Bank hisobi va audit


Materiallar hisobi, ularning kirim qilish va ishlatish tartibi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   232
4.Materiallar hisobi, ularning kirim qilish va ishlatish tartibi. 
Hisobvaraqlar  rejasiga  bank  omboridagi  asosiy  vositalar  “Ombordagi  asosiy 
vositalar”  nomli  16561-hisobvaraqda,  ombordagi  kam  baholi  va  tez  eskiruvchi 
buyumlar  esa “Ombordagi kam baholi va tez eskiruvchi buyumlar hamda boshqa 
qimmatliklar”  nomli    19921-hisobvaraqda  hisobga  olinadi.  Ombordagi  asosiy 
vositalar  va  ombordagi  kam  baholi  va  tez  eskiruvchi  buyumlar  omborxonadan 
yozma  talabnomalar  bo‘yicha  beriladi. Bu talabnomalarni imzolash va ombordan 
materiallar  berishga  ruxsat  etish  huquqi  berilgan  shaxslar  to‘g‘risida  buyruq 
chiqarilishi kerak. Buyruq nusxasi mazkur shaxslar imzolarining namunalari bilan 
birga  ombor  mudiriga  va  buxgalteriyaga,  hisobvaraq  bo‘yicha  hisob  yuritadigan 
xodimga topshiriladi.  
Qiymati tegishli hisobvaraqlarga kiritilishi  kerak bo‘lgan  materiallar  uchun 
yozilgan talabnomalarda bank buyrug‘i bo‘yicha imzolash huquqi berilgan tasarruf 
etuvchining ruxsat beruvchi imzosi bo‘lishi lozim. 
Ombordan  materiallar  olish  uchun  yoziladigan  talabnoma  uch  nusxada 
tuziladi. Ularda ko‘zda tutilgan barcha rekvizitlar, shuningdek, talab qilinayotgan 
moddiy qimmatliklarning nomenklatura bo‘yicha raqamlari,  nomi (navi), soni va 
maqsadi ko‘rsatiladi. 
Talabnomalarning dastlabki ikki nusxasiga materiallar oluvchi ularni olgani 
haqida  tilxat  yozadi  va  bu  qog‘ozlarga  materiallarni  bergan  omborchi  imzo 
chekadi. 
Berilgan  materiallar  ombor  hisob  yuritish  qaydnomalarida  chiqim 
qilinganidan keyin omborchi talabnomaning ikkinchi nusxasini xranologik tartibda 
o‘zidagi  chiqim  hujjatlari  yig‘majildiga  tikib  qo‘yadi.  Birinchi  nusxa 
buxgalteriyaga  topshiriladi,  uchinchisi  esa  materiallarni  oluvchining  qo‘liga 
beriladi. 
Materiallar  boshqa  filialga  jo‘natilayotganda  talabnomalar    to‘rt  nusxada 
tuziladi.  Ularning  biri  moddiy  qimmatlik  jo‘natmasiga    qistiriladi,  ikkita  nusxasi 
buxgalteriyaga  beriladi  va  to‘rtinchi  nusxasi  ombor  mudiriga  beriladi. 
Talabnomalar umumiy summasiga materiallar sarfini hisob hujjatlarida aks ettirish 
uchun kirim-chiqim orderi tuziladi. 


 
123 
 
Yoqilg‘i va moylash materiallari haydovchilarga, shuningdek, boshqa xo‘jalik 
materiallarni  muayyan  limitlar  bo‘yicha  muntazam  olib  turadigan  shaxslarga 
talabnomalarsiz,  har  bir  oyda  har  bir  oluvchi  uchun  tutiladigan    limit  kartalari 
asosida berilishi mumkin. Bu kartalarda berilgan materiallar summasi qayd etiladi. 
Ana  shu  limit  kartalari  asosida  har  oy  oxirida  materiallarning  qiymati  balansdan 
chiqariladi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish