Bank hisobi va audit



Download 11,58 Mb.
bet244/383
Sana15.01.2022
Hajmi11,58 Mb.
#369643
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   383
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

19-MAVZU. BANK INQIROZLARI
Reja:

1. Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari

2. Bank inqirozlarining salbiy oqibatlari, ularning turlari va shakllari

3. Tizimli bank inqirozlari va ularni boshqarish yo’nalishlari
1. Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari

Har qanday inqiroz shuningdek, bank inqirozi ham iqtisodiy jarayonlarning buzilishi natijasida yuzaga keladi. U milliy daromadlarni yo’qotilishi natijasida iqtisodiy va moliyaviy mexanizm funktsiyalarini samarali amal qilishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bank tizimi istalgan iqtisodiyotning pul, moliya, kredit tizimlarining bir qismi hisoblanib, unda inqirozlar ichki va tashqi omillar yoki boshqa tizimlar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin.

Bank inqirozlarining kelib chiqish sabablari bir qator olimlar tomonidan uzoq yillar mobaynida turilicha muhokama qilinib kelingan. Bu xususida ilk qarashlar asosan omonatchilar, bank mijojozlari va aktsiyadorlari tomonidan vahima (panika) qilish natijasida pul mablag’lari (omonatlari)ni banklardan yoppasiga olish orqali banklarning likvidlilik darajasiga asossiz ravishda ta’sir etishi bilan bog’liqdir.

Omonatchilar, bank mijojozlari va aktsiyadorlarning bunday harakati banklar likvidlilik holatiga salbiy ta’sir etadi. Natijada banklarga jiddiy moliyaviy bosim oqibatida banklar aktivlarni sotishga majbur bo’ladi. Agarda mavjud siyosatni o’zgartirish orqali bank inqirozlarining oldi olinmasa, ular tizimli hamda tashqi omillar ta’siri ostiga ham tushib qolishi ehtimoldan holi emas.

Bank inqirozlari xususidagi keyingi qarashlar banklarning to’lov qobiliyatiga ega bo’lmaslik holatini keltirib chiqaruvchi balans aktiv qismidagi yo’qotishlarga asoslanadi. Banklar aktivlari sifatida uzoq muddat davomida yo’qotishlarning mavjud bo’lishi, odatda noho’sh makroiqtisodiy jarayonlar, bozor tangligi, hukumat siyosati (yoki aralashuvi) va firibarliklar bilan bog’liqdir. Shuningdek, mazkur qarashlarning aksariyati iqtisodiyot tamoyillaridagi o’zgarishlar hamda biznes tsikllarining tabiiy mahsuli ekanligiga asoslanadi.

Bank inqirozlarining makroiqtisodiy nuqtai-nazardan kelib chiqishi nobarqaror makroiqtisodiy siyosat, global moliyaviy shart-sharoitlar va valyuta kurslari ayriboshlash mexanizmiga oid muammolarga bog’liq. Haddan ortiq pul-kredit ekspansionistik siyosati va fiskal siyosat kredit inqirozini, qarzlarni haddan ortiq ko’p jalb qilish va real aktivlarga investitsiyalarni safarbar qilish bank aktivlari sifatining pasayishiga olib keladi.

Amerikalik iqtisodchi olimlar Karmen M. Reynxart va Kennet S. Rogoff bank inqirozlari kelib chiqishining ilk sabablari sifatida kredit inqirozlari va aktivlar narxi bilan bog’liq po’fak(ko’pik)larning vujudga kelishini ko’rsatib o’tadilar.78 Bu kabi makroiqtisodiy tanglikni iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatish mumkin. Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar boshqa mamlakatlardan qisqa muddatli xorijiy valyutadagi qarzlarni jalb qilish orqali valyuta kursining qadrsizlanishi, xalqaro bozorda foiz stavkalarining oshishi va xalqaro savdo shartlarining o’zgarishi natijasida yuqori kredit riskini vujudga keltiradi.

Misol uchun, 1980 yillarda G’arb mamlakatlari banklari Lotin Amerikasi mamlakatlariga iqtisodiy o’sishni ta’minlash va joriy operatsiyalar bo’yicha defitsitni qoplash maqsadida katta miqdorda qarzlar (AQSh dollarida)ni ajratadi. Katta miqdordagi xorijiy mablag’larning oqib kelishi qarzdor mamlakatlarda real amalmashuv kursining keskin oshishiga olib kelib, bir qancha qarzdorlarning defolt holatiga kelishiga sabab bo’ldi. Natijada mazkur inqiroz 800 mlrd. AQSh dollaridagi umumiy qarz mablag’larining 250 mlrd. AQSh dollaridan voz kechish orqali yakun topdi.

Bank inqirozlari kelib chiqish sabablarini bir qancha omillar orqali yaqqolroq yoritib o’tishga harakat qilamiz.


Download 11,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish