Alohida afzalliklari:
Zamonaviy bank texnologiyalari, mijozlarning faoliyatidan kelib chiqqan tarzda ishlab chiqilgan xizmatlar majmui, malakali xodimlar va har bir mijozga alohida yondashuv ko‘rsatilayotgan xizmatlarning o‘ta qulayligi va yuqori sifatliligini ta’minlaydi.
Hisob raqam ochish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati (O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari uchun):
Hisob raqam ochish uchun ariza;
Davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqida guvohnomaning nusxasi;
Ta’sis hujjatlarining notarial tasdiqlangan nusxasi;
Notarial tasdiqdan o‘tgan, 2 nusxadan iborat rahbar va bosh buxgalterning imzolari bilan muhr namunasi aks etgan kartochkalar;
Mijoz nomidan moliyaviy hisob-kitob hujjatlariga imzo qo‘yish vakolatiga ega bo‘lgan shaxsning o‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjati.
Do'stlaringiz bilan baham: |