86
1.2. komission xarajatlar
1.3. moliya bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha xarajatlar
1.4. boshqa operatsion xarajatlar.
2. Bank faoliyatini funksionallashtirishni ta’minlashi bo‘yicha xara-
jatlar.
3. Boshqa xarajatlar
Bank operatsiyalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar
operatsion
xarajatlar deyiladi. Ularni to‘g‘ri yoki o‘zgaruvchan xarajatlar deyish mum-
kin. Chunki, xarajatning kattaligi bank amalga oshirgan operatsiya hajmiga
to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Bankning xarajatlari strukturasi ishlab chiqarish
korxonasinikiga nisba-
tan boshqacha bo‘ladi. Bankda xomashyo va materiallarga katta xarajatlar
yo‘q, ekspluatatsiya va asosiy vositalarning xizmatlariga xarajatlar qiyosan
unchalik katta emas, hattoki ish haqiga to‘lov ham bank xarajatlarining umu-
miy summasida katta ulushga ega emas. Bank xarajatlari strukturasi ko‘proq
savdo-vositachilik korxonalari xarajatlari strukturasini eslatadi. Mablag‘larni
joylashtirishdan daromad olish uchun, avvalo, bu mablag‘larni jalb qilish
kerak. Kredit va qo‘yilmalarning bir qismi bankning o‘z mablag‘lari hiso-
bidan
amalga oshiriladi, kredit resurslarining asosiy qismini jalb qilingan
mablag‘lar tashkil qiladi. Jalb qilingan mablag‘larga esa bank foiz to‘lashi
kerak. Odatda, bank xarajatlarining katta qismini jalb qilingan mablag‘lar
xarajatlari tashkil qiladi. Bu to‘lovlar foiz shaklida amalga oshirilganligi
uchun, bu xarajatlar foizli
deyiladi.
Kredit faoliyati bilan aktiv ishlaydigan universal bankda foizli xarajat-
larining ulushi hamma xarajatlarining deyarli 70%ini tashkil etishi mumkin.
Foizli xarajatlarning kattaligi va ularning xarajatlar umumiy hajmidagi ulushi
bank passivlari tuzilishiga bog‘liq. Aholi omonatlari va banklararo kreditlar
bank uchun qimmatli hisoblanadi.
Shuningdek, banklar yuridik shaxslar de-
pozitlari va chiqarilgan qarz majburiyatlariga (obligatsiya, foizli veksellar va
depozit serti
fi
katlari) nisbatan katta foizlar to‘laydi.
Bank majburiyatlari strukturasida bu mablag‘lar ulushi qancha ko‘p bo‘lsa,
foizli xarajatlar shuncha kam bo‘ladi va natijada bank foydasi ko‘payadi.
Bank foizli xarajatlarini uning umumiy hajmiga nisbatan o‘sishi, bank-
ning kredit resurslarini oladigan bozor kon’yukturasining yaxshimasligidan
yoki bankning bu bozorlardagi raqobat mavqeini yomonlashganligidan dalo-
lat beradi. Foizli xarajatlarning o‘sishi, foizli daromadlarning adekvat o‘sishi
bilan yonma-yon borsa, bu hol o‘rtacha hisoblanadi. Foizli daromadlarning
o‘sish sur’ati foizli xarajatlarning o‘sishidan o‘zib ketsa,
bu hol bank uchun
yetuk hisoblanadi.
87
Odatda, moliya bozoridagi operatsiyalar bo‘yicha xarajatlarni alohida
guruhga ajratishadi. Bank bu bozorlardan qimmatliklarni realizatsiya qilish
bo‘yicha daromadlar oladi (qimmatli qog‘ozlar, chet el valyutalari, qimmatli
metallar va boshqalar) xarajatlarga esa, qimmatliklarni olish uchun ketgan
sar
fl
ar kiradi. Bank kuponli obligatsiya sotib olayotganida yig‘ilgan
kuponli
daromadlarni to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Kuponsiz qimmatli qog‘ozlar odatda,
diskont bilan sotib olinadi. Moliya bozori kon’yukturasi yomonlashganda,
qimmatbaho qog‘ozlar, chet el valyutasi va boshqa mulklarni qayta baholash
natijasida, bank anchagina xarajatlar ko‘rishiga to‘g‘ri keladi.
Bevosita aniq bank operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar:
oborotdan har xil soliqlar (Masalan: chet el valyutasini sotib olishga soliqlar),
mijozlar to‘lovlari bo‘yicha pochta va telegraf xarajatlar va boshqalar. Bu
xarajatlari boshqa operatsion xarajatlar deyishadi.
Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar
.
Bankni funksionallashti-
rishni ta’minlash bilan bog‘liq, ammo aniq operatsiyalarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bormaydigan xarajatlar bu guruhga kiradi. Iqtisodiy nazariyada ularni egri
yoki shartli-doimiy xarajatlar deyiladi.
Aktivlari hajmi kichik va o‘rta bo‘lgan banklarda bu xarajatlar summasi
unchalik bilinmaydi. Jalb qilingan va joylashtirilgan
resurslari hajmi katta
bo‘lgan yirik banklarda, bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar umu-
miy xarajatlarning 10-12% ini tashkil etadi.
Bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilarni
kiritish mumkin:
1.
Personalga xarajatlar (ish haqi, premiya, moddiy yordam, xodimlarga har
xil imtiyozlar berish,
komandirovka xarajatlari, personalni izlash va o‘qitish
bo‘yicha xarajatlar, mehnatni muhofazalash xarajatlari va boshqalar);
2.
Bino va inshootlarga xarajatlar (ijara, amortizatsiya, binolar remonti
va ekspluatatsiyasi, kommunal to‘lovlar, yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, binoni
qo‘riqlashga xarajatlar va boshqalar);
3.
Ish joyini asbob-anjomlar bilan ta’minlashga xarajatlar (sotib olish,
remont, bank uskunalarini xizmati va asranganligi: kompyuter, mebel, qo‘riq
signalizatsiya, seyf,
hisob mashinalari, valyuta detektorlari va boshqalar);
4. Reklamaga xarajatlar;
5. Bank faoliyatini informatsion ta’minlashga xarajatlar (vaqti-vaqti bi-
lan bo‘lib turadigan nashrlar, maxsus adabiyotlarni sotib olish va yozilish,
informatsion mahsulotlar va tashqi agentlar xizmatiga to‘lovlar, marketing
izlanishlariga xarajatlar);
6. Aloqa va telekommunikatsiyaga xarajatlar (aloqa kanallarini o‘tkazish
va ijarasi, telefon va Internet xizmatiga to‘lovlar va boshqalar);