Bank ishi” fanidan Ma’ruza matnlari 1-mavzu: Bank ishi fanining predmeti va vazifalari. Reja



Download 2 Mb.
bet5/168
Sana16.03.2022
Hajmi2 Mb.
#494142
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168
Bog'liq
12.маъруза матнлари 070220091341

Birinchisi, mijozga kredit berilganda, u oddiy vekselga imzo chekadi va o‘z o‘rnida bank unga talab qilib olinguncha depozit hisob varag‘ini ochadi. Qarzdorning oddiy vekseli pul hisoblanmaydi, undan tovarlar va xizmatlar uchun to‘lov sifatida foydalanish mumkin emas. Lekin bankning depoziti pul hisoblanib, undan mijoz xohlagan vaqtda xohlagancha sarf qilishi mumkin. SHunday qilib, bank qarz berib, o‘z mijoziga depozit ochib, muomalaga pul chiqaradi va mijoz undan erkin foydalana oladi.
Ikkinchidan, bank tizimidagi barcha banklar mijozlarga kreditlar berib, pul ishlaydilar. Bu kreditlar boshqa banklarga depozit mablag‘ bo‘lib tushadi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bank jalb qilgan depozitlarini kafolatlash uchun zaxiralar fondini tashkil qiladi. SHunday qilib, har bir jalb qilingan depozit qo‘yilmasi zaxiralar hajmining ortib borishini ta’minlaydi va bu mablag‘lar kredit sifatida ishlatilishi mumkin. Kreditlar boshqa banklarga depozit ko‘rinishida oqib o‘tadi va yangi kreditlar berish imkoniyati yuzaga keladi. Oxir oqibatda, banklarning kredit berish vazifasiga asosan, ularning depozit hisob varaqalarida turgan pul mablag‘lari mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Banklarning pul ishlash qobiliyatiga ega ekanligi ular faoliyatining davlat tomonidan tartibga solib turilishining asosiy sababidir.
Banklarning o‘zaro kredit olishlaridan maqsad o‘z mablag‘larini to‘ldirish, ular hisobidan ortiqcha kreditlar berish hamda qo‘shimcha daromad olishdan iboratdir. Banklarning ana shu pul ishlash qobiliyati ularning davlat tomonidan qattiq nazorat qilinishining asosiy sababidir.
Banklar faoliyatidagi xizmat turlarining ortib borishi va kengayishi yaqin kelajakda ularning hozirgi banklarga qaraganda butunlay o‘zgarib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga quyidagilar ta’sir ko‘rsatmoqda:

  1. Xizmat turlari va ularning sifatlariga bo‘lgan talabning ortishi. Ba’zi bir zamonaviy banklar sug‘urta kompaniyalari faoliyatida ishtirok etish, sug‘urta savdosida brokerlik qilish, loyihalarni investitsiyalash, qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalarda brokerlik qilish, moliyaviy rejalashtirish, soliq tizimiga, xususiy shaxslarga maslahatlar xizmatini taklif qilmoqdalar.

  2. Raqobatning o‘sishi. Banklar va bankdan boshqa moliya institutlari xizmat turlarini kengaytirishi natijasida ular o‘rtasidagi raqobat kuchayadi. Bu raqobat kelajakda banklarning xizmat turlarini yanada kengaytirilishiga olib keladi.

  3. Texnologiya sohasidagi o‘zgarishlar, ya’ni to‘lovlarning yangi integratsiyalashgan vositalarini yuqori sur’atlar bilan shakllantiradigan bank operatsiyalarini kompyuterlashtirish­ning texnologik inqilobi.

  4. Banklarning xizmat ko‘rsatish doirasi va uning hududiy jihatdan kengayishi.

  5. Bankrotlik (inqiroz) xavfining ortishi va depozitlarning, sug‘urta tizimining kuchsizlanishi, o‘sib borayotgan raqobat banklarning sinishiga olib keladi, bu esa sarmoyalar bozorida va investitsiyalar sohasida yangi sharoitlarni vujudga keltiradi.

Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun banklar samarali faoliyat ko‘rsatishlari lozim. CHunki, ular davlat korxonalarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlaydilar, xususiy shaxslarni moliyalashtiradilar va davlatning pul-kredit siyosatini amalga oshishini ta’minlaydi.
Bu o‘rinda, banklarning samarali faoliyat ko‘rsatishlarida bank boshqaruvchilarining tutgan o‘rni juda katta ekanligini esdan chiqarmaslik lozim. Bank boshqaruvchilari quyidagi fazilatlarga ega bo‘lishi kerak:

  • professionalizm, ishga ijodiy yondoshish, qat’iylik, o‘ziga ishonch va ishga fidoyilik;

  • yangicha fikrlash, topqirlik, tashabbuskorlik va g‘oyalarni hayotga tatbiq eta olish qobiliyati;

  • odamlarga ruhiy ta’sir ko‘rsata olish salohiyati;

  • chiqishimli bo‘lish va yutuqni hisob qilish;

  • hissiyotga berilmaslik va ruhiy zarbalarga chidash;

  • ochiq ko‘ngillilik, tadbirkorlik va yuz berayotgan o‘zgarishlarga oson moslashish;

  • vaziyatni boshqara olish va korporativ tuzilmalarda shaxsga xos g‘ayrat-shijoat ko‘rsatish;

  • o‘zini-o‘zi o‘stirishga va o‘zini safarbar etishga ichki ehtiyoj sezish;

  • serg‘ayrat va bardoshli bo‘lish;

  • o‘zini muvaffaqiyatli himoya qilishga moyillik va samarali hujumga o‘ta olish;

  • o‘z ishi va qabul qilingan qarorlari uchun mas’uliyatni his qilish;

  • jamoada va jamoa bilan ishlashga o‘zida ehtiyoj sezish.

Boshqaruvchi keng bilim sohibi bo‘lishi, yangicha fikr yurita olishi, uni qo‘llab-quvvatlashi va takomillashtirishga rag‘batlantira olish va psixologik qobiliyatga ega bo‘lishi, oqilona ish yuritishi, kerak bo‘lganda tavakkaliga ish ko‘ra olishi lozim. Biznes-loyihalarni ishlab chiqish, tuzatishlar kiritish, marketing tadqiqotlarini amalga oshira olish, bozor-talab ehtiyojlarini oldindan ko‘ra bilish ko‘nikmasiga ega bo‘lishi lozim. Bundan tashqari, axborot va umumiy axborot potensiali, vaqt va xodimlaridan mohirona foydalanib, ularning ko‘nglidagini ochiq aytishga, guruhlar munozarasini samarali o‘tkazishga rag‘batlantirish, qisqasi, mohir etakchi bo‘lish orqali yuksak natijalarga erishishni ta’minlashga harakat qilishi lozim.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish