Xo‘jalik ob’ektlarinig o‘z mablag‘lari manbalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
ustav fondi;
rezerv fondi;
boshqa tashkil qilingan fondlar;
o‘tgan va hisobot yillaridagi taqsimlanmagan foyda.
Korxonaning o‘z mablag‘lari bilan ta’minlanganligi 30% dan kam bo‘lmasligi kerak. Aylanma aktivlarining aylanish tezligi va korxona faoliyatidan kelib chiqqan holda bu ko‘rsatkich ozgina past bo‘lishi ham mumkin. Agar bu ko‘rsatkich 60% dan yuqori bo‘lsa, kredit bo‘yicha riskni minimal deb qarash mumkin.
YUqoridagi ko‘rsatkichlarning natijasi me’yoriy talablar bilan taqqoslanadi va korxonaning moliyaviy ahvoli aniqlanib, kredit berish mezonlari belgilanadi. Kredit berish bo‘yicha sinflarga ajratishda quyidagi talablar hisobga olinadi.
-jadval
Kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlariga
qarab mijozlarni sinflarga ajratish bo‘yicha talablar
№
|
Ko‘rsatkichlar
|
I sinf
|
II sinf
|
III sinf
|
1.
|
Qoplash koeffitsienti (Kq)
|
Kq2,0
|
2,0>Kq1,0
|
1,0>Kq
|
2.
|
Likvidlilik koeffitsienti (Kl)
|
Kl1,5
|
1,5>Kl1,0
|
1,0>Kl
|
3.
|
Muxtorlik koeffitsienti (Km)
|
Km60%
|
60%>Km30%
|
30%>Km
|
Kreditga layoqatlilikning har bir sinfdagi korxonalarga banklar xar xil kredit munosabatlari to‘za oladilar. 1-sinfga mansub qarz oluvchilarga bank kredit liniyasi ochishi, kontokorrent hisob rakami bo‘yicha kredit berishi, boshqa qarz oluvchilarga nisbatan past foizlarda ishonchli kreditlar berishi, kreditlar bo‘yicha ta’minganlik talab qilinmasligi mumkin.
2-sinfga mansub qarz oluvchiga esa umumiy asoslarda va odatdagi tartibda, ya’ni majburiyatni muvofik shaklda ta’minlanishi (kafolat, garov, kafillik) sharoitida kredit beriladi., agar uning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari ijobiy holda bo‘lsa, unda unga imtiyozlar berilishi mumkin, ammo ishonchli kreditlar berilmaydi. Agar qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha kamchiliklar bo‘lsa, uning moliyaviy ahvoli nobarqaror deb topilishi va uni yaxshilash uchun choralar ko‘rishni talab qilish, kredit bo‘yicha garovni mustahkamlash, foiz stavkalarin oshirishi, ssudaning summasini va muddatini cheklash choralarini ko‘rish mumkin.
Bank uchun 3-sinfga mansub korxonalarni kreditlash jiddiy risklar bilan bog‘liqdir. SHuning uchun ular kamdan kam holatlarda va yuqori turadigan korxonalar kafolati hamda mulkni garovga qo‘ygan holatda eng yuqori foizlarda kreditlanadilar.
Agarda tahlil bo‘yicha mijozning moliyaviy holatida qoplash koeffitsienti 0,5dan (kk<0,5) kichik bo‘lsa, likvid mablag‘lari juda kam bo‘lsa yoki umuman mavjud bo‘lmasa va uning o‘z mablag‘lari miqdori ham kam bo‘lsa, u nolikvid balansga ega bo‘lgan, moliyaviy holati nochor korxona deb qaraladi va uni 4-sinfga kiritish mumkin va bunday korxonlarga odatda umuman kredit ajratilmaydi.
Mijozlarning kreditga layoqatliligini baholashning muhim bir xususiyati shundaki, yuqorida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar korxonaning kreditga layoqatliligini baholashning yakuniy ko‘rsatkichlari hisoblanmaydi. Mijozlar faoliyati va ularning moliyaviy ahvolini yanada chuqurroq ko‘rib chiqishda, hamda kreditga layoqatliligining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha mijoz turli xil sinflarga taalluqli bo‘lib chiqsa, u holda moliyaviy ahvoli haqida tug‘ri xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilik darajasini baholashning qo‘shimcha ko‘rsatkichlarini tahlil qilish lozim bo‘ladi.
Kreditga layoqatlilikni baholashning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari
YUqorida ta’kidlaganimizdek, mijozning moliyaviy holatini baholashda aniq bir xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilikning asosiy ko‘rsatkichlariga qo‘shimcha sifatida kreditga layoqatlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Korxonaning kreditga layoqatlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlari asosan mijozning aylanma aktivlari holatini yanada chuqurroq tahlil qilishni ko‘zda tutadi. Ma’lumki, qisqa muddatli kreditlar xo‘jalik sub’ektlarining aylanma aktivlariga beriladi. SHuning uchun mijozning kreditni o‘z vaqtida bankka qaytara olish qobiliyati ham uning aylanma aktivlaridan foydalanishidagi samaradorlik darajasiga qarab belgilanadi. Xo‘jalik sub’ektlari aylanma aktivlardan qanchalik samarali foydalanayotgan bo‘lsa va aylanma aktivlarning aylanish tezligi qanchalik yuqori bo‘lsa, kreditdan foydalanish samarasi va uni o‘z vaqtida bankka to‘lash imkoniyati ham shunchalik yuqori bo‘lishi mumkin. Biz aylanma mablag‘larning samaradorlik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida oldingi paragraflarimizda kengroq to‘xtalgan edik. SHu bois biz qisqacha bo‘lsada kreditga layoqatlilikning qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni keltirib o‘tmoqchimiz. Bu ko‘rsatkichlardan biri bu aylanma aktivlarning aylanish koeffitsienti hisoblanadi.
Aylanma mablag‘larning aylanishi koeffitsienti (Kl) joriy aktivlarning aylanish tezligi va aktivlarga qo‘yilgan mablag‘larning pul mablag‘lariga aylanish tezligini harakterlab, u ma’lum davr(oy, kvartal, yil) ichida aylanma mablag‘lari necha marta aylanganligini ifodalaydi :
Realizatsiya qilingan mahsulot xajmi
Kob =––––––––––––––––––––––––––––––––––––
aylanma mablag‘larning o‘rtacha xronologik qoldig‘i
Kob. ni hisoblash aylanishni prognozlash va kreditlash muddatini aniqlashga imkon yaratadi. Aylanma aktivlarning aylanishi koeffitsienti aylanma aktivlarning harakati tezligini ifodalaydi va tahlil qilinayotgan davrda mahsulotni sotishdan tushumlarning cheklanishi hamda aylanma aktivlarning o‘rtacha qiymatini hisoblab borishga imkon yaratadi.
SHuningdek, aylanma aktivlarning kunlarda aylanishini ham hisoblash mumkin. Bu ko‘rsatkich korxona aylanma mablag‘larining bir marta aylanishi (P-T-I/CH-T-P) uchun necha kun ketishini ko‘rsatadi.
(O kunlarda Aylanma mablag‘larining o‘rtacha qoldig‘i x 360 kun aylanishi)
Ak= –––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––––;
realizatsiya hajmi
Aylanma aktivlar aylanishiga qancha kam kun ketsa, korxonaning foyda olishi, binobarin kreditni bankka to‘lashi shuncha tez amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |