Bank hisobi va audit” kafedrasi g’aniyeva umida abdugaffarovna mirzayeva matluba g’aybulla qizi “pul va banklar” fanidan



Download 7,38 Mb.
bet67/100
Sana24.10.2022
Hajmi7,38 Mb.
#855726
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100
Bog'liq
УМК ПБ 2020-2021 18.10.2021

2. Inflyatsiyaga qarshi siyosat.
Milliy iqtisodiyotda inflyatsiyaga qarshi siyosatni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, inflyatsiya mamlakatning ijtimoiy – iqtisodiy siyosatini izdan chiqaradi. Ishlab chiqarishga va aholining turmush darajasiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Inflyatsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda, iqtisodchilarning fikricha, uning ikkita yo’li mavjudligi e’tirof etiladi:
umumiy talabni tartibga solish;
umumiy taklifni tartibga solish.
Umumiy talabni tartibga solish orqali inflyatsiyaga qarshi kurash keynschilik yo’nalishi sifatida e’tirof etiladi. Ular inflyatsiyaga qarshi kurashda umumiy talabni tartibga solish taklifning oshishiga samarali ta’sir ko’rsatishini ta’kidlaydi. Taklifning oshishiga samarali ta’sir ko’rsatadigan asosiy omillar davlat xarajatlarini oshirish va imtiyozli kreditlarning miqdorini ko’paytirishdir. Ular o’z navbatida mamlakatda investitsion talabni keltirib chiqaradi, investitsion talab taklifning o’sishiga olib keladi, taklifning o’sishi esa baholarning pasayishiga, baholarning pasayishi inflyatsiyani oldini olish va giperinflyatsiyani bartaraf etish imkoniyatini beradi.
Inflyatsiyaga qarshi kurashning monetaristik yo’nalishi vakillarining diqqat markazida asosiy masala yalpi taklifni tartibga solishga qaratiladi. Monitaristlarning fikricha, inflyatsiyaga qarshi kurashning keynschilar tomonidan ilgari surilgan usuli mamlakatni inflyatsiyadan qisqa muddat ichida chiqishga imkoniyat beradi, lekin mamlakatda yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi nomutanosiblik holati saqlanib qoladi. Buning natijasida, ma’lum vaqtdan keyin, mamlakatda inflyatsiya jarayoni vujudga keladi. Monetaristik siyosatning asoschilaridan hisoblangan Milton Fridmanning fikricha – inflyatsiya – bu bevosita pul bilan bog’liq bo’lgan holat bo’lib, uning kelib chiqishini asosiy sababi davlatning iqtisodiyotni boshqarishga nooqilona aralashuvi natijasida vujudga keladi. Shuning uchun davlat byudjeti taqchilligini qo’shimcha emissiya evaziga emas, balki mamlakatda yalpi taklif hajmini oshirish yo’li bilan bartaraf etish lozimligini ta’kidlaydi.
Monitaristlar kreditning foiz stavkasini oshirish, byudjet taqchilligini qisqartirish va soliq stavkalarini pasaytirishni ilgari suradilar. Ularning fikricha, buning natijasida, iste’molga bo’lgan ehtiyoj qisqaradi, investitsiya hajmi ortadi, samarasiz xo’jalik sub’ektlari bankrot bo’ladi, mamlakatda kuchli raqobat muhiti shakllanadi. Bular o’z navbatida mamlakatda inflyatsiya darajasining tushishiga olib keladi.
Ko’pchilik mamlakatlar inflyatsiyaga qarshi kurashda keynschilik va monetaristik yo’nalishning u yoki bu jihatlarini hamoxong ravishda amaliyotga joriy etadi.

Download 7,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish