3
KIRISH
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank faoliyatining barqarorligi, uning raqo-
batbardoshliligi va istiqbollari ko‘p jihatdan o‘tgan davrda erishilgan nati-
jalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlashga bog‘liq.
Istiqbolni belgilash
tahlilga asoslanmog‘i lozim.
«Bank faoliyati tahlili» fani bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayon-
larni uzluksiz ravishda o‘rganadi.
O‘rganishda ko‘rsatkichlarni guruhlash, taqqoslash, bog‘lash,
induksiya,
deduksiya, sintez, korreliyatsiya – regrission tahlil kabi usullardan foydalaniladi.
Tahlil natijasida erishilgan yutuqlarning sabablari, faoliyatning samara-
li va samarasiz qirralari o‘rganiladi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoni-
yatlari yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini
qamrab
oladi, va u bankning likvidliligi, daromadliligini oshirish va mijozlar ishon-
chini qozonishga asos bo‘ladi.
«Bank faoliyati tahlili» fanidan o‘z va chetdan jalb etilgan mablag‘lari
tarkibi tuzilmasi, dinamikasi va ular o‘rtasidagi mutanosibliklar o‘rganiladi.
Bank aktivlari tahlilga keng e’tibor qaratiladi. Asosiy
maqsad yuqori foy-
da olishdan iboratligini inobatga olgan holda bank daromadlari va xarajatlari
tarkibini o‘rganadi. Foydani tashkil etish va unga ta’sir etuvchi omillar tahlil
qilinadi.
Keyingi yillarda banklar tomonidan to‘lanadigan soliqlarning turlari,
ularning faoliyat samaradorligiga ta’siri chuqur talqin qilindi.
Banklarning raqobatbardoshligini aniqlashda
ularning likvidliligi va
to‘lov qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Tahlil davomida banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatiga ta’sir
etuv chi omillar to‘liq o‘rganiladi.
Har qanday tahlildan maqsad kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish
chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
«Bank faoliyati tahlili» fani «Pul, kredit va banklar», nazariy fanining
amaliy davomi bo‘lib, «Bank ishi, «Bank menejmenti va marketingi», «Bank
auditi», «Banklarda buxgalteriya hisobi» kabi fanlar bilan uzviy ravishda
bog‘liq holda o‘rganiladi.
O‘quv qo‘llanma, «Banklar faoliyati tahlili» jarayonlarini o‘rganishda
iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan oliy o‘quv
yurtlari va kollej-
lar talabalari, qiziquvchi iqtisodchilarga xizmat qiladi. Oliy o‘quv yurtlari ta-
labalari, auditorlar, bank xodimlari va boshqa qiziquvchilar
uchun ham foyda
keltiradi degan umiddamiz.