Bank ishi va investitsiyalar



Download 2,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/163
Sana25.02.2022
Hajmi2,63 Mb.
#464660
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163
Bog'liq
. . - ibrohim toymuhamedov

Nazorat uchun savollar: 
1. Pul islohotlarini amalga oshirishning zarurligini, pul islohotlarini amalga 
oshirish shart-sharoitlarini ochib bering?
2. Pul islohotlarini amalga oshirish usullarini yoritib bering?
3. Denominatsiya va uni amalga oshirish tartibini, nullifikatsiya va uni amalga 
oshirish tartibini tushuntirib bering?
4. O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan pul islohotlari va ularning 
o‘ziga xos xususiyatlarini yoritib bering? 


111 
X BOB. KREDITNING ZARURLIGI, FUNKSIYALARI, TURLARI VA 
SHAKLLARI 
Reja: 
10.1. Kredit zarurligi va mohiyati.
10.2. Ssuda kapitali manbasi va harakat qilish shakllari. 
10.3. Kreditning asosiy tamoyillari. 
10.4. Kreditning turlari va shakllari. 
10.5. Kreditning asosiy funksiyalari va tashkil qilish asoslari 
10.6. Kredit nazariyalari tanqidi 
 
Tayanch iboralar: 
kredit, iqtisodiy munosabat, tamoyillari, xarakterli 
tomonlari, xususiyatlari, qiymat harakati

Davlat krediti, tijorat kreditlari, bank 
krediti, ist’emol krediti, kredit turkumlanishi. 
 
10.1 Kredit zarurligi va mohiyati 
Jamiyat faoliyatining o’ta muhim jihati - bu ishlab chiqarishdir. Ishlab 
chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, maxsulotlar va xizmatlardan 
iborat xayotiy ne’matlar yaratiladi. 
Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat omillari 
ta’minlaydi. Ishlab chiqarish bu omillar bilan har doim ham bir tekisda ta’minlana 
olmaydi.
Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishlab chiqarish 
kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi. 
Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir marta 
aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli kredit munosabatlari paydo 
bo‘lishining iqtisodiy asosidir. 
Bizga ma’lumki, pul mablag‘lariga ko‘p hollarda kreditlarga olingan 
mablag‘lar, korxonalarning hisob varaqasida mablag‘lar va naqd pullar, aylanma 
mablag‘lar va moliyaviy mablag‘lar kiradi. 
Bu iqtisodiy kategoriyalar tashki tomondan o‘xshagani bilan, ularni ichki 
xususiyatlari juda xilma-xil va bir-biriga o‘xshamaydi. 
Kredit-bu vaqtincha bush turgan pul mablag‘larini ma’lum muddatga, xaq 
to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan 
iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. 
Kredit yordamida tovar - moddiy boyliklari, turli mashina va mexanizmlar 
sotib olinadi, iste’molchilarni mablag‘lari yetarli bo‘lmagan sharoitda to‘lovni 
kechiktirib tovarlar sotib olishlari va boshqa har-xil to‘lovlarni amalga oshirish 
imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 
Kredit iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning aniq bir 
ko‘rinishi sifatida yuzaga chiqadi.
Kredit har qanday ijtimoiy munosabat emas, balki ijtimoiy ishlab chiqarish 
mahsuli, qiymatning harakati, qarz beruvchi va qarz oluvchi o‘rtasidagi iqtisodiy 
munosabatlarni ifodalovchi kategoriyadir.
Kreditning mohiyati uning ichki belgilarini ochib berishga qaratilgan. 
Kreditning mohiyatini ochish - bu uning sifatlarini, kreditning muhim tomonlarini, 


112 
uning iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida ko‘rsatuvchi asoslarni 
bilish demakdir. 
Iqtisodiy kategoriya sifatida kreditning mohiyati ko‘pgina iqtisodchi olimlar 
tomonidan o‘rganilib chiqilgan va ular tomonidan kreditning mohiyati bo‘yicha 
fikrlar bildirilgan.
Kreditning mohiyatini tushunish uchun avvalom bor, uning tarkibi nimadan 
iborat ekanligini tushunib olish zarur. Kredit munosabat bo‘lishi uchun uning zarur 
munosabatlari - kreditning ob’ekti va sub’ektini bilish zarur. 
10.1-chizma
16

Respublikamizning 
iqtisodchi 
olimlaridan 
Sh. 
Abdullayeva 
kredit 
munosabatlarida sub’ektlar ikki xil bo‘lishini ko‘rsatib o‘tadi: 
- kredit (qarz beruvchi); 
- qarzdor. 
Bundan tashkari, kredit kredit munosabatlari tarkibining elementi sifatida 
kreditning ob’ekti yuzaga keladi. 
Bunda qarzga berilgan mablag‘ o‘z qiymatini saqlab qolishi kreditning asosiy 
xususiyati hisoblanadi. Kredit tarkibi uning elementlari birligini ifodalaydi. 
Kreditning harakat bosqichlari ham uni muhim belgisi hisoblanadi. Qarzga 
beriluvchi qiymat harakatini quyidagicha ifodalash mumkin: 
B
k
-O
kz
-I
k
- V
r
- +
k
- F
ks
B
k
- kreditning berilishi; 
O
kz
- kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik ehtiyojini qondirish 
uchun olinishi; 
I
k
- kreditni ishlatilishi qarz oluvchining kreditni nima maqsadda olinganligi 
bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi; 
V
r
- qarz oluvchining xo‘jaligida qarzga olingan qiymatning aylanishi 
tugallanishini resurslarning aylanishdan chiqarilishini ifodalaydi; 
Q
k
- kreditni qaytarish; 
F
ks
- vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qo’liga qaytib kelishi (foiz bilan). 
Kredit mohiyatining tahlili uzluksiz jarayon. Bunda tahlil jarayonida yangidan 
yangi beligilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin. 
16
Sh.Z. Abdullayeva. “Pul kredit banklar”. Tosh. : “Moliya” -2000 y. 121 bet
.

Download 2,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish