Bank hisobi va audit


 Qimmatli qog‘ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   232
4. Qimmatli qog‘ozlar bilan anderrayting operatsiyalari hisobi. 
Banklarning  qimmatli  qog‘ozlar  bilan  operatsiyalaridan  biri  anderrayting 
operatsiyalaridir.  Anderrayting  operatsiyalari  –  qimmatli  qog‘ozlarni  ularning 
birinchi egalariga sotish  hamda emitent topshirig‘iga ko‘ra qimmatli qog‘ozlarni 
so‘ndirish operatsiyalaridir.  
Qimmatli  qog‘ozlar  emitentdan  joylashtirish  uchun  olinganda  quyidagi 
buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:  
Debet  93616  -  “Davlatning  shartli  tarzda  saqlanayotgan  qimmatli  qog‘ozlari” 
yoki 
93623 - “Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari” 
Kredit  96379  -  “Saqlanayotgan  qimmatli  qog‘ozlar  va  boshqa  qimmatbaho 
buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq”. 
 
Emitentning  qimmatli  qog‘ozlarini  joylashtirishdan  olingan  pul 
mablag‘larining hisobi 22608 - “Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan 
operatsiyalar  bo‘yicha  mablag‘lari”  balans  hisobvarag‘ining  “Qimmatli 
qog‘ozlarning  chiqarilishiga  xizmat  ko‘rsatish  bilan  bog‘liq  emitentlar 
mablag‘lari” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi.  
Qimmatli  qog‘ozlarni  ularning  birinchi  egalariga  joylashtirishda, 
shuningdek,  joylashtirilmagan  qimmatli  qog‘ozlarni  emitentga  qaytarishda 
qimmatli  qog‘ozlarning  nominal  qiymati  bo‘yicha  quyidagi  buxgalteriya 
o‘tkazmasi amalga oshiriladi: 
Debet  96379  -  “Saqlanayotgan  qimmatli  qog‘ozlar  va  boshqa  qimmatbaho 
buyumlar bo‘yicha kontr-hisobvaraq” 
Kredit  93616  -  “Davlatning  shartli  tarzda  saqlanayotgan  qimmatli  qog‘ozlari” 
yoki 
93623 - “Saqlanayotgan xususiy qimmatli qog‘ozlar/tijorat hujjatlari”. 
 
Bank qimmatli qog‘ozlarni emitent topshirig‘iga asosan emitent mablag‘lari 
hisobiga  so‘ndiradi.  Emitentdan  olingan  mablag‘lar  22608  -  “Mijozlarning 
qimmatli  qog‘ozlar  bilan  bo‘ladigan  operatsiyalar  bo‘yicha  mablag‘lari” 
hisobvarag‘ining  “Qimmatli  qog‘ozlarni  chiqarish  bo‘yicha  emitentlarning 
mablag‘lari” alohida shaxsiy hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Emitentning qimmatli 
qog‘ozlari so‘ndirilganda, so‘ndirish summasiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi 
amalga oshiriladi. 
Debet  22608 - “Mijozlarning qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalar 


 
104 
 
bo‘yicha mablag‘lari” 
Kredit  10101  -  “Aylanma  kassadagi  naqd  pullar”  yoki  bankning  vakillik 
hisobvarag‘i yoki mijoz hisobvarag‘i. 
Bir vaqtning o‘zida  so‘ndirilgan  qimmatli  qog‘ozlarning  blankalari 90303  – 
“Davlatning  qimmatli  qog‘ozlari  blankalari”  va  96305  –  “Davlatning  qimmatli 
qog‘ozlari blankalari bo‘yicha kontr-hisobvaraq” nomli ko‘zda tutilmagan holatlar 
hisobvaraqlariga  1  so‘m  shartli  bahoda    kirim  qilinadi.  Boshqa  tashkilot  va 
muassasalarning  qimmatli  qog‘ozlari  blankalari  esa  90317  va  96315  ko‘zda 
tutilmagan  holatlar  hisobvaraqlariga  kirim  qilinadi.  Emitent  topshirig‘iga  ko‘ra 
so‘ndirilgan  qimmatli  qog‘ozlarning  blankalarini  emitentga  o‘tkazishda  teskari 
provodkalar o‘tkaziladi.  
Anderrayting  xizmatlarini  amalga  oshirishdan  olingan  daromadlar  45294  - 
“Boshqa  ko‘rsatilgan  xizmatlar  va  vositachilik  uchun  olingan  daromadlar” 
hisobvarag‘ining “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarilishiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 
bank  operatsiyalaridan  olingan  daromadlar”  alohida  shaxsiy  hisobvarag‘ida 
hisobga olinadi.       

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish