Bank reytingini aniqlash usullari «camel» omillari tavsifi «Axbor-reyting» agentligi



Download 54,95 Kb.
bet8/12
Sana22.11.2022
Hajmi54,95 Kb.
#870586
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Banklarni kreditlash reytingini aniqlash

3. «Axbor-reyting» agentligi
Iqtisodiyotning rivojlanishida chet el investitsiyalarini yurtimizga olib kirish va aholidagi bo‘sh pul mablag‘larini banklarga jalb qilish juda muhim ahamiyatga ega. Ana shu maqsadda 1996-yil sentabr oyida O‘zbekiston banklar assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan «Axbor – reyting» banklararo kompaniyasi har chorakda inves-torlar va bozor iqtisodiyotining barcha qatlamlari uchun respublikamiz banklari faoliyati to‘g‘risida aniq ma’lumotlarni berib kelmoqda.
Ya’ni kompaniya tomonidan tijorat banklarining reyting tadbirlari o‘tkazilib, ushbu natijalar barcha ommaviy axborot vositalarida, radio va televideniyeda muntazam ravishda e’lon qilib borilyapti. 2007-yil birinchi yarim yillik yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan reytingda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 29 ta tijorat bankidan 21 tasi qatnashib quyidagi natijalarga erishdilar ( 3, 4 -jadvallar).
Tijorat banklari faoliyatining 2007-yil 1 yarim yillik yakunlari bo‘yicha reytingining o‘rtacha ko‘rsatkichi 40,95 ballni tashkil etdi, bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan sezilarli darajada yuqoridir. (2006-yilning birinchi yarim yilligida ushbu ko‘rsatkich 34,10 ballni tashkil etgan). Bunga banklar faoliyatining ko‘lamlilik va rentabellik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi sabab bo‘ldi.
3-jadval.




Yirik tijorat banklari faoliyatining reyting baholari




Bank nomi


Yakuniy reyting bali

“O‘zsanoatqurilishbank”


80.61

“Paxtabank”

76.88

“Ipotekabank”

70.14

“G‘allabank”

57.12

“Kapitalbank”

51.52

“Ipak yo‘li banki”

50.12

ABN AMRO BANK MB
O‘zbekiston AJ


12.24


Ko‘lamlilik ko‘rsatkichining o‘sishi tijorat banklari jami aktivlari va umumiy daromadlarining ijobiy dinamikasi evaziga yuz berdi. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida reytingda ishtirok etgan tijorat banklari aktivlari 45,2 foizga o‘sdi. Tahlil qilinayotgan davr mobaynida aktiv-larning yuqori o‘sish sur’atlari Alp Jamol bank (145 foiz), Trastbank (137 foiz), ABN AMRO Bank (hozirgi RGB) MB O‘zbekiston AJ (109 foiz), Ipotekabank (62 foiz) va O‘zsanoatqurilishbank (52 foiz) larda kuzatilmoqda. Jalb qilingan mablag‘larning 45,0 foizga o‘sishi banklar aktiv operatsiyalari hajmining kengayishini ta’minladi.


Nomoliyaviy sektor depozitlari va olingan ssudalar banklarning jalb qilingan mablag‘larining asosiy manbayi hisoblanadi. Ularning umumiy hajmi banklarning umumiy majburiyatlarining 80 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qilmoqda. Banklarning depozit bazasi 56,1 foizga o‘sdi. Depozitlarning o‘sishi asosan talab qilib olinguncha (63,5 foizga) va muddatli (51,8 foizga) depozit hisobvaraqlari qoldiqlarining ortishi evaziga yuz berdi. Ularning jami depozitlar tarkibidagi ulushi tegishli ravishda 71,5 foiz va 22,1 foizni tashkil qildi. Boshqa banklardan jalb qilingan mablag‘lar qoldig‘i 96,6 foizga o‘sdi. Depozit bazaganing yuqori o‘sish sur’ati Trastbank (164 foiz), Alp Jamol bank (96 foiz), O‘zsanoatqurilishbank (87 foiz), G‘allabank (85 foiz) va Paxtabank (66 foiz) larda kuzatilmoqda.
Bank aktivlarining asosiy qismini kredit qo‘yilmalar va likvid mablag‘lari tashkil qilib, ularning umumiy hajmi banklar aktivlarining 85,4 foizini tashkil qilmoqda. Kredit qo‘yilmalari (sof qoldiq) tahlil qilinayotgan davr mobaynida 35,4 foizga o‘sdi. O‘tgan davr mobaynida banklarning lizing faoliyati jadallashib, ularning lizing portfeli 52,1 foizga o‘sdi. Banklarning likvid mablag‘lari (naqd pul qoldig‘i, Markaziy bankdagi va boshqa banklardagi hisobvaraqlar qoldig‘i) 58,5 foizga o‘sdi. Natijada tijorat banklari likvid mablag‘larining jami aktivlardagi ulushi 33,9 foizga oshdi.
2007-yilning birinchi yarim yilligi davomida banklarning umumiy daromadi 29,2 foizga ortdi. Umumiy daromadlarning 52,6 foizini foizli daromadlar tashkil qilmoqda. Foizli daromadlar tahlil qilinayotgan davr mobaynida 36,6 foizga o‘sdi. Ssuda va lizing operatsiyalaridan olingan



Download 54,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish