Bank hisobi tahlil va audit


Hisob varaqlarni yopish va qayta rasmiylashtirish tartibi



Download 119,58 Kb.
bet3/7
Sana22.07.2022
Hajmi119,58 Kb.
#838068
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqil ish 1

Hisob varaqlarni yopish va qayta rasmiylashtirish tartibi.
Turli mulkchilik shaklariga tegishli bo’lgan korxonalar o’z faoliyatlari jarayonida, bankrot deb e’lon qilinishi, qayta tashkil etilishi, ya’ni qo’shib olinishi, bo’linishi yoki biror korxonadan ajralib chiqishi mumkin. Shu munosabat bilan mijoz qayta ro’yxatdan o’tkazilayotganda bankka yangi tashkil etilgan paytdagi kabi xujjatlarni taqdim etadi. Korxonaning qayta tashkil etish bilan bog’liq bo’lmagan holda nomi o’zgaradigan bo’lsa yoki korxonaning bo’ysunishi o’zgarganda tegishli tashkilot tomonidan berilgan nomi yoki bo’yinsinishi o’zgarganligini tasdiqlovchi xujjat nusxasi topshiriladi5.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida juda ko’plab tijorat banklari faoliyat ko’rsatib ular o’rtasida kuchli raqobat boradi. Korxonalar bank muassasalarini mustaqil ravishda tanlaydilar. Korxonalar o’zlariga xizmat ko’rsatayotgan bank muassasasi xizmatidan qoniqmasalar boshqa banklarga o’tib uning xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.
Mijoz tomonidan bankka ariza va chek daftarchalari berilgandan so’ng, bank mijozning hisobvarag’idagi qoldiqni yozma ravishda tasdiqlaydi. Mijoz ushbu tasdiqnomani hisobvaraq ochish uchun ariza bilan birga hisobvaraq ochayotgan bankka taqdim etadi. Arizaga asosan yangi bank mijozga vaqtinchalik 29801-
(hisobvaraq nomini hisobvaraqlar rejasidan qo’rib, esda saqlab qoling) hisobvarag’ini ochadi va haqda mijozga va uning avvalgi bankiga yozma ravishda xabar beradi. Yozma xabarni olgach, mijoz o’zining avvalgi bankiga hisobvarag’idagi qoldig’ini hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik hisobvarag’iga o’tkazib berish haqida to’lov topshiriqnomasini taqdim etadi. Bank mijozning yuridik xujjatlar yig’majildidagi xujjatlar va boshqa to’lov xujjatlari bo’yicha dalolatnoma tuzib, imzolar va muxr qo’yilgan xolda kurerlar yoki pochta orqali dalolatnomani va u bilan birga xujjatlarni hisobvaraq ochayotgan bankka jo’natadi. Bu xujjatlarni qabul qilganligi haqida hisobvaraq ochayotgan bankda dalolatnomaning bir nusxasiga bank rahbari va bosh buxgalterining imzosi va muxr qo’yilgan xolda avvalgi bankka etkazib beriladi. Hisobvaraq egasi orqali ushbu xujjatlarni bir bankdan ikkinchi bankka etkazib berish ta’qiqlanadi. Dalolatnoma olingandan so’ng mijoz hisobvarag’idagi pul mablag’lar qoldig’ini hisobvaraq ochayotgan bankdagi vaqtinchalik ochilgan hisobvaraqqa o’tkazib beriladi6.
Hisobvaraq ochayotgan bank o’zida mijozga hisobvaraq ochib vaqtinchalik hisobvaraqdan yangi ochilgan hisobvaraqqa mablag’larni o’tkazib qo’yadi. Hisobvaraq yopgan bankda barcha berib yuborilgan xujjatlardan nusxa olib, belgilangan tartibda o’z arxivida saqlaydi. Mijoz to’g’risidagi barcha ma’lumotlar ikki oy davomida ma’lumotlar bazasida saqlanadi, ikki oydan so’ng ular arxivlashtirilib tegishli tartibda saqlanadi.
Korxonalarning hisobvaraqlari turli sabablarga ko’ra yopilishi mumkin. Hisobvaraqlar yopilayotganda bank va mijoz o’rtasida tuzilgan bank hisobvaraqlarini yuritishi bo’yicha shartnomalar bekor qilinadi. Mijozlarning hisobvaraqlari quyidagi xollarda yopiladi:

  • hisobvaraq egasining arizasiga ko’ra;

  • korxonani tashkil etgan yuqori tashkilot qaroriga ko’ra;  korxona tugatilganda;  bank talabi bilan.

Asosiy hisobvaraq bo’yicha operatsiyalar faqat hisobvaraq egasining farmoyishiga ko’ra, hisobvaraqdagi pul mablag’lari surishtiruvchi, tergovchi qarori bo’yicha yoki sud ajrimiga ko’ra xatlanganda to’xtatib qo’yiladi.
Bank hisobvarag’i shartnomasi hisobvaraq egasining arizasiga xamda bank talabiga ko’ra bekor qilinadi. Bank talabiga ko’ra bank hisobvarag’i shartnomasi sud orqali quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:

  • Agar korxona shartnomada yoki bank qoidalarida ko’rsatilgan minimal miqdorda hisobvaraqda pul mablag’larini ushlab turmasa va bu haqda bank tomonidan ogoxlantirilgandan so’ng, bir oy ichida belgilangan summaga etkazilmasa7;

  • Agar shartnomada boshqa muddat ko’rsatilmagan bo’lsa, korxona hisobvarag’i bo’yicha 1 yil davomida operatsiyalar o’tkazilmasa.

Hisobvaraqdagi pul mablag’lari qoldig’i mijozning tegishli yozma arizasiga ko’ra kechi bilan 7 kun ichida mijozga beriladi yoki uning ko’rsatmasiga binoan boshqa hisobvaraqqa o’tkaziladi Bank hisobvarag’i shartnomasining bekor qilinishi hisobvaraqning yopilishi uchun asos bo’ladi.


Download 119,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish