Bank hisobi va audit


Foydalaniladigan usullar va tadbirlarga ko’ra



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet123/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   232
Foydalaniladigan usullar va tadbirlarga ko’ra 
 
 
Umummetodologik 
usullar 
Hujjatli nazorat 
usullari 
Faktlar asosida tekshiruv 
usullari 
 
 
  Audit 
  Analiz 
  Tekshiruv 
(reviziya) 
  Monitoring 
  Tematik 
tekshiruv 
  Xizmat 
tekshiruvi 
  Yuridik 
baholash 
  Mantiqiy 
nazorat 
  Formal 
tekshiruv 
  Arifmetik 
tekshiruv 
  taqqoslash 
 
  Inventarizatsiya 
  Ekspertiza 
  Boshqaruv 
ma’lumotlari  tahlili 
va bosh. 
 


 
165 
 
-  Bank  kengashi  qarorlari  yuzasidan  javobgarlikni  belgilash,  bank  ichki 
nazoratini tashkil etish va amalga oshirishda tijorat banki siyosati va strategiyasini 
amalga tadbiq etish; 
-  Ichki  nazorat  doirasida  qoida  va  tartiblarni  ishlab  chiqish  jarayonida 
vakolatlar taqsimotini belgilash (bank tashkiliy strukturasiga muofiq); 
-  Tijorat  banki  faoliyatining  ichki  hujjatlar,  shuningdek  ichki  nazoratni 
amalga oshirishda belgilangan tartibga muofiqligini nazorat qilish; 
-  Ichki  nazoratning  aniq  yo’nalishlari  uchun  javobgarlikni  va  majburiyatlar 
taqsimotini belgilash; 
-  Ma’lumotlarning samarali uzatilish tizimini ishlab chiqish; 
-  Ichki  nazorat  xizmati  tomonidan  aniqlangan  qonun  buzilishlar  va 
kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha nazorat mexanizmini tashkil etish; 
Tijorat  banki  manfaatlar  to’qnashuvi  yuzaga  kelishi  sharoitida  mavjud 
bo’ladigan  ziddiyatlarni  oldini  olish  maqsadida  xodimlarning  xizmat  vazifalari 
taqsimotini  amalga  oshiradi.    Bank  manfaatlarning  potensial  to’qnashuvini 
aniqlash va nazorat qilish bo’yicha aniq tartib o’rnatishi kerak. 
Ma’lumotlar oqimi boshqaruvini nazorat qilish va ma’lumotlar  xavfsizligini 
ta’minlash jarayoni bank faoliyatining barcha yo’nalishlarini qamrab olishi zarur. 
Bank  faoliyatining  biror  yo’nalishi  bo’yicha  ma’lumot  ishonchli,  to’liq,    to’g’ri 
shakllantirilgan  va  o’z  vaqtida  taqdim  etilgan  bo’lishi  kerak.  Avtomatlashgan 
ma’lumotlar  tizimi  va  texnik  vositalarning  ichki  nazorati  umumiy  nazorat  va 
dasturiy  nazoratdan  iborat  bo’ladi.  Umumiy  nazorat  uzluksiz  ishni  tashkil  qilish 
maqsadida  komputer  tizimini  nazorat  qilishni  nazarda  tutadi.  Dasturiy  nazorat 
amaliy dasturda avtomatlashgan tartiblar bilan amalga oshiriladi.  
Ichki nazorat tizimini nazorat qilish boshqaruv va turli bo’linmalar xodimlari 
tomonidan  doimiy  amalga  oshirilishi  shart.  Bank  moliyaviy  faoliyatga  ta’sir 
ko’rsatuvchi  ichki  va  tashqi  omillarni  o’rganib  ichki  nazorat  tizimining  samarali 
faoliyat yuritishi uchun zarur bo’lgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi.
17
   
Tijorat  banklarida  ichki  nazorat  xizmati  quyidagi  muhim  tamoyillar  asosida 
shakllantiriladi: 
-  Nazorat  tadbirlarini  o’tkazish  uchun  bankning  barcha  bo’linmalari  va 
tashkiliy tuzilmalarning ochiqligi; 
-  Bank faoliyatidagi risklarning doimiy nazoratini amalga oshirish; 
-  Operatsiyalarning 
maqsadli 
bajarilishiga 
yagona 
shaxs 
javobgar 
bo’lmasligi uchun xodimlarning lavozim majburiyatlari taqsimoti; 
-  Har  bir  lavozimdagi  shaxsni  boshqa  shaxsdan  avval  bajarilgan 
operatsiyalarga bog’liq bo’lmagan holda nazorat qilish; 
-  Bank  aktivlariga  va  hujjatlariga  bo’lgan  jismoniy  ruxsatni  doimiy  nazorat 
qilish. 
Bank  ichki  nazorat  tizimi  uni  joriy  qilish  bilan  bog’liq  hujjatlarga  muofiq 
ravishda  boshqaruv  organlari  tomonidan    tashkil  etiladi.  Ichki  nazorat  tizimining 
faoliyat  yuritishi, muammolarni  aniqlash va tahlil qilish  jarayonini domiy  nazorat 
                                                 
17
 Маковникова Г. А., Кантор В. Э. “ Финансовый менеджмент ” М., ЮРАИТ, 2011 y. 


 
166 
 
qilish  uchun  bankda  ichki  nazorat  xizmati  joriy  qilinadi.  U  Markaziy  bank 
talablariga  javob  berishi  va  o’z  faoliyatini  bank  Ustavi  hamda  ichki  nazorat 
to’g’risidagi  Kengash  tomonidan  tasdiqlangan    ichki  tartibga  asosan  amalga 
oshirishi  kerak.  Ichki  nazorat  xizmatining  xodimlar  tarkibi  bankning  ko’lami,  u 
bajaradigan  operatsiyalar  murakkablik  darajasiga  bog’liq  holda  boshqaruv 
tomonidan belgilanadi.  
Bugungi kunda bank faoliyatida risk nazorati xizmatini  tashkil qilishga katta 
e’tibor  qaratilmoqda.  Bank  ishidagi  risklar  likvidlilikning  tushib  ketishi,  katta 
moliyaviy  yo’qotishlar  va  zararlarga  olib  kelishi  mumkin.  Ichki  nazoratda  ushbu 
yo’nalishni  tashkil  qilishdan  asosiy  maqsad  kredit  tashkiloti  tomonidan 
qonunchilik  hamda  markaziy  bank  va  boshqa  tegishli  organlar  tomonidan  qabul 
qilingan  normativ  hujjatlarga  amal  qilinishini  nazorat  qilish  yo’li  bilan    mavjud     
risklarni cheklashdan iborat.       
Amerikaning  aksionerlik  va  davlat  korxonalari  uchun  buxgalteriya  hisobi 
bo’yicha mutaxasislarni tayyorlovchi Institut olimlari ichki nazoratni quyidagicha 
talqin  etadi  (Bauen  va  Uolker,  1978  )
18
:“Ichki  nazorat  tashkilot  rejasi  va  shu 
tashkilot  (ma’lum  biznes  sohasi)  tomonidan  quyidagilarni  ta’minlash  maqsadida 
qabul  qilingan  chora-tadbirlarni  o’z  ichiga  oladi:  (1)  o’z  aktivlarini  saqlash;  (2) 
hisobotlardagi  ma’lumotlarning  ishonchliligi  va  aniqligini  tekshirish;  (3) 
operatsiyalar  samaradorligini  oshirishga  ko’maklashish;  (4)  tasdiqlangan 
boshqaruv siyosatiga rioya qilinishini rag’batlantirish.  
Ma’lumki, nazariy jihatdan ichki audit va ichki nazoratni taqqoslash zaruriyati 
paydo  bo’ladi  va  bu  taqqoslash  bizga  ikkala  tizimning  mohiyatini  to’laroq  ochib 
berishga  imkon  yaratadi.  Ichki  audit  bo’limi  ichki  nazorat  tizimini  kuzatish  va 
ichki  nazoratning  qanday  shaklda  amal  qilayotganini  aniqlash  uchun  javobgar. 
Ichki  audit  shuningdek,  operatsiyalarni  amalga  oshirish  uchun  ishlab  chiqilgan 
tartiblarni  ta’minlaydi.  Bundan  tashqari  ichki  audit  bo’limi  bankda  profilaktik 
funksiyani ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.  
Quyida nazorat tizimining ikki bo’g’ini ko’rsatib o’tilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish