Bank hisobi va audit



Download 11,58 Mb.
bet120/383
Sana15.01.2022
Hajmi11,58 Mb.
#369643
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   383
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

3-MAVZU. PUL NAZARIYaSI

Reja:

1. Pul nazariyasining mohiyati.

2. Pulning metallik nazariyasi.

3. Pulning nominallik nazariyasi.

4. Pulning miqdoriy nazariyasi.
1. Pul nazariyasining mohiyati.

Pul nazariyasining olamshumul ilmiy ahamiyati shundaki, u barcha iqtisodiy fanlarning bazisi hisoblanadi. Haqiqatda ham birorta iqtisodiy adabiyot mavjud emaski, agar pul yoki u bilan bog’liq munosabatlarni o’zida aks ettirmagan bo’lsa.

Pulning nazariy tabiati bir nechta bo’lib, qator kontseptsiyalarda uning mavjudligini tabiiy asoslari va amal qilishining sabablari keltiriladi. Shartli ravishda buni “tovarli” va “tovarsiz” kontseptsiyalarga ajratish mumkin23.

Tovarli kontseptsiyada pulning qimmatliligini aniqlashda asosiy e’tibor real foydali hisoblangan ichki qiymatiga qaratiladi. Bu borada juda keng tarqalgan pulning metallilik nazariyasi e’tiborga olinadi.

Pulning tovarsiz kontseptsiyasida uning tovarni sotib olish huquqini beruvchi qiymati, simvoli, ieroglifi, umumiy ko’rinishi kabi belgilariga e’tibor qaratiladi.

Albatta, pul nazariyasining ko’p qirraliligi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi juda ko’p iqtisodchi olimlar, mutaxassislar, ekspertlar tomonidan e’tirof etilgan. E’tiborli jihati shundaki, iqtisodchi olimlar, ekspertlar va mutaxassislarning pul nazariyasi va uning iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi haqidagi qarashlari, ta’limotlari va g’oyalari juda ko’p hollarda bir – biridan farq qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri, bizning nazarimizda, iqtisodiy nazariyachi olimlar, mutaxassislar va ekspertlarning pul nazariyasi haqidagi asarlarining turli vaqtda, turlicha ishlab chiqarish sharoitida va turli hududlarda yaratilganligidir.

Jamiyatda mehnat taqsimotining mavjudligi, kishilarni bir – biriga bog’lab turadilar, ular o’rtasida mahsulotlar va resurslar almashuvini ta’minlaydigan mexanizmni amal qilishini talab etadi. Ushbu mexanizm bozor bo’lib, bozor kishilar faoliyatini tartibga soladi va ularning manfaatlarini bir – biriga mos kelishini ta’minlaydi. Kishilar faoliyatini harakatga keltiruvchi, ular o’rtasidagi ayirboshlashni ta’minlovchi va ularning manfaatlarini tartibga soluvchi vosita sifatida pul maydonga chiqadi.

Ma’lumki, jamiyatda ayirboshlash munosabatlarining dastlabki davrlarida kishilar barterdan juda keng ravishda foydalangan, keyinchalik ular barter, ya’ni tovarni – tovarga almashtirish jarayoni ma’lum qiyinchilik va qo’shimcha vaqtni talab etishi natijasida, bozor ishtirokchilari pulni kashf etdilar.

Pul – barcha tovarlarning umumiy ekvivalenti sifatida maydonga chiqadigan “maxsus tovar” bo’lib, uning yordamida barcha tovarlar qiymati o’lchanadi. Pulning jamiyatda amal qilishi va uning evolyutsiyasi bilan bog’liq masalalar iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasi sifatida talqin etiladi. Ushbu iqtisodiy adabiyotlarda pul nazariyasining iqtisodiy kategoriya sifatida amal qilishi quyidagi uchta guruhga ajratib o’rganiladi.


Download 11,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish