Bank hisobi va audit


-MAVZU. MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI



Download 11,58 Mb.
bet219/383
Sana15.01.2022
Hajmi11,58 Mb.
#369643
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   383
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

15-MAVZU. MARKAZIY BANKNING MUSTAQILLIGI
Reja:

1. Markaziy bank mustaqilligining mezonlari va zarurligi

2.Xorijiy davlatlarda markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi xususiyatlar
1. Markaziy bank mustaqilligining mezonlari va zarurlig

Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o’rni va ahamiyati hamda uni mamlakat hududida bo’layotgan iqtisodiy jarayonlarni tartibga solishdagi roli haqida munozarali bahslar bir necha marotaba o’ziningn rivojlanish yo’nalishlarini o’zgartirdi va buning oqibatida iqtisodiyotdagi bank tizimining birinchi pog’onasida real o’zgarishlar bo’lishiga sabab bo’ldi. Bu esa birinchi navbatda davlat boshqaruv organlariga bo’lgan munosabatlarda namoyon bo’ldi. Mazkur muammoni tahlil etishda asosiy e’tibor - mamlakat Markaziy bank siyosatining davlat iqtisodiy siyosati yo’nalishiga qaramligi, ya’ni aniqrog’i bu tobelikning darajasiga bog’liq. Markaziy bankning pul-kredit siyosati milliy iqtisodiyotni tartibga solish siyosati bilan chambarchas bog’liq bo’lsa, bunday bog’liqlikni samarali deb hisoblash mumkin. Lekin, shu narsa katta ahamiyatga egaki, bu bog’liqlik Markaziy bank tomonidan qanchalik ixtiyoriy ravishda tuzilgan va u kimga hisobdor va bank tizimida pul-kredit siyosatini tartibga solishdagi metodlarni va yo’nalishlarni tanlashda hamda qonun bo’yicha Markaziy bank mustaqilligi darajasi va bunga haqiqatda erishilganligiga ahamiyat berish lozim.

Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solishdagi o’rni ko’p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo’nalishlarni ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga taqqoslagan holda ko’rib chiqish mumkin.

Shundan kelib chiqib, Markaziy bankning tartibga solish mexanizmini xarakterli xususiyatlari bilan xuddi shu davrda amal qilayotgan iqtisodiy nazariyalar yo’nalishlari o’rtasida etarli darajada o’xshashliklarni misol qilib keltirish mumkin. Davlat aralashuvi kuchaygan davrda (keynschilar tarafdorlari nazariyasi bo’yicha) Markaziy banklarning o’rni kuchayadi, tartibga solishning ma’muriy metodlarini qo’llash kengayadi, va aksincha, monetaristlar nazariyasining ta’siri kuchayishi va davlatning iqtisodiyotga aralashuvining kamayishi oqibatida markaziy banklarning iqtisodiyotni tartibga solishda bozor mexanizmlaridan foydalanishga o’tishiga majbur bo’ladilar. Markaziy bank shunday vaziyatlarda o’zining vakolatining bir qismini ichki pul-kredit va valyuta siyosatidagi muammolarni echish uchun Moliya Vazirligiga beradi.

Biroq, g’arb iqtisodchilari nuqtai-nazarlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, Markaziy bankning iqtisodiyotdagi o’rnini o’zgarishiga sub’ektiv omillar ham katta ta’sir ko’rsatishi mumkin, shu jumladan, hatto bank rahbarining shaxsiy sifatlarini ajratib ko’rsatish mumkin.

Misol qilib, G’arbiy Evropadagi mamlakatlar Markaziy banklarining rolini o’zgarishini o’rganishga bag’ishlangan tadqiqotlarda bir qator iqtisodchilar 70-yillarda Markaziy banklarning kuchayishini shu milliy bank tizimining boshqaruvida ko’zga ko’ringan hukumat va halqaro doiralarda obro’-e’tibori yuqori bo’lgan moliya arboblari boshqarganligini ta’kidlaydilar. Buning oqibatida o’sha davrdagi milliy valyuta raqobatbardoshligiga xavf soluvchi hukumatning iqtisodiy chora-tadbirlariga qarama-qarshi “qattiq siyosat” qo’llash mumkin bo’lgan edi.

U yoki bu Markaziy bankning o’z faoliyatidagi mustaqillik darajasini aniqlash uchun ularning mustaqillik mezoni (belgisi)ga xolis baho berish kerak. Xorijiy adabiyotlarda markaziy banklarning mustaqilligini aniqlashning bir necha usullari qayd etilgan. Asosan markaziy banklarning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi ajralib (farqlanib) turadi.

Markaziy bankning mustaqilligi darajasini aniqlashda uning pul-kredit siyosatini tanlash va o’tkazishda davlat boshqaruv organlariga ko’proq yoki kamroq qaramligiga e’tibor beriladi.

Markaziy bankning iqtisodiy mustaqilligi - bu uning o’z instrumentlaridan o’zi xohlagan yo’nalishda va chegaralanmagan miqdorda foydalana olishiga aytiladi.

Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning markaziy banklarini turkumlanishi pul-kredit siyosati masalalarini hal etishdagi mustaqilligi xorijiy adabiyotlarda turli mezonlarga qarab amalga oshiriladi.

Umuman olganda markaziy banklarning mustaqilligini ustunligini o’rganish tadqiqotlarida sub’ektiv yoki ob’ektiv faktorlarga baho berib ajratish mumkin. Masalan, sub’ektiv faktorlar sifatiga mamlakat Markaziy banki bilan hukumat o’rtasidagi o’zaro rasmiy munosabatlarni hamda Markaziy bank rahbarlarining hukumat doirasi bilan bo’lishi mumkin bo’lgan norasmiy aloqalarni tanlab ko’rsatishgan.

Chet el mualliflarining tadqiqotlarida mustaqilikning 4 ballik tizimi tanlangan: 1-ballga - markaziy banklarning davlat boshqaruvidan past darajada mustaqilligi, ya’ni to’la qaramligi; 4-ballga - mustaqillik darajasi juda yuqori bo’lgan markaziy banklar kiradi.67

Sanoati rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklarining mustaqilligini ob’ektiv faktorlariga baho berishda, masalan, quyidagi mezonlarni kiritish mumkin:


  • Markaziy bankning kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning ishtiroki;

  • bank rahbarlarini tayinlash (saylash) dagi tartib va ularning faoliyat ko’rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning faoliyatini nazorat qilish shakli;

  • Markaziy bank vazifalarini aniqlashni qonunchilikda yoritilish darajasi;

  • Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari o’rnatilgan qonun bilan to’xtatishini yoki davlatning umumiqtisodiy yo’nalishi bilan Markaziy bankning pul-kredit doirasidagi tadbirlarni tartibga solishning mavjudligi;

  • mamlakat Markaziy bankining davlat harajatlarini to’g’ri va egri moliyalashtirishni tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va shakllari.

Markaziy bankning monetar siyosatni amalga oshirish va faoliyatini tashkil etishda mustaqilligining ta’minlanishi mamlakatda bozor iqtisodiyotining muvaffaqiyatli rivojlanishi va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash, shuningdek aholi va mijozlarning bank tizimiga bo’lgan ishonchning mustahkamlashda muhim hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi qonunda “Markaziy bank o’z vakolatlari doirasida qarorlar qabul qilish borasida mustaqildir. Davlat Markaziy bankning majburiyatlari yuzasidan, Markaziy bank esa davlatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo’lmaydi, basharti, ular o’z zimmalariga bunday majburiyatlarni olmagan bo’lsalar yoki qonunlarda boshqa qoida nazarda tutilmagan bo’lsa”68, deya belgilab qo’yilgan.

Xalqaro amaliyotda Markaziy banklarning mustaqilligi quyidagi mezonlar asosida aniqladi:


  • pul siyosatining ochiq e’lon qilingan maqsadlari mavjudligi;

  • hukumat Markaziy bank bashorat qilgan inflyatsiya ko’rsatkichlarini qabul qilish tartibi;

  • Markaziy bankning qaror qabul qilish jarayonida hukumat yoki boshqa organlar tomonidan aralashuv darajasi;

  • Markaziy bankka mansabdor shaxslarni tayinlash tartibi.

Maqsadlarni belgilashda mustaqillik, agar asosiy maqsad yoki pul-kredit siyosatining maqsadlari mamlakat qonunchiligida aniq ko’rsatilmagan bo’lsa, markaziy bank o’z faoliyatini mustaqil ravishda belgilashi mumkin.

Operatsion mustaqillik, markaziy bank o’z-o’zidan amalga oshiradigan oraliq va monetar siyosatning asosiy yo’nalishlarini belgilaydi, bu esa pul-kredit siyosatining yakuniy maqsadlariga erishish orqali milliy valyutaning barqarorligiga yo’naltiriladi. Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlarini mustaqil ravishda belgilash va operativ mustaqillikka erishish huquqi sifatida joylashtirilishi, moyil hukumatning pul-kredit siyosatiga ta’sir ko’rsatish qobiliyatini kamaytirishga yordam beradi deb taxmin qilish mumkin.

Monetar siyosat vositalarining mustaqil bo’lishi, o’z maqsadlariga erishish uchun siyosat vositalarini tanlashda Markaziy bankning to’liq mustaqilligini nazarda tutadi. Bu pul-kredit siyosati sohasida tezkor qarorlar qabul qilish vakolatini pul hokimiyatiga topshirish uchun hukumat (asosiy) va markaziy bank (agent) o’rtasida bir xil kelishuvni tuzish deganidir.


Download 11,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish