Bank faoliyati indd



Download 1,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/77
Sana20.04.2022
Hajmi1,28 Mb.
#565129
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77
Bog'liq
bank faoliyati tahlili

6-BOB.
 
TIJORAT BANKLARINING QIMMATLI QOG‘OZLAR 
OPERATSIYALARI TAHLILI
6.1. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarining 
turlari
6.2. Tijorat banki qimmatli qog‘ozlar operatsiyalarining holati va tarki-
bining tahlili
6.1. Tijorat banklarining qimmatli qog‘ozlar bilan 
operatsiyalarining turlari
Makroiqtisodiy rivojlanishga erishishda qimmatli qog‘ozlar bozorining 
ahamiyati katta. Hukumatning qo‘llab-quvvatlashi va o‘z vaqtida qonuniy 
bazaning yaratilishi fond bozorining O‘zbekiston iqtisodiyotida munosib 
o‘rin egallashiga imkon berdi. Hozirgi kunda qimmatli qog‘ozlar bozori in-
fratuzilmasi barqaror faoliyat yuritmoqda. Respublikada yuqori texnologik 
jihozlar bilan ta’minlangan Fond birjasi va uning viloyatlardagi 
fi
liallari 
mav jud. Qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishi va rivojlanishida 1995-
yil O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida qimmatli qog‘ozlar 
va fond birjasi bo‘yicha komissiyaning tuzilishi, 1996-yil «Aksiyadorlik ja-
miyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida» hamda «Qim-
matli qog‘ozlar bozori faoliyati mexanizmi to‘g‘risida»gi qonunlarning qabul 
qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. 
Hozirgi vaqtda qimmatli qog‘ozlar bozorida turli qimmatli qog‘ozlar bi-
lan savdo muomalasi amalga oshirilmoqda. Bozorda eng ko‘p muomalada 
bo‘ladigan qimmatli qog‘ozlardan: aksiyalar, davlat qisqa muddatli obligatsi-
yalari, tijorat banklarining depozit serti
fi
katlari va depozit obligatsiyalaridir. 
Tijorat banklari O‘zbekistonda 1994-yilda paychilik jamiyatlaridan aksiya-
dorlik jamiyatlariga aylantirildi. turli tashkilotlar, korxonalar tijorat banklari 
aksiyadorlari bo‘lishdi. Hozirgacha tijorat banklari boshlang‘ich emissiya 
aksiyalarini joylashtirib, ikkinchi marta, ayrimlari esa bir necha marta aksi-
yalarini chiqarmoqda. O‘zbekistondagi tijorat banklarining asosan ko‘pchiligi 
tarmoq xususiyatiga ega bo‘lganligi sababli, aksiyalarining nazorat paketi 
u yoki bu tarmoq yuqori tashkiloti qo‘lidadir. Masalan, «Turonbank» tijo-
rat banki aksiyalarining katta qismi – O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi 


78
vazirligida, Agrobankniki esa «Paxtasanoat sotish» kompaniyasida. Tijorat 
banklari aksiyalarini jismoniy shaxslar ham sotib olishgan. 
Umuman aksiyalar oddiy va imtiyozli bo‘lib, O‘zbekistonda aksiyalarning 
ko‘pchilik qismini oddiy aksiyalar tashkil etadi. Respublika aksiyadorlik tijo-
rat banki «Agrobank» 2003-yilda o‘zining sakkizinchi emissiya aksiyalarini 
1,5 mlrd. so‘mga chiqargan va shu yil davomida ularni to‘liq joylashtirgan. 
Aksiyalar Fond birjasining «A», «V», «S», «D» toifadagi listing maydoncha-
lariga joylashtiriladi. «A» toifadagi listing maydonchasida respublikamizning 
ko‘zga ko‘ringan kompaniyalari, tijorat banklari aksiyalari sotuvga qo‘yiladi. 
«V» listing maydonchasiga ishonchli banklar va yirik korxonalar aksiyalari 
sotiladi. «S» toifadagi listing maydonchasida xususiylashtirilgan korxonalar 
va «D» toifadagi listing maydonchasida korxonalarning korparativ oblagatsi-
yalari sotuvga qo‘yiladi.
Obligatsiya emitantning qarzdorligini tasdiqlovchi qimmatbaho qag‘ozdir. 
Tijorat banklari qarz mablag‘larni jalb etish uchun obligatsiyalar va depozit 
serti
fi
katlarini chiqaradi.
Demak, tijorat banklari qimmatbaho qog‘ozlar bo‘yicha quyidagi ope-
ratsiyalarni amalga oshirishi mumkin:
– qimmatbaho qog‘ozlarni (aksiya, obligatsiya, bank serti
fi
katlari) mu-
omalaga chiqarish;
– qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish, saqlash kabi operatsiyalar;
– mijozlar topshirig‘iga asosan qimmatbaho qog‘ozlarni boshqarish;
– fond bozori, qatnashchilariga qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha 
maslahatlar berish;
qimmatli qog‘ozlarni baholash va qimmatli qog‘ozlar bozorini tadqiq qi-
lish;
– qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida axborot va boshqa xizmatlar 
ko‘rsatish.

Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish