Bank faoliyati indd



Download 282,88 Kb.
bet60/81
Sana23.01.2022
Hajmi282,88 Kb.
#405729
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81
Bog'liq
bank faoliyati tahlili (2)

Lahzali likvidlik (K 2) koeffitsiyenti bankning yuqori likvidli aktivlar yig‘indisining, bankning talab qilib olinguncha hisob raqamlari bo‘yicha majburiyatlar yig‘indisiga nisbati orqali aniqlanadi:

K2=(L2/Mt2)*100% (2).1*


Bu yerda, L – yuqori likvidli aktivlar (O‘zbekiston Respublikasi Marka- ziy banki metodikasi orqali aniqlanadi),

Mt2 – talab qilib olinguncha bo‘lgan majburiyatlar.

Mazkur majburiyatlarning asosiy summasi Markaziy bank metodikasi orqali aniqlanadi va bunga bank tomonidan chiqarilgan talab qilib olinguncha veksellar ham kiritiladi.

K2 koeffitsiyentining miqdori 20%dan kam bo‘lmasligi kerak. Iqtisodiy mohiyati jihatidan mazkur ko‘rsatkich bankning joriy daqiqalar-

da omonatchilar oldidagi majburiyatlarini bajarish qobiliyatini bildiradi. Bu ko‘rsatkich O‘zbekiston Respublikasi bank amaliyotida birinchi bor tadbiq qilinmoqda, shuning uchun uni joriy qilish bosqichma-bosqich amalga oshi- rilmoqda.



  1. Uzoq muddatli likvidlik (K3) koeffitsiyenti bank tomonidan bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar yig‘indisining bank kaptaliga, shuningdek, bankning bir yildan ortiq muddatga olgan kreditlari va shu muddatli boshqa qarz majburiyatlariga nisbati orqali aniqlanadi:

K3=(K yo/(K+Myo))*100% (3),


bu yerda, Kyo – milliy va xorij valyutasida bir yildan ortiq muddatga be- rilgan kreditlar, shuningdek, bir yildan ortiq muddatga bank tomonidan beril- gan kafillik va kafolatlarning 50%;

Myo bankning bir yildan ortiq muddatga olgan kreditlari va shu mud- datli boshqa qarz majburiyatlari;

K – bank kapitali.







1O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998-yil 2-noyabrdagi «Tijorat banklari likvidligini tartibga solish to‘g‘risida»gi 421-sonli Nizom.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning 2000-yil 26-apreldagi 420-sonli «Tijorat banklari kapitalining yetarlilgiga qo‘yilgan talablar to‘g‘risida»gi Tartibiga muvofiq majburiy bo‘lgan ko‘pgina iqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblashda foydalaniladi. Kapitalning qiymati ustav fon- di, bankning fondlari, taqsimlanmagan foyda, kapital xarajat bilan bog‘liq bo‘lgan kamaytirishlar, zararlar, qayta sotib olingan xususiy aksiyalari va 30 kundan ortiq bo‘lgan debitorlik qarzlari yig‘indisidan tashkil topadi.

Ustav fondi balansning passiv qismida bo‘lib, bank tomonidan qarz maj- buriyatlarni bajarilishin kafolatlaydi va uning likvidligini va barqaror faoliyat yuritishini ta’minlaydi.

K 3 ko‘rsatkichining maksimal qimati 120% miqdorida belgilangan.

K 3 koeffitsiyentning iqtisodiy mohiyati K 1 va K 2 ko‘rsatkichlarnikiga o‘xshash bo‘lib, bank faoliyatini uni likvidlik bilan ta’minlashi yuzasidan tartibga solib turadi.


  1. Likvidli aktivlarning jami aktivlarga nisbati (K 4) koeffitsiyenti quyi- dagicha hisoblanadi:

K4=(LA/A)*100% (4),
Bu yerda, A – bank balansining barcha aktivlari yig‘indisi, Markaziy bank metodikasi asosida aniqlanadi.

K4 ko‘rsatkichining minimal qiymati 20% miqdorida belgilanadi. Iqtisodiy mohiyati jihatidan mazkur ko‘rsatkich bankning aktiv ope-

ratsiyalari bo‘yicha daromadlilik yuqori va likvidlik kerakli darajada bo‘lishi uchun aktvlar tarkibini iqtisodiy movofiq bo‘lgan qanday proportsiyalarda ushlab turish lozimligini bildiradi. K4 ko‘rsatkichi 20%dan kam bo‘lishi, likvidlik boshqarilishi yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi va o‘z faoliyatini sa- marali amalga oshirilmayotganligidan darak beruvchi bankning aktiv ope- ratsiyalaridan daromad olishda yuqotishlarga yo‘l qo‘yilishini bildiradi.

Yuqorida keltirilgan bir talay huquqiy va me’yoriy hujjatlar tizimi mam- lakatimiz tijorat banklarining faoliyatini amalga oshirishda va likvidligini tar- tibga solishda yetarlicha kuchli baza shakllantirilganligidan dalolat beradi.

Tijorat banklari ishlab chiqilgan huquqiy hujjatlarga asoslangan holda o‘zlarining ichki me’yoriy hujjatlarini joriy qilish orqali bankning likvidli- gini tartibga solish, mablag‘larni jalb qilish va joylashtirish va boshqa faoli- yatlari doirasini, imkoniyatlarini va rejalarini belgilab oladilar. Bunda, tijorat banklari bank likvidligini boshqarishda Hukumat va Markaziy bank tomoni- dan belgilab berilgan ma’lum bir iqtisodiy va moliyaviy ko‘rsatkichlarga rioya qilishlari shartligi va bankning o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan hol- da ichki siyosatini belgilab olishi lozim bo‘ladi.

Rivojlangan va bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida bo‘lgan ko‘pchilik mamlakatlar singari O‘zbekiston Respublikasida ham tijorat banklari likvidligini boshqarilishining huquqiy va me’yoriy bazasini shakllantirishda Xalqaro Bazel Qo‘mitasi talablari va tavsiyalaridan keng ko‘lamda foyda- lanilgan. Mamlakatda huquqiy bazani bunday tartibda shakllantirish milliy bank tizimini xalqaro andozalarga yanada yaqinlashtirishga qilingan harakat deb baholash mumkin.




    1. Download 282,88 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish