Bank hisobi va audit


Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki nazoratdan o‘tkazish



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   232
Buxgalteriya operatsiyalarni dastlabki nazoratdan o‘tkazish 
Dastlabki  nazorat  agar  bank  tarkibiy  tuzilmasi  Front-ofis  va  Bek-ofisga 
bo‘lingan  bo‘lsa,  Front-ofis  xodimlari,  buxgalteriya  apparati  bir  butun  yaxlit 
bo‘lgan hollarda  mas’ul ijrochi buxgalter tomonidan operatsiyalarni bajarmasdan 
oldin  ularning  bankning  ichki  siyosatiga  hamda  amaldagi  qonunchilikka  mos 
ekanligini  ta’minlash  maqsadida  amalga  oshiriladi.  Agar  operatsiyalar  xorijiy 
valutada  xalqaro  shartnomalar  asosida  amalga  oshirilsa,  shartnoma  shartlariga 
rioya qilinishi lozim. 
Mijozlardan  pul  hisob-kitob  hujjatlarini  qabul  qilishda  ularning  O‘zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  bankning  me’yoriy-huquqiy  hujjatlarida  belgilangan 
shakldagi blankda yozilib to‘g‘ri rasmiylashtirilganligi, barcha rekvizitlar to‘liq va 
to‘g‘ri  to‘ldirilganligi,  ushbu  pul  hisob-kitob  hujjatlarida  bo‘yash,  chizish  va 
tuzatishga  yo‘l  qo‘yilmaganligi,  shu  jumladan,  hisobvaraqni  tasarruf 
etuvchilarning  imzolari  va  muhr  izi  taqdim  etilgan  namunalarga  mos  kelishi 
tekshiriladi.  
Agar  mijoz  taqdim  qilgan  pul  hisob-kitob  hujjatlarida  belgilangan  talablarga 
zid  kamchilik  va  nuqsonlar  aniqlansa,  to‘lov  hujjatlari  mijozga  ijroga  qabul 
qilinmasdan qaytarilishi lozim. Summasi, mijozlar nomi va ularning hisobvaraqlari 
raqami o‘zgartirilgan to‘lov hujjatlari, hatto mijozlar tomonidan o‘zaro kelishilgan 
tartibda tuzatish kiritilgan bo‘lsa ham ijro uchun qabul qilinmaydi.  
To‘lov talabnomalari sanasi bank qabul qilgan sanaga mos tushadigan reyestri 
bor bo‘lgan holatda inkassaga qabul qilinadi. 
Agarda bank hisobvarag‘i shartnomasida boshqacha tartib ko‘zda tutilmagan 
bo‘lsa,  to‘lov  topshiriqnomasi  bank  tomonidan  mijozning  talab  qilib  olguncha 
depozit  hisobvarag‘ida  to‘lov  uchun  yetarli  mablag‘lar  mavjud  bo‘lgandagina 
qabul  qilinadi.  Budjetga va budjetdan tashqari  jamg‘armalarga  to‘lovlar bo‘yicha 
taqdim  qilingan  to‘lov  topshiriqnomalari  mijozning  hisobvarag‘ida  to‘lov  uchun 
yetarli mablag‘lar mavjud bo‘lmaganda 2-son kartotekaga kirim qilinadi. 
To‘lov  topshiriqnomalari  va  naqd  pulni  qo‘yish  uchun  foydalaniladigan 
e’lonlarning sanasi uni bankka taqdim etilgan sana bilan bir xil bo‘lishi kerak, aks 
holda  ular  ijro  uchun  qabul  qilinmaydi  (oldingi  ish  kunida  “kechki”  muhri  bilan 
hamda budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga to‘lovlar uchun qabul qilingan 
to‘lov topshiriqnomalari bundan mustasno).  
Naqd  pulni  berishda  ishlatiladigan  cheklar  to‘ldirilgan  kundan  boshlab, 
(to‘ldirilgan kunni hisobga olmagan va hujjatda ko‘rsatilgan sana to‘g‘rilanmagan 
holda)  10  kalendar  kun  davomida  bank  tomonidan  qabul  qilinadi.  Mas’ul  xodim 
qabul qilingan naqd pul chekining sanasi, chekni topshirgan xo‘jalik subyektining 
nomi  va  hisobvaraq  raqamini,  olinadigan  mablag‘ning  raqam  va  so‘z  bilan 
yozilgan  summasini  tekshiradi,  chekdagi  imzolar  va  muhr  izini  o‘zidagi  imzo 
namunalari bilan solishtiradi. Shuningdek, naqd pul cheklarini belgilangan tartibda 
rasmiylashtirilganligini tekshirib chiqadi.  
Front-ofis  xodimi  yoki  mas’ul  ijrochi  buxgalter  mijozlardan  qabul  qilingan 
barcha pul hisob-kitob hujjatlarining asl nusxalariga asosan ma’lumotlarni dasturga 


 
38 
 
kiritadi  va  to‘lov  hujjatlarini  imzolab,  elektron  to‘lov  tizimi  orqali  ularni  joriy 
nazoratdan o‘tkazish uchun Bek-ofis yoki nazoratchi buxgalterga yuboradi.  

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish