Banklarda Lizing operatsiyalari. Lizing (moliyaviy ijara) – Bank o‘z mijozining (lizing oluvchi) topshirig‘iga binoan sotuvchidan lizing shartnomasiga binoan mol-mulkni (lizing ob’ektini) mulk qilib sotib olishni va haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing oluvchiga berishni nazarda tutadigan ijara munosabatlarining alohida turi.
Lizing ob’ektlari – tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan iste’mol qilinmaydigan har qanday ashyolar, shu jumladan korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshootlar, uskunalar, transport vositalari hamda boshqa ko‘char va ko‘chmas mulk (er uchastkalari va boshqa tabiiy ob’ektlar, shuningdek, muomaladan chiqarilgan yoki muomalada bo‘lishi cheklangan boshqa mol-mulklar bundan mustasno).
Do'stlaringiz bilan baham: |