ketishini kuzatib: “pulning qiymatini uning miqdori belgilaydi” degan ta’limotini
ilgari
suradi.
Miqdoriy pul nazariyasining dastlabki vakillari pulni faqat to‘lov vositasi sifatidagi
vazifasiga e’tibor qaratadi, ularning fikricha pul va tovar ayirboshlash jarayonida
uchrashishi natijasida pulning qiymati aniqlanadi degan noto‘g‘ri g‘oyani ilgari
suradilar. Shuningdek, ularning ta’limotidagi ikkinchi kamchilik muomalaga
chiqarilgan barcha pullar muomala jarayonida ishtirok etadi deya ishonishlaridir.
Haqiqatda esa ob’ektiv iqtisodiy qonunlar muomalaga zarur bo‘lgan pulning miqdorini
aniqlaydi. Bu bilan ular pulning jamg‘arma, to‘lov vositasi
kabi funktsiyalarini
e’tibordan chetda qoldirishadi.
Kredit va qog‘oz pul muomalasiga asoslangan miqdoriy pul nazariyasining
zamonaviy sharoitdagi talqini yirik iqtisodchi olimlar L.Marshall, I.Fisher, G.Kassel,
B.Xansen, M.Fridmanlarning asarlarida bayon etilgan.
Ularning miqdoriy pul nazariyasi ikkita yo‘nalishdagi ta’limotga asoslangan
bo‘lib:
–birinchisi, I.Fisher va M.Fridman boshchiligidagi monetaristlarning “tranzaktsion
variant” ta’limoti;
–ikkinchisi, A.Pigu boshchiligida angliya
Kembrij maktabi vakillari, ikkinchi
jahon urushidan keyin esa D.Patinkinning “kassa qoldig‘i” kontseptsiyasi ta’limoti
hisoblanadi.
Pul nazariyasi haqida amalga oshirilgan o‘rganishlar, tahlillar natijasida miqdoriy
pul nazariyasining rivojiga sezilarli ravishda hissa qo‘shgan kishilardan biri amerikalik
iqtisodchi I.Fisher (1867–1977) ekanligining guvohi bo‘ldik. U pulning mehnat mahsuli
natijasidagi qiymat ekanligini inkor etib, uning sotib olish qobiliyatidan kelib chiqqan
holda fikr yuritadi.
Monetaristlar zamonaviy miqdoriy pul nazariyasiga qator yangicha holatlarni
kiritishdi. Xususan:
birinchidan, ular pul massasi va bahoning o‘zaro bir–biriga to‘g‘ri
proportsionalligidan voz kechdilar, faqat bozorga taklif etilayotgan tovarlar hajmining
baholarga ta’siri haqidagi ta’limotni yoqladilar;
ikkinchidan, ular pul birligi aylanish tezligini e’tirof etadilar, biroq bunga jiddiy
e’tibor qaratishmaydi;
uchinchidan, ular I.Fisherning tovarlar hajmining o‘zgarmas
sharoitida
muomaladagi pul miqdori jami tovarlar bahosini ko‘paytirilganiga tengligini inkor
etadilar;
to‘rtinchidan, takror ishlab chiqarish sharoitida turli darajadagi tebranishlarni
aniqlashda pul massasi dinamikasi birinchi darajali
ahamiyatga ega ekanligiga
ishonadilar, pul–kredit siyosatiga esa iqtisodiyotni rivojlantirishning moliyaviy
mexanizmi sifatida qaraydi. Kembrij maktabi vakillarining qarashlari I. Fisher
ta’limotidan farqli o‘laroq, odamlarning qo‘llarida pul ushlab turishlariga asos bo‘luvchi
pulning ikki xususiyatini ajratib ko‘rsatishadi.
Birinchidan, pulning almashuv vositasi ekanligi. Sub’ektlar
bitimlarni amalga
oshirayotgan vaqtlarida pul almashuv vositasi sifatida amal qiladi. Kembrij maktabining
vakillari Fisherning pulga bo‘lgan talab bitimlar hajmiga bog‘liq va pulning bitimlarni
amalga oshirishi uchun talabi nominal YaIMga proportsional ekanligi to‘g‘risidagi
fikriga qo‘shiladilar.
Ikkinchidan, pul boylikni saqlash vositasi:
Modomiki, pul boylikni saqlash vositasi ekan, pulga bo‘lgan talab ushbu boyliklar
miqdoriga ham bog‘liq degan fikrni ilgari suradi
Miqdoriy pul nazariyasi Angliyaning Kembrij maktabi vakillari tomonidan
o‘rganilgan bo‘lib, uning vakillari sifatida A.Marshal, D.Robertson va D.Patinkinlarni
keltirish mumkin. I.Fisherning miqdoriy pul nazariyasi
haqida shakllantirgan
“tranzaktsion varianti”da pul asosan muomala vositasi va to‘lov vositasi
funktsiyalarini bajarishini e’tirof etgan bo‘lsa, A.Pigu miqdoriy pul nazariyasida pulni
jamg‘arma vositasi funktsiyasi vazifasini ham bajarishini ta’kidlab, unga alohida
ahamiyat qaratadi.
Angliya Kembrij maktabi vakillari miqdoriy
pul nazariyasi borasidagi
ta’limotlarida I.Fisherning pul nazariyasi xususidagi ta’limotidan farqli yana bir
kontseptsiyani ilgari suradilar. Agar, I.Fisher iqtisodiyotga zarur bo‘lgan pul
miqdorini uning taklifini tahlil qilish asosida aniqlagan bo‘lsa, Kembrij maktabi
vakillari iqtisodiyotga zarur bo‘lgan pul miqdorini tovarlar va xizmatlar hajmidan kelib
chiqib unga bo‘lgan ehtiyoj asosida aniqlash zarurligi haqidagi ta’limotni ilgari
suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: