Bank hisobi va audit


-MAVZU. PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI



Download 11,58 Mb.
bet124/383
Sana15.01.2022
Hajmi11,58 Mb.
#369643
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   383
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

4-MAVZU. PUL AYLANMASI VA UNING TARKIBI
Reja:

1. Pul aylanmasining mohiyati

2. Naqd pul aylanmasini tashkil etish

3. Naqd pulsiz hisob – kitoblarning tamoyillari

4. Naqd pulsiz hisob – kitob shakllari
1. Pul aylanmasining mohiyati

Naqd pulsiz va naqd pul o’tkazish yo’li bilan amalga oshiriladigan to’lovlarning yig’indisi pul aylanmasini tashkil qiladi. Pul aylanmasi tarkibi naqd pul va naqd pulsiz shaklida amalga oshiriladigan aylanmalarni o’z ichiga oladi.



Naqd pul aylanmasi – bu qog’oz pullar va tanga pullar vositasida amalga oshirilib, naqd pullar harakati jarayonida namoyon bo’ladi. Naqd pul aylanmasi asosan jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar o’rtasida vujudga keladigan ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishga xizmat qiladi.

Naqd pulsiz aylanmalar – bu kredit muassasalarida ochilgan hisobraqamlar yordamida pullarni hisobdan hisobga ko’chirish orqali amalga oshiriladi.

Pul doimiy ravishda “harakatda” bo’ladi, bu harakat davomida juda ko’plab tovar va xizmatlarni sotish va sotib olish jarayonida bevosita ishtirok etib, sotuvchi va sotib oluvchilarga xizmat qiladi. Xususan, pul o’z harakati jarayonida bozordagi talab va taklifdan kelib chiqqan holda tovarlar va xizmatlar bahosini belgilaydi, bu pulning qiymat o’lchovi, muomala vositasi va to’lov vositasi funktsiyalari orqali amalga oshiriladi.

Pul vaqtinchalik hisob – kitoblar va aylanmalarda ishtirok etmagan vaqtda jamg’arma vositasi funktsiyasini bajarish orqali, o’zining sohibiga qo’shimcha daromad keltirdi va real iqtisodiyotda muhim rol o’ynaydi.

Pul aylanmasi tarkibida naqd yoki naqdsiz hisob – kitoblar bilan amalga oshirilayotgan to’lovlar hajmining yuqori yoki pastligiga pulning barqarorligi, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va boshqa qator omillar ta’sir qiladi.

Pulning aylanmasi mohiyatini chuqurroq aniqlash uchun uning ob’ekti va sub’ektlariga e’tibor berish maqsadga muvofiq. Pul aylanmasi sub’ektlari sifatida davlat va davlat muassasalari, Markaziy bank, kredit va moliya muassasalari, mamlakat rezidenti va norezedentlari, korxona va tashkilotlarni keltirish mumkin. Uning ob’ekti esa tovar va tovarsiz operatsiyalar jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ya’ni aylanmalar hisoblanadi.

Pul aylanmasi sub’ektlari o’rtasida amalga oshiriladigan iqtisodiy munosabatlar naqd va naqd pulsiz ko’rinishida amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiy adabiyotdarida pul aylanmasi deyarli o’rganilmaydi. Buning asosiy sabablaridan biri, balki mazkur mamlakatlar bank muassasalarida hisob – kitoblarni amalga oshirishda pul aylanmasi naqd va naqd pulsiz ko’rinishi shakllari o’rtasida farq mavjud emasligi bo’lishi mumkin. Haqiqatda ham rivojlangan va ayrim rivojlanayotgan mamlakatlar banklarida naqd va naqdsiz pul hisob – kitoblarni amalga oshirish o’rtasida farq mavjud emas.

Shu bilan birga, MDH mamlakatlari iqtisodiy adabiyotlarining deyarli barchasida “pul aylanmasi” va “to’lov aylanmasi” alohida – alohida o’rganiladi. Ularni bir – biridan farqlashda asosiy e’tibor hisob – kitoblarni amalga oshirishda naqd pulni ishtirok etishi yoki etmasligiga qaratiladi. Pul aylanmasida bevosita naqd pullar to’lovlarni amalga oshirishda ishtirok etadi. Keyingi yillarda hisob – kitoblarni amalga oshirishda plastik kartochkalar, hisob – kitob cheklarni joriy etilishi pul aylanmasi tarkibida naqd pulli hisob – kitoblar ulushining sezilarli darajada pasayib ketishiga sabab bo’lmoqda. Xususan, AQSh, G’arbiy Evropa mamlakatlari va Yaponiyada pul aylanmalarining ulushi 1 – 1,5 foizni tashkil etadi.

Quyidagi rasmda pul aylanmasining tarkibiy tuzilishi va uning o’zaro bog’liqligini tavsiflovchi holatlar keltirilgan.




Download 11,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish