Bank hisobi va audit” kafedrasi g’aniyeva umida abdugaffarovna mirzayeva matluba g’aybulla qizi “pul va banklar” fanidan



Download 7,38 Mb.
bet99/100
Sana24.10.2022
Hajmi7,38 Mb.
#855726
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

Valyuta va depozit siyosati. Markaziy bank valyuta siyosatining asosiy maqsadi milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyutasi kursiga bo’lgan nisbatining barqarorligini ta’minlashga qaratilgan. Markaziy bank o’zining vakolati doirasida hukumat bilan hamkorlikda davlatning valyuta munosabatlari bo’yicha siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi. Mamlakatda valyuta siyosatining joriy va kelgusi davrdagi holati yuzasidan rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi. Bularning ichida eng asosiylari sifatida mamlakatning to’lov balansi, hukumatning valyuta munosabatlari bo’yicha ichki va tashqi pul – kredit siyosati va milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursini aniqlashning tartibini ta’kidlash mumkin.
Markaziy bank valyuta siyosatini olib borishda quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi:

  1. Vakolatli tijorat banklarining o’zlari va mijozlari nomidan chet el valyutalarini sotish va sotib olishning miqdorini, ya’ni ochiq valyuta pozitsiyalarini belgilaydi.

Ochiq valyuta pozitsiyasi deganda, bankning tegishli chet el valyutasidagi aktivlarini uning majburiyatidan ortiqchaligi (uzun valyuta pozitsiyasi) yoki ushbu aktivlarning majburiyatdan pastligi (qisqa valyuta pozitsiyasi) tushuniladi.

  1. O’zbekiston Respublikasi valyuta bozorida chet el valyutalarini sotish va sotib olishni tartibga solib boradi;

  2. Tijorat banklarida chet el valyutasi va to’lov hujjatlari hamda boshqa qimmatliklar bo’yicha kassa operatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning tartibini belgilaydi;

  3. Vakolatli banklarda norezedentlarning O’zbekiston Respublikasi milliy valyutasidagi hisob – varaqlarining yuritish tartibini belgilaydi;

  4. Vakolatli banklarda rezident va norezedent (yuridik va jismoniy shaxs)larga chet el valyutasida hisobvaraqlarni ochish va yuritish tartibini belgilaydi;

  5. O’zbekiston Respublikasida korxona va tashkilotlarning chet el valyutalarini qabul qilish, hisobga olish, saqlash va kassa intizomiga rioya etishni tartibga soladi;

  6. Investitsion loyihalarni erkin valyutalarda kreditlashning tartibini belgilaydi.

Markaziy bank valyuta siyosatini amalga oshirishda valyuta interventsiyasidan keng miqiyosda foydalandi. Valyuta interventsiyasi –bu Markaziy bankning milliy valyuta kursi va pulning yalpi taklif va talabiga ta’sir etishi uchun moliya bozorida chet el valyutasini sotish va sotib olish bilan bog’liq operatsiyasidir.
Markaziy bank depozit siyosati orqali mamlakat resurs bozori, tijorat banklari depozit siyosati va depozit operatsiyalari holatiga ta’sir ko’rsatadi. Odatda tijorat banklari depozit siyosatini ishlab chiqish, depozit siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha asosiy mezonlarni aniqlab beradi. Bundan tashqari, Markaziy bank qayta moliyalash stavkalarini o’zgartirish orqali depozitlarning ko’payshi va qisqarishiga ta’sir qilishi mumkin. Umuman olganda Markaziy bank o’zining valyuta va depozit siyosatiga orqali mumaladagi pul massasi hajmiga ta’sir ko’rsatadi.
2017 yil 13 sentyabrda O’zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorda mamlakatimizda Markaziy bankning monetar siyosatini yanada takomillashtirish borasida quyidagi vazifalar belgilab qo’yilgan:

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining ichki narxlarning barqarorligini ta’minlashda o’rta muddatli istiqbolda pul-kredit siyosati maqsadlariga erishish printsip va mexanizmlarini xorijiy markaziy banklari tomonidan qo’llaniladigan inflyatsiyaviy targetlash rejimiga o’tish;

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yilning 1 martigacha rivojlantirish va pul-kredit siyosatini amalga oshirishning o’rta muddatli Kontseptsiyasini hamda 2018 — 2021-yillarda Kontseptsiyani amalga oshirish bo’yicha «yo’l xaritasini» ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • umumiqtisodiy, soliq-byudjet va pul-kredit siyosatini muvofiqlashtirish amaliyotini takomillashtirish, bunda iqtisodiy o’sish, davlat byudjetining balanslashganligi va iqtisodiyotdagi narxlar darajasining barqarorligi bo’yicha o’zaro harakatlar va maqsadlarning kelishilganligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish;

  • likvidlikni ta’minlash va jalb qilish operatsiyalari bo’yicha pul-kredit siyosatining samarali qo’llaniladigan foiz instrumentlari turlarini kengaytirish;

  • tijorat banklari tomonidan foiz stavkalarini shakllantirishda, shu jumladan, kreditlar bo’yicha bozor mexanizmlarini keng joriy etish;

  • ilg’or xorijiy tajribaga muvofiq makroiqtisodiy tahlil va prognozlashni takomillashtirish;

  • olib borilayotgan pul-kredit siyosatining, jumladan amalga oshirilayotgan siyosatda qo’llanilayotgan instrumentlar va yakuniy maqsadlar to’g’risida axborot etkazib berish yo’li bilan, shaffoflik va oldindan bashorat qilish imkoniyatini oshirish.

Qarorda ko’rsatilgan vazifalar ijrosini ta’minlanishi kelgusida mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, Markaziy bank pul-kredit siyosatini yanada takomillashishida muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish