Bank hisobi va audit


Inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari



Download 11,58 Mb.
bet173/383
Sana15.01.2022
Hajmi11,58 Mb.
#369643
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   383
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

3. Inflyatsiyaning ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari

Iqtisodiyotda inflyatsiyaning vujudga kelishi mamlakatning barcha jabhalarida ijtimoiy – iqtisodiy jihatdan salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. Iqtisodchi olimlar va mutaxassislarning fikricha, mamlakatda sudraluvchan inflyatsiya iqtisodiyot rivojiga kuchli salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. Odatda iqtisodiyotda inflyatsiya darajasi yillik 12 – 14 foizdan ortgandan so’ng uning salbiy ta’siri seziladi. Inflyatsiyaning salbiy ijtimoiy – iqtisodiy oqibatlari sifatida quyidagilarni ta’kidlash maqsadga muvofiq.



1. Aholi va korxonalarning nominal daromadlari hajmi ortib borsada real daromadlari pasayadi. Natijada aholining turmush darajasi pasayadi, ularning yillik olayotgan daromadlarining real qiymati pasayib boradi. Korxonalarda xomashyo va ishlab chiqarish xarajatlari ortib boradi, buning natijasida ularning moliyaviy holati yomonlashadi.

2. Mamlakatning boylik va daromadlari bir guruh kishilar o’rtasida qayta taqsimlanadi. Kreditorlar bu borada yutadilar, debitorlar esa yutqazadilar. Dj.Millning fikriga ko’ra «Barcha tovarlarning bahosi surunkali o’sib borishi, boshqacha so’z bilan aytganda pulning sotib olish qiymatining tushib ketishi, kimgadir iqtisodiy jihatdan keltiradigan foydasi qo’shimcha ishlab chiqarish hisobidan emas, balki kimningdir hisobidan amalga oshadi»34.

3. Pulning moddiy boylikka almashtirish jarayoni tezlashadi. Aholi o’z ixtiyoridagi pullarga tovar, ko’chmas mulk, qimmatbaho buyumlarni, shuningdek, barqaror xorijiy valyutalarni sotib olishga bo’lgan iqtisodiy qiziqish ortib boradi.

4. Uzoq muddatli investitsiyalarga yo’naltiriladigan mablag’lar kamayib boradi va oxir oqibat to’xtaydi. Chunki, investitsiyalar hisobidan kelgusida olinadigan daromadlar o’z qadrini yo’qotgan pullarda olinadi.

5. Aholining barcha shakldagi pul jamg’armalarining (omonat, naqd pul, obligatsiya, qimmatli qog’ozlar va boshqalar) qiymati tushib ketadi. Shuningdek, korxonalarning jamg’armalari, asosan amortizatsion fondlarining qiymati inflyatsiya ta’sirida tushib ketadi va asosiy vositalarni yangilash hamda rekonstruktsiya qilishga imkoniyat qolmaydi.

6. Omonatlar bo’yicha foizlar miqdorining tushib ketishi. Foizlar nominal ko’rinishda o’sishi mumkin, lekin real qiymati pasayib boradi. Natijada aholining banklardagi omonatlarining hajmi pasayib, mablag’larning bankdan tashqari oborotining hajmi ortib boradi.

7. Mikroiqtisodiy darajada ishlab chiqarishga bo’lgan manfaatdorlik yo’qoladi, buning natijasida korxonada yangi ilmiy texnikani joriy etish darajasi tushib ketadi. Ishchilarning mehnatini rag’batlantirish pasayadi.

8. Milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonlari markazlashadi. Milliy valyutaning qadrini pasayishi natijasida muomalada xorijiy valyutalarning ishtiroki ortib boradi. Mamlakat iqtisodiyotini boshqarishda qiyinchiliklar vujudga keladi.

9. Iqtisodiy ma’lumotlarning haqqoniyligi, ishonchliligi, barqarorligiga shubha tug’iladi. Natijada aholining davlat tomonidan olib borayotgan makroiqtisodiy siyosati va pul – kredit tizimiga ishonchi pasayadi.

Download 11,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish