishi muhim. Bu texnik vositalar va ma’lumot o’tkazish tarmoqlarini tanlashga kirishishga imkon beradi. Keyingi bosqichlarda axborot modeli detallashuvi darajasi ortadi: unifikatsiya va kodlash (ma’lumotlarning tashqi tasavvuri) qoidalari hisobiga olingan holda hujjatlar shakli bayon qilinadi, axborot bazasi strukturasi ishlab chiqariladi (ma’lumotlarning ichki tasavvuri), axborot bazasiga tipik so’rovnomalar aniqlanadi.
Bankning axborot tizimi – murakkab va o’zgaruvchan struktura. Sho`nga bog’liq ravishda yaratilayotgan axborot modeli qisman noaniqlik sharoitida to`ziladi. Shuning uchun u egiluvchan bo’lishi, bank tizimining o’zgaruvchan talablariga mos ravishda oson o’zgarishi lozim. Lekin bir vaqtning o’zida model real hayotning ayrim sohalariga adekvat (mos) bo’lishi darkor. Nomuvofiqlik sabablari quyidagilar bo’lishi mumkin:
to’g’ri xabarlar mavjudligi, axborot eskirishi ( miqdoriy kriteriy – noto’g’ri xabar berish chastotasi);
axborot to’liq emasligi (miqdoriy kriteriy – rad etishlar chastotasi);
sukut (tizimda axborot real mavjudligida rad etish);
axborot tizimi shovqini (tizimda to’g’ri axborot mavjudligi noto’g’ri javoblar).
Tizimdagi axborot oqimlari tahlili «tor joylar» (axborotni qayta ishlashda eng ko’p yo`qlama tushadigan jabhalar) va «tinch zavodlar» (personal ortiqchaligi va axborot kam talab etiladigan tarmoqlar (jabhalar))ni aniqlashga imkon beradi. Bunday tahlil asosida operatsion xodimlarni ishga jalb etish, texnik jihozlash va hujjat aylanmasini optimallashtirish bo’yicha tavsiyalar berish, axborot tashuvchilar shaklini o’zgartirishni taklif etish mumkin.
Zamonaviy texnik vositalar axborotni qayta ishlashning «qog’ozsiz» texnologiyasiga o’tishga imkon beradi. Ma’lumotlarni qayta ishlashda elektron ko’rinishda taqdim etilgan ma’lumotlarga asosiy urg’u berilgan. axborotni qog’oz tashuvchilari ham, albatta, saqlab qolinadi. Ular auditorlar va nazoratchi tashkilotlar, bank ichki aylanmasini hujjatda aks ettirish va hamkorlar bilan ishlash uchun zarur.
Faqat alohida, ya’ni elektron hujjatning yuridik maqomi hujjat maqomiga tenglashtirilganda, qog’oz hujjatlar aylanmasidan to’laligicha voz kechiladi.
Qog’ozsiz texnologiyalar afzalligiga quyidagilar kiritiladi:
ma’lumotlarni bir zumda jo’natilishi;
saqlash mukammalligi;
yaxshilangan himoya;
hujjatni qayta ishlashga mehnat sarfining keskin pasayishi.
Biroq qog’ozsiz texnologiyaga o’tish muayyan muammolarga bog’liq. Birinchi navbatda bu ma’lumotlar avtorizatsiyasi va ularning haqiqiyligini isbotlash muammosi.
Qog’ozsiz texnologiyaga o’tish axborot bilan ishlashning ommaviy madaniyatini talab etadi. ba’zan esa bank tashkiliy strukturasini ham qayta tuzishga olib keladi. ikkinchi muammo axborotning qog’oz va elektron tashuvchilar o’rtasida optimal taqsimlash bilan bog’liq.
Shu nuqtai nazardan bank axboroti uch toifaga ajratiladi:
Hisob-kitoblarda ishtirok etuvchi ma’lumotlar (majburiy ravishda elektron ko’rinishda bo’lishi lozim);
Tez-tez foydalanuvchi va shaklga solinadigan qo’shimcha axborot (uni ham elektron ko’rinishda saqlagan ma’qul);
Batafsil va shaklga solish murakkab, xususan, matnli axborot (qog’oz tashuvchida saqlash, lekin elektron tarzda ro’yxatga olgan yaxshi).
Axborot modelini ishlab chiqishda nafaqat istiqbolni ko’rish, balki qanday qaror minimal zarurligini tasavvur qilish ham muhim. Kompyuter tizimi ichida axborot ma’lumotlar bazasi ko’rinishida saqlanadi. Bunda aloyuida ish joylarida bajarilgan hisob-kitoblar o’zaro axborot bog’lanishi taqozo etiladi.
Ma’lumotlar bazasi EHMda axborot saqlashning boshqa usullaridan farqlanadi.
Ma’lumotlar bazasida ko’plab ilovalarning axborotlari integratsiyalanadi va undan ko’p maqsadli birgalikda foydlanish ta’minlanadi;
Aniq amaliy dasturlardan mustaqil ravishda ma’lumotlar bazasi mavjud;
Ma’lumotlar bazasi ma’lumotlar ortiqchaligining minimal zaruriy darajasini o’rnatishga imkon beradi; ya’ni turli foydalanuvchilar foydalanishida ma’lumotlar ikkilanmaydi;
Malumotlar bazasida ma’lumot taqdim etishning standartlariga riyao etish ta’minlanadi. Bu uni yaratish va xizmat ko’rsatishni soddalashtiradi.
Ma’lumotlar bazasida ma’lumotlarni, jumladan, so’rov yuborish tili va himoya vositalarini markazlashgan boshqaruvi ta’minlanadi.
Ma’lumotlar bazasining sanab o’tilgan barcha xususiyatlarining amalga oshirilishini ta’minlaydigan dasturlar ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimiga birlashtirilgan. (MBBT). Ular kirishni boshqaruvi va ma’lumotlar yaxlitligi ham amalga oshiradi. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi ma’lumotlarning muayyan modeli va struktalariga yo’naltirilgan. Oldingi tizimlar ierarxik modelga yo’naltirilgan bo’lib, unda yuqoriroq darajadagi ob’ektlar quyi darajadagi ob’ektlarni ishga tushirgan. Real predmetli sohada shunday ob’ektlar mavjudki, ularda bo’ysunuvchi element yuqoriroq darajadagi bir nechta element bilan bog’langan. Bunday aloqalar ma’lumotlar tarmoq modeliga mos keladi. So’nggi yillarda yaxshi nazariy bazasi nisbatlar algebrasi va ularni shaxsiy EHMlarda realizatsiyasi tufayli ma’lumotlarning relyatsion modellari jadal rivojlandi. Ma’luotlar relyatsion modelda jadvallar to’plami sifatida ko’rib chiqilishi mumkin. Jadvallar bilan ularni birlashtirish, ularning ayrim shartlarga mos satr va ustunlarini tanlashga imkon beruvchi operatsiyalarni hosil qilish mumkin.
Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari 1960 - yillarda tijoriy tarqaldi va kompyuter tizimlari hamda dasturiy vositalarning yirik ishlab chiqaruvchilari tomonidan etkazib berildi. Tizimlarning har biri qoida bo’yicha bir platformada operatsion tizim bilan birga EHM turi ishlaydi. O’sha vaqtlar MBBTsiga ADABAS, MARK-IV, SPECTRA kabilar kiradi.
Biroq 1980 yillargacha MBBT katta loyihalar uchun instrument va qaramliligicha qoldi, chunki ular yuqori malakali personal, kuchli EHM talab qilgan, ishlanmalar qimmatlashib, ularning muddati o`zaygan. Hozirgi ma’lumotlar bazasi g’oyasi mamlakatlarda 1980 yilning ikkinchi yarmidan, shaxsiy EHMlar miqdori sezilarli ko’payib, ularga mos dasturlar paydo bo’lgandan so’ng tadbiq etila boshlandi. Bu paketlar relyatsion turdagi individual ma’lumotlar bazasidan foydalanish va loyihalashtirishga imkon beradi. Do’stona interfeysga ega, foydalanish va o’zlashtirish oson, buning ustiga nisbatan arzon. Ularning eng mashhurlari dunyoda minglab instalyatsiyaga ega.
Bunday turdagi keng tarqalgan tizimlardan quyidagi turli variant va
versiyalarni tilga olish mumkin:
d BASE, Ashton-Tate Cotp. Firmasiga tegishli (PARADOX ishlab chiqaruvchi Borland firmasiga 1991 yilda qo’shilib ketgan);
R: BASE, Microrim Inc firmasiga tegishli;
PARADOX, Borland International firmasiga tegishli;
FoxBase va FoxPro, FoxSoftware Inc firmalariga tegishli;
Slipper, Nuntacket Corp. firmasiga tegishli;
Clarion, Clarion Software Corp. firmasiga tegishli va b.
Bu tizimlar orasidan yaxshisini ajratish qiyin. Ixtirochilar iloji boricha tez- tez
qo’shimcha imkoniyatlarga va texnologik qarorlarga ega Yangi versiyalar chiqarib, raqobatdoshlaridan o’zib ketishga intiladilar. Shuning uchun aynan bir xil MBBT larning turli vaqtdagi oxirgi versiyalarini qiyosiy bahosi farqlanadi.
O’zbekiston banklari uchun sanab o’tilgan MBBT asosida Amaliy bank tizimlaridan foydalanish harakterli hisoblanadi. Biroq bunday dasturlar faqat uncha katta bo’lmagan banklar uchun samarali bo’lib, ularda har kuni 5000dan ortiq bo’lmagan hujjat qayta ishlanadi. Bankning asosiy mijozlari yuridik shaxslarbo’lib, ularga tor doiradagi xizmatlar to’plami ko’rsatilgan vaqt o’tib bormoqda. Hozirda banklar e’tibori mayda ommaviy omonatchilar bilan ishlashga qaratilgan.
Lekin mijozlarni jalb etishning asosiy vositasi yuqori fondlar bo’lgan davr ham o’tib bormoqda. Xizmat ko’rsatish sifati va xizmatlar to’plami birinchi darajaga chiqmoqda. Bank tizimlari uchun bu o’n yoki yo`z minglab hujjatlarni har kuni real vaqt rejimida qayta ishlashni, ma’lumotlar bazasida konfidentsialligi kafolatlangan axborotlarni ta’minlashni, ma’lumotlar bazasining yuqori darajali xavfsizligi va ishonchliligini anglatadi. Bu shartlarni bajarish uchun «mijoz- server» texnologiyasi qo’llanilishi zarur. O`nga esa maxsus MBBTlar kerak, chunki yuqorida sanab o’tilgan MBBTlar keng ko’lamli ma’lumotlar bazasi ishlab chiqaruvchilarni to’liq qanoatlantira olmaydi.
Ma’lumotlar bazasining sezilarli hajmida amaliy dasturlari tezkorligi pasayadi.
Uskuna to’xtab qolganda yoki personal harakatiga bog’liq ravishda axborotlar saqlanganligini ta’minlash vositalari yo’q yokim kam rivojlangan.
Noqonuniy kirish va ta’sirdan himoya vositasi etarlicha samarador emas. * Bir nechta foydalanuvchi ishlaganda axborot yaxlitligini ta’minlash vositalari rivojlantirilmagan.
MB bilan ishlashda «mijoz-server» texnologiyasini amalga oshiruvchi zamonaviy MBTTlar murakkab va qimmat dasturiy mahsulotlar hisoblanadi, shuning uchun bank uchun aniq MBBTlar tanlovi yaxshi asoslangan bo’lishi lozim. MBBTlarning jahon bozori etakchilarni - «katta to’rtlik»ni aniqlanadi:
Bular - Oracle, Sybase, Informix, Ingres. Bizda qo’llash mumkin bo’lganlar sirasiga Progres, Coptaba Interbase ni ham kiritish mumkin. Bu MBBTlar keng tarqalgan ko’plab kompyuterlarda ishlatiladi, chunki MBBT ishlab chiqaruvchilar o’z tizimlarini, turli platformalarga o’tkazuvchanligini ta’minlaydi. O’zining texnik tavsifiga ko’ra ular taxminan bir xil, shuning uchun tanlashda texnik tavsifiga emas, boshqa masalalarga e’tibor qaratiladi.
Rasmiy texnik qo’llab-quvvatlashni kim amalga oshiradi (Moskvada yoki Nyu-Yorkda)?
Ushbu MBBTlar bo’yicha mutaxassislar bormi? (aks holda o’z hisobidan ularni tayyorlash zarur)?
MBBTning tarqalganligi qay darajada va uning uchun qancha dasturiy ta’minot yaratilgan?
Turli MBBTlarda amalga oshirilgan ma’lumotlar bazasining o’zaro ta’siri kuzatiladi. Bo`nga AQShda 1986 yilda qabul qilingan ma’lumotlar bazasiga so’rovnoma jo’natish tili standarti SQS (Structured Qvery Language) imkon berdi. MBBTning asosiy ishlab chiqaruvchilari o’z tizimlarida SQL orqali tashqi interfeysni ta’minlaydilar.
5. Bank elektron tizimlarining texnik ta’minoti
Bank faoliyatini avtomatlashtirishning mavjud tizimlarini to’rt avloddan biriga kiritish mumkin.