Bank ishi va auditi yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Murodov Suhrobning Oʻzbek tilini sohada qoʻlanishi fanidan Mustaqil Ishi MAVZU: Jamoa oʻrtasidagi muloqot Reja: 1.Muloqat haqida maʼlumot 2.Muloqat turlari va ahamiyati Muloqot haqida maʼlumotlar - «Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. Yoki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni.
Muloqot tamoyillari - Muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi
- Kommunikatsiya – o‘zaro hamfikrlilikka boshlovchi, ikki tomonlama axborot almashinuvi jarayoni.
- Kooperatsiya - hamkorlik faoliyatini tashkillashtirish, guruh maqsadlariga erishishni ta’minlab beruvchi o‘zaro ta’sir.
- Verbal kommunikatsiya - inson nutqi belgilar tizimi sifatida qo‘llaniladi
- Kommunikatsiya - tirik va o‘lik tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot almashinuvini anglatadi
- Nutq faoliyati – odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish va avlodlarga berish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z harakatla¬rini rejalashtirish maqsadida tildan foydalanish jarayonidi
Yigʻilish turlari - Yig’ilish turlari ikkiga bo’linadi
- 1.Funksiyasi asosida 2.Rasmiyatchilik asosida
- Funksiyasi asosida:
- 1-ma’lumot berish uchun: yig’ilishning bu bajarilishi talab etilganda bu kabi yig’ilishlar o’tkaziladi. turi ma’lumotni bo’lishish va shu ma’lumot bo’yicha a’zolari yoki qatnashchilarning qarashi va fikrlarini yig’ish uchun olib boriladi
- 2-maslahat(konsultatsiya) uchun: samarali qarorga kelishlari uchun a’zolarni maslahat (konsultatsiya) berish uchun o’tkaziladi.
Konferensiya haqida maʼlumotlar - KONFERENSIYA- yopiq guruh muhokamasidir. Konferensiya odatda katta miqdordagi insonlarning yig’ilishi bo’lib,ular muayyan mavzu bo’yicha muhokama qilish uchun tajriba yoki ma’lumotni almashish uchun o’tkaziladi.
- Konferensiya tashkilot duch kelgan yoki shu bilanbog’liq masala biror muammo xususida qarashlarni almashishinish uchun o’tkaziladi va hatto, yechim ham berishi mumkin ,ammo,konferensiyadan olingan takliklar bog’langan bo’lmaydi.
- Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Muomala madaniyati - Muomala madaniyati, eng avvalo, xalqimizning bolajonligi, oilani muqadas bilishida namoyon bo’ladi.
- Ikki notanish o’zbek yigiti uchrashib qolsa, salom - alikdan keyingina suhbatni "Uylanganmisiz?" degan gapdan boshlaydi. Agar ular 30 yoshlarda bo’lsa savol boshqacharoq bo’ladi: "Og’ayni bolalardan nechta?" Ha, kasb - kor, uy - joy, boylik va shu kabi moddiy jihatlar surishtirilmaydi, bu odob doirasiga kirmaydi ham, lekin bola - chaqadan so’z ochish o’zbeklarga xos milliy odatlardandir. Ota - ona uchun farzandlari haqida maqtov eshitish, "Otangga rahmat" degan olqish ham eng katta saodatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |