Bank hisobi va audit


daromadlari, ularning  hisobi



Download 1,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/232
Sana29.12.2021
Hajmi1,89 Mb.
#47052
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   232
daromadlari, ularning  hisobi. 
Tijorat  banklarining  daromadlari  mijozlarga  qisqa  va  uzoq  muddatlarga 
berilgan  kreditlar  bo’yicha  olinadigan  foizlar,  kreditlarning  o‘z  muddatida 
qaytarilmagani  uchun  mijozlardan  shartnomada  ko‘rsatilgani  bo‘yicha  olinadigan 
yuqori  stavkadagi  foizlardir.  Banklarning  bu  daromadlari  barcha  daromadlarining 
asosiy qismini tashkil etadi.     
Bundan  tashqari,  tijorat  banklari  mijozlariga  talab  qilinguncha  saqlanadigan 
depozit  hisobvaraqlari,  muddatli,  jamg‘armali  depozit  hisobvaraqlari,  valuta  va 
boshqa  hisobvaraqlar  ochadi  va  yuritadilar.  Bu  hisobvaraqlar  bo‘yicha 
operasiyalarni amalga oshirish jarayonida mijozlarga  turli xil xizmatlar ko‘rsatib 
tegishli    ravishda  haq  oladilar.  Bu  xizmatlari  uchun  oladigan  daromadlari 
ko‘pincha tijorat banki va mijoz o‘rtasida hisob-kitob  yoki boshqa hisobvaraqlarga 
xizmat  ko‘rsatish  to‘g‘risidagi  o‘zaro  tuzilgan  shartnomada  belgilanadi.  Shunday 
qilib,  tijorat  banklarning  daromadlari  va  ularning  manbalarini  bank  faoliyatiga 
qarab,  tijorat  banklari  amalga  oshiradigan  operasiyalar  nuqtayi  nazaridan  ko‘rib 
chiqish mumkin.  
Tijorat  banklarining  hisobvaraqlar  rejasiga  asosan  bankning  barcha 
daromadlarini  foizli, foizsiz va boshqa daromadlarga bo‘lish mumkin. 
Banklarning daromadlarini hisobga olish uchun     tijorat banklari hisobvaraqlar 
rejasining  4-bo‘limida  bir  qator  asosiy  va  subhisobvaraqlar  ochilgan. 


 
124 
 
Hisobvaraqlar  rejasidagi  daromadlar  bo‘limining  boshida  quyidagi  hisobvaraqlar 
keltirilgan:  
40200 – O‘zR. Markaziy bankidagi  hisobvaraqlar bo‘yicha foizli daromadlar 
   Bu hisobvaraq o‘z ichiga ikkita hisobvaraqni oladi: 
40201  –  O‘zR.  Markaziy  bankning    vakillik  hisobvarag‘i  bo‘yicha    foizli 
daromadlar 
40205 – Markaziy bankdagi  depozitlar bo‘yicha foizli daromadlar 
Tijorat  banklarining  eng  katta  daromad  manbayi  qisqa  va  uzoq  muddatli 
kreditlardan olingan foizli daromadlaridir.  
Banklarda  kreditlar  bo‘yicha  foizlar  har  kuni  hisoblanadi  va  16309  - 
«Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar» hisobvarag‘ida aks ettiriladi. 
Foizlar  hisoblanganda,  lekin  hali  undirilmagan  holda  quyidagi  buxgalteriya 
provodkasi bajariladi:  
Debet 16309  Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar 
Kredit  42xxx  Mijozlarga  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlardan  olingan  foizli 
daromadlar. 
42xxx  –  hisobvarag‘i  to‘liq  ravishda  qisqa  muddatli  kredit  qanday  korxona 
yoki  shaxslarga  berilganiga  qarab  konkret  belgilanadi.  Masalan,  qisqa  muddatli 
kredit xususiy korxona, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan bo‘lsa, ularga  
foizli daromad hisoblansa, buxgalteriya provodkasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
Debet 16309  Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar  
Kredit  42602  Xususiy  korxona, xo‘jalik  shirkatlari  va  jamiyatlarga    berilgan 
qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar 
Foizlar  summasi  undirilganda  esa  quyidagi  buxgalteriya  yozuvi  amalga 
oshiriladi.  
Debet 20208 – Xususiy korxona, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning  talab 
qilinguncha saqlanadigan depozitlari 
Kredit 16309 – Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar 
Agan uzoq muddatli kredit yakka tartibdagi tadbirkorga berilgan bo‘lsa: 
Debet   16309  Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar 
Kredit      44100  Yakka  tartibdagi  tadbirkorlarga    berilgan  uzoq  muddatli 
kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar. 
Tijorat  banklari  qisqa  va  uzoq  muddatli  kreditlardan  tashqari  boshqa 
faoliyatdan ham daromad ko‘radi. Masalan, moliyaviy ijara, ya’ni lizing bo‘yicha, 
mijozlarning hisobvaraqlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha, qimmatli qog‘ozlar bilan 
amalga  oshirilgan  Repo  operasiyalari  bo‘yicha,  bankning  xususiy  mulkini 
sotishdan  va boshqa daromadlarni olishi mumkin.  
Tijorat  banklari  mijozlarning  naqd  pulsiz  hisob-kitob  operasiyalarini, 
jumladan  inkasso  operasiyalarini  bajaradi.  Inkasso  operasiyalarini  bajarganlik 
uchun  haq  to‘langanda  bu  operasiya  quyidagi  buxgalteriya  o‘tkazmasi  asosida 
bajariladi: 
Debet  20200 – Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar 


 
125 
 
Kredit  45257  –  Mijozlarning  inkasso  operasiyalari  bo‘yicha  ko‘rsatilgan 
xizmatlari uchun olingan daromadlar. 
Shunday  qilib,  biz    bank  daromadlari  va  ularni  hisobga  olish  bo‘yicha  bir 
necha  misollarni  ko‘rib  chiqdik.  Bank  juda  ko‘plab  operasiyalarni  bajaradi  va 
xizmatlar ko‘rsatadi, buning natijasida daromad oladi. Banklarning daromadlari va 
ularning  turlari  bo‘yicha  operasiyalarni  batafsil  bilish  uchun  tijorat  banklarining 
hisobvaraqlar  rejasini  olib  uning  4-bo‘limini  o‘rganib  chiqish  tavsiya  etiladi. 
Bunda  to‘lanadigan  hisobvaraqlar  debetlanadi,  bankning  tegishli  daromad 
hisobvrag‘i kreditlanadi. 

Download 1,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   232




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish